O'zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi tomonidan qonun hujjatlarining ta'sirini baholash bo’yicha amaliy qo’llanma nashr etildi

Mon May 02 00:00:00 EDT 2016

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan, BMTning Taraqqiyot Dasturining "Qonun va norma ijodkorligini, hamda qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimini modernizatsiyasiga ko’maklashish" loyihasi doirasida tayorlangan Qonun hujjatlarining ta'sirini baholash bo’yicha amaliy qo’llanma nashr etildi.

Bu qo'llanmaning asosiy maqsadi Qonun hujjatlarining ta'sirini baholash tizimining amaliy jihatlarinin va uning afzalliklarini ochib berish, shuningdek ushbu tizimning horijiy mamlakatlarda qo’llanilishining o'ziga xos tomonlari va erishilgan natijalari bilan o'quvchilarni tanishtirishda iborat.

Xususan, ushbu qo’llanmada, Qonun hujjatlarining ta'sirini baholashning mohiyati, "Samarali tartibga solish" tushunchasi, ta'sirini baholash tartibining asosiy bosqichlari, normative hujjatni qabul qilishidan kelib chiquvchi foyda va harajatlar tahlili uslubiyoti, jumladan standart xarajatlar modeli, jamoat muhokamasi mexanizmi, keng yoritilgan.

Shu bilan bilan birga, Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Shvetsiya, Rossiya va Janubiy Koreya kabi xorijiy davlatlarda qo’llanilib kelayotgan eng samarali Qonun hujjatlarining ta'sirini baholash xalqaro amaliyoti haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

Bundan tashqari, Qonun hujjatlarining ta'sirini baholash tizimining O'zbekistonda joriy etilishi va yanada takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida to’liq ma'lumot berilgan. Shu bilan birga, ushbu qo’llanmada qonun hujjatlari ta'sirni baholash bo’yicha amaliy misollar keltirilgan.

Mazkur amaliy qo'llanma birinchi navbatda qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashda qonun va norma ijodkorligi jarayonlarida ishtirok etuvchi davlat hokimiyati organlari xodimlari, shuningdek Parlament a'zolari, amaliyotchi huquqshunoslar va ilmiy doiralar vakillari tomonidan foydalanishga mo'ljallangan.

Bugungi kunda hukumat hamda davlat idoralari darajasida ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar jamiyatning turli sohalar vakillarining manfaatlariga bevosita ta'sir ko’rsatishi bilan bog’liq bo’lgan turli masalalarni kelib chiqishini inobatga olgan holda ushbu qo'llanmaning nashr etilishi dolzarb va muhim hisoblanadi.

Normative-huquqiy hujjatni ishlab chiqishda bosqichida,u bilan bog’liq turli oqibatlar “ko’zga ko'rinmas" bo’lishi va ularni aniqlash juda mushkul bo’lishi mumkin. Shuning uchun, norma ijodkorligi jarayonida, qonun hujjatlarini ta’sirini va ular kimga ta’sir etishini oldindan aniqlash imkonini beruvchi mexanizmlarni joriy qilish zarur.

Davlat tomonidan tartibga solishning samaradorligi va sifati, amalga oshirilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatini belgilab beruvchi eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga barcha darajadagi davlat organlarining yuqori sifatli norma ijodkorligini ta’minlovchi tizimli yondashuvni joriy etish muhim ahamiyatga ega.

Samarasiz tartibga solish jamiyat va davlat farovonligiga salbiy ta'sir qiladi, biznes va fuqarolar uchun yuqori harajatlarga olib keladi va davlat boshqaruvi jarayonlarini qiyinlashtiradi va korruptsiya darajasini oshiradi.

Tartibga solish sifatiga ta'sir qiluvchi asosiy instrumentlaridan biri Qonun hujjatlarining ta'sirini baholash tizimidir.

O'zbekistonda Qonun hujjatlarining ta'sirini baholash tizimi 2008 yildan buyon bosqichma bosqich amalga oshirib kelinmoqda, va ushbu davr mobaynida Qonun hujjatlarining ta'sirini baholash printsiplarini milliy qonunchillikda mustahkamlovchi bir qator hukumat qarorlari qabul qilingan bo’lib, shulardan eng muhimi bo’lib Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 2 dekabridagi 328-sonli “Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga ta’sirini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hisoblanadi.

Qonun hujjatlarining ta'sirini baholash tizimini joriy etilishi va takomillashtirilishi bugungi kunda O’zbekistonda, ayniqsa davlat boshqaruvi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga, shubxasiz ijobiy ta'sir ko'rsatadi.