E-SUD tizimi imkoniyatlari yangi video rolikda taqdim etilgan

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi  “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo`shma loyihasi doirasida E-SUD milliy elektron tizimi imkoniyatlari to`g`risida video rolik ish lab chiqildi  (https://www.youtube.com/watch?v=0vkxuy1nT5Y)

Mamlakatimiz aholisining sudlarga bo`lgan ishonchi yildan-yilga ortib borishi natijasida fuqarolarning sud organlariga yo`llagan murojaatlari  keyingi besh yilda muntazam o`sib bormoqda.

Sudlarga yo`llangan  murojaatlarning ortishi ayni vaqtda sudyalar bandligining yanada oshishiga olib keladi, bu esa o`z navbatida, ishni ko`rib chiqish  uchun ketadigan vaqtning qisqarishiga, va oqibatda ishlarni ko`rib chiqish sifatiga ta`sir ko`rsatadi. Shu nuqtai nazardan, sudlov tizimiga yangi usul va uslubiyotlarni joriy etish, jumladan zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etish hzirgi kunda dolzarb masala hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2010 yilda taqdim etilgan mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasida sud-huquq tizimini isloh qilish fuqarolik jamiyatni rivojlantirish va demokratlashtirishning muhim tarkibiy qismi sifatida qaraladi.

Ushbu hujjat ijrosini ta`minlash  va sud-huquq tizimini isloh qilish maqsadida  Respublikamizda so`nggi yillarda bir qator me`yoriy-huquqiy  hujjatlar qabul qilindi. 

Hususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sud tizimi hodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yahshilash borasidagi chora-tadbirlar to`g`risida" 2012 yil 2 avgustdagi Farmoni,  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Zamonaviy ahborot va kommunikaciya tehnologiyalarini sudlar faoliyatiga tadbiq etish borasidagi chora-tadbirlar to`g`risida" 2012 yil 10 dekabrdagi Qarori hamda 2014 yilda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni  shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, 2015 yil 9 iyunida qabul qilingan qonunga muvofiq (O`RQ-388-son), 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab fuqarolar sudlarga elektron shaklda axborot tizimi orqali murojaat etishlari mumkin. 

Respublikamizda sudlov tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy yetish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida  2013 yilda Fuqarolik ishlari bo`yicha Zangiota tumanlararo sudida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi ko`magida “E-SUD” yelektron sudlov axborot  tizimi ishga tushirildi.

 Mazkur tizimning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

-           fuqarolik ishlari bo`yicha sudlariga murojaatlar (ariza, da`vo arizasi va h.k.) va murojaatlarga ilova qilinadigan hujjatlarni elektron ravishda topshirish;

-           fuqarolik ishi bo`yicha sud tomonidan qabul qilingan ajrimlar bilan tanishish,  ularni saqlab olish va chop etish;

-           ishda ishtirok etuvchi shahslar tomonidan fuqarolik ishi bo`yicha sudga topshirilgan hujjatlar bilan tanishish, ularni saqlab olish va chop etish;

-           fuqarolik ishi ko`rilishi belgilangan sana va vaqt haqida ma`lumot olish;

-           fuqarolik ishi bo`yicha sud tomonidan qabul qilingan sud qarorlari bilan tanishish, ularni saqlab olish va chop etish.

Hozirgi vaqtda ushbu tizimni fuqarolik sudlariga keng joriy yetish maqsadida fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahrining uchta tumanlararo sudlarida, ya`ni Shayhontohur, Mirzo-Ulug`bek va Yakkasaroy tumanlararo sudlarida  tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, mazkur sudlar binolarida lokal hisoblash tarmoqlari yaratildi, sud'yalar va sud hodimlari zamonaviy  komp'yuter tehnikasi va ofis vositalari bilan ta`minlandi,  sud'yalar va sud hodimlari  tizimda ishlash bo`yicha  maxsus o`quv dastur asosida o`z maxoratlarini oshirmoqdalar.

Loyihaning ishi yuqorida aytib o`tilgan  natijalar bilan cheklanib qolmaydi. Hozirgi kunda tizimni takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi rahbarligida fuqarolik ishlarini apellyatsiya va kassatsiya sudlarida ko`rib chiqish modullarining dasturiy ta`minoti ishlab chiqilmoqda.

«E-SUD» tizimining ushbu modullarini joriy yetish O`zbekistonda sud jarayonlarining tulaqonli  vertikalini  o`rnatishga imkon beradi.

 O`zbekistonda  axborot-kommunikaciya texnologiyalarining  yuksak salohiyati va ravnaqining yana bir yorqin misoli bo`lgan  bu tizimning milliy kadrlar tomonidan ishlab chiqilganligi ham alohida diqqatga sazovordir.