BMTTDning O‘zbekistonda korrupsiyani oldini olish sohasida milliy va xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro faoliyati

Korrupsiya murakkab ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hodisa hisoblanib, u yoki bu darajada u hech qaysi mamlakatni chetlab o‘tmaydi. Korrupsiya demokratik institutlarga putur yetkazadi, iqtisodiy o‘sishni pasaytiradi va davlatning poydevorlarini barbod qiladi.

Shuni ta’kidlash kerakki, BMTning baholashlariga ko‘ra dunyo bo‘yicha berilgan poralarning umumiy hajmi 1 trillion AQSh dollarigaga yetadi va bu dunyo yalpi ichki mahsulotining 5%iga teng demakdir. Butunjahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga ko‘ra esa, korrupsiya sababli biznesni yuritishga ketadigan xarajatlar o‘rtacha 10%ga ortadi. Shuningdek u sababli suv infrastrukturasini qurish bahosini qariyb 40%ga - ya’ni 12 mlrd AQSh dollariga oshiradi va bu miqdordagi mablag‘ bir yilda butun jahonda toza ichimlik suvi va sanitariyani ta’minlashga yetadi. Rivojlangan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash sohasidagi soxtakorlik va o‘z lavozimini suiiste’mol qilish oqibatida ba’zi hukumatlar yiliga 12 mlrddan 23 mlrd AQSh dollarigacha bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘larni sarflashga olib keladi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BSST) ma’lumotlariga binoan, butun dunyodagi 25% sotib olinadigan dori vositalari mansab vazifasini suiiste’mol qilinishi, poraxo‘rlik va boshqa korrupsiyaga oid faoliyatlar oqibatida yo‘qolishi mumkin ekan.

O‘zbekistonda barcha darajalarda korrupsiyaga qarshi kurash ketmoqda, shuning jumlasiga mamlakatning korrupsiyaga qarshi BMT konvensiyasiga qo‘shilganligini aytib o‘tish mumkin. O‘zbekiston bu Konvensiyani 2008 yilda ratifikatsiya qilgan. Hozirgi paytda dunyoning 177 mamlakati ushbu Konvensiya ishtirokchilaridir. Konvensiyaning maqsadlari sifatida korrupsiyaning oldini olishda samaraliroq va natijaga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish va mustahkamlashga ko‘maklashish, jumladan, aktivlarni qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish, halollik va pora olmaslik, mas’uliyatni, shuningdek, davlat ishlari va davlat mulkini tegishli tartibda boshqarishni rag‘batlantirish kabilarni keltirish mumkin.

O‘zbekistonda BMTTD milliy hamkorlar bilan davlat organlarining ochiqligi va hisobdorligini oshirish yo‘li bilan korrupsiyaning oldini olish sohasida o‘zaro faoliyat ko‘rsatadi. BMTTDning takliflari 2015 yil uchun korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha majmuaviy rejaning ishlab chiqilishida aks etgan.

Korrupsiyaning oldini olish sohasidagi hamkorlik samarali boshqaruv sohasidagi loyihalar portfelida yaqqol namoyon bo‘ladi va davlat organlarining ochiqligi va oshkoraligi, davlatning ochiq ma’lumotlari, qonunchilik hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi, qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta’sirni baholash tizimi (QHTSTBT), davlat xizmatiga konkurs asosida qabul qilish va mansabdor shaxslarning kasbiy ahloq kodeksi kabi masalalarni qamrab oladi. Bundan tashqari qator davlat xizmatlari bo‘yicha ma’muriy tartiblarni soddalashtirish, masofadan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish, milliy darajada va tajriba viloyatlarida ochiq ma’lumotlar portali, Oliy sud rasmiy veb-saytini, shuningdek, xo‘jalik sudlarida audio-video yozib olish tizimini modernizatsiya qilish kabilarni ta’kidlash mumkin. Korrupsiyaning oldini olishda xalqaro hamkorlikni qo‘llab quvvatlash uchun 2015 yilning iyun-iyul oylarida O‘zbekistondagi BMTTD BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi bo‘yicha mamlakat majburiyatlarining  va  korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakat rejasini bajarilishini o’rganuvchi missiyaning tashrifini tashkil qilishga texnik ko‘mak ko‘rsatdi.

Shunisi diqqatga sazovorki, BMTTD O‘zbekistondagi BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkiloti (UNODC) bilan hamkorlikda Bosh prokuraturada mamlakatda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni tushuntirish, tadbirkorlikni mansabni suiiste’mol qilish va buyruqbozlik to‘siqlaridan himoyalash, prokuratura organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligiga bag‘ishlangan ochiq eshiklar kunlarini o‘tkazishni tashkil qilmoqda. Bu chora-tadbirlar korrupsiya muammolari va korrupsiyaning oldini olish va u bilan kurashishda Konvensiyaning rolini tushunishni chuqurlashtirish uchun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan va har yili 9 dekabrda nishonlanadigan Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro kuni doirasida amalga oshirilmoqda. 2003 yilning ayni shu kuni Korrupsiyaga qarshi BMT Konvensiyasi imzolash uchun ochilgan edi.

Jahon bo‘ylab barcha hukumatlar, biznes tuzilmalar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bu jinoyatga qarshi kurashda o‘z harakatlarini birlashtirmoqdalar. Hamkorlikdagi xalqaro kampaniya 2015 (#breakthechainbu yovuzlik iskanjasini parchalashga yordam ber) korrupsiyaning demokratiya va qonun ustuvorligini qanday buzayotganligi, inson huquqlarining buzilishiga olib kelayotgani, bozorlarga talofat yetkazayotgani, hayot sifatini pasaytirishi va uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va inson xavfsizligining boshqa tahdidlari rivojlanishiga imkon yaratishini ko‘rsatib berishga bag‘ishlangan. Mazkur kampaniya dunyoning ijtimoiy tarmoqlarida ham keng yoritilmoqda.

#breakthechain kampaniyasi tashkilotchilari kompleks jinoyat sanalgan korrupsiya ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mavjud ekaniga e’tibor qaratmoqdalar. Korrupsiyaga qarshi kurash barqaror rivojlantirish, xususan, qashshoqlikka barham berish, sayyoramizni himoya qilish va ijtimoiy tenglikni ta’minlash sohalarida maqsadga erishishning muhim tomoni hisoblanadi.

O‘zbekistonda BMTTD davlat sektorida korrupsiyaning oldini olish sohasida milliy hamkorlar bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor. Bu ustuvor jihatlar BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyotga ko‘mak dasturi (UNDAF)da O‘zbekiston Hukumati bilan birgalikda belgilanib, kelishib olingan.