Elektr tarmoqlariga ulanish jarayoni uch bosqich orqali amalga oshiriladi

 

2016 yilning 1 yanvar kunidan boshlab, tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash tartibi soddalashib, ilgaridek bir qator tartib-taomillardan o‘tish o‘rniga, faqat 3 tartib-taomildan o‘tishi kifoya bo‘ldi. Mazkur yangi tartib-taomil elektr tarmoqlariga ulanishni yanada osonlashtirib, xalqaro tadbirkorlik reytinglarida O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilashga ham yordam beradi.

Jahon bankining “Biznesni yuritish-2016” (Doing Business) reytingidagi “Elektr tarmoqlariga ulanish” ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston 189ta mamlakat ichida 112 o‘rinni egallaydi. Jahon bankining hisobiga ko‘ra, ayni paytda elektr tarmoqlariga ulanish uchun tadbirkor 7ta bosqich, xususan loyihalashtirish, ishga tushirish va sozlash hamda mutasaddi idoralarning ruxsatini olish bilan bog‘liq boshqa tartib-taomillardan ibororat ekan.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yilning 2 oktyabr kuni qabul qilingan 280-sonli qaroriga binoan, elektr tarmoqlariga ulanish ishlarining aksariyati elektr quvvati bilan ta’minlo‘vchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu tashkilotlarning zimmasiga loyihalashtirish, qurilish-montaj, rejimni sozlash va ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni subpudrat asosida jalb etib, boshqa ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq vazifalar ham yuklatilgan.

Endilikda obyektni elektr tarmoqlariga ulash uchun tadbirkor tegishli arizasi va qonun tomonidan tasdiqlangan hujjatlarni “yagona darcha” markaziga taqdim etishining o‘zi kifoyadir.  “Yagona darcha” markaziga berilgan ariza elektr ta’minoti tashkilotiga yo‘naltiradi. “Yagona darcha” markazida olingan javob asosida tadbirkor obyektni elektr tarmog‘iga ulash to‘g‘risidagi shartnomani tuzish imkoniga ega bo‘ladi.

BMTTDning “O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)” loyihasi mutaxassislarining dastlabki hisobiga ko‘ra, tartib-taomillar va xujjatlar soni 7dan 3ga qisqargani natijasida elektr tarmoq’iga ulanish muddati ham 86 kundan 69 kungacha qisqarar ekan.

Mazkur yangi tartib tadbirkorlar gaz ta’minotiga ulanishi uchun ham joriy etilishi nazarda tutilgan.