20ta smartfondan birini yutib oling

Fri Apr 15 00:00:00 EDT 2016

Smartfon yutib olish, 9 ballgacha bo'lgan yer osti silkinishlari kuchini his etib zilzila tabiati haqida bilimga ega bo'lishni xohlaysizmi?

1966 yilda bo'lib o'tgan Toshkent zilzilasi 50 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O'zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi Sizlarni zilzila paytida to'g'ri harakat qilish borasidagi eng yaxshi bilimlar tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi.

Tanlov shartlari:

1)         http://fvv.uz/uz-how-to-act14 havolasiga o'ting va zilzilagacha, u ro'y berayotgan vaqtda va undan keyin o'zni qanday tutish kerakligi qoidalari bilan tanishing.

2) 2016 yilning 20 aprel kuni soat 16:00gacha zilzila vaqtida uyda, ishxonada, maktabda, ko'chada va boshqa sharoitlarda qanday harakat qilishingiz haqida bizga yozib yuboring. Xatti-harakatlaringiz namunasini, familiya, ism, otangizni ismi, aloqa telefoningizni ko'rsatgan holda, quyidagi elektron manzilga yo'llang tanlov@fvv.uz.

To'g'ri javob berganlar orasidan qur'a tashlash yo'li bilan 20 nafar ishtirokchi tanlab olinadi, ular:

A) Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqarolik muhofazasi Institutini zilzilalarni simulyatsiya qilish Markaziga tashrif buyurishadi va u yerda seysmologiya rivojining tarixi haqida barcha ma'lumotlarga ega bo'lishadi;

B) ekspozitsiya bilan tanishadilar, 1966 yilgi Toshkent zilzilasi va sayyoraning boshqa nuqtalarida yuz bergan boshqa yirik zilzilalar haqida ko'plab qiziqarli ma'lumotlarni oladilar;

D) maxsus jihozlangan zilzilalar simulyatorida 9 balli er osti silkinishi kuchini his qiladilar;

E) bosh sovrin – smartfonga ega bo'ladilar!

Zilzilalar tarixi olamiga maroqli sayohat qilishni istovchilardan xatlar 20 aprel soat 16:00gacha qabul qilinadi.

Joriy yilning 21 aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi saytida tanlov g'oliblari ro'yxati joylashtiriladi.

Mukofotlarni topshirish va ekskursiya shanba, 23 aprel kuni bo'lib o'tadi.

Tanlovning saralash bosqichi boshlandi!

Hammaga omad!

 

*Tanlov Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekistondagi BMT TD va Gumanitar Yordam boʻyicha Yevropa amaliyotlari direktorati DIPECHO IXning falokatlarga tayyorgarlik boʻyicha dasturining ”Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy ofatlar xavfini boshqarish boʻyicha salohiyatini mustahkamlash” loyihasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan.