Oliy sudning yangi rasmiy vebsayti ishga tushirildi

Wed Nov 25 00:00:00 EST 2015

2015 yil, 25 noyabrdan bo`shlab O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining qator axborot va interfaol xizmatlarni taqdim etadigan yangi rasmiy vebsayti (www.supcourt.uz, www.oliysud.uz) ishga tushirildi. 

O'zbekiston Respublikasida sud tizimini axborotlantirish jarayoni sud-xuquq islohotlarining asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib, jadal suratlar bilan amalga oshirilmoqda. Sud tizimini axborotlantirish nafaqat sud jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan, balki o'z navbatida fuqarolarning sudlar faoliyati to'g'risidagi axborotni olish va undan foydalanish imkoniyatini kengaytirib, sud tizimining ochiqlik va shaffofligini ta'minlashga qaratilgandir.

2010 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasi asosida 2014 yilda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni sudlar faoliyatida ochiqlikni ta`minlash hamda sudlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish borasidagi ishlarni yangi pog`onaga ko`tardi.

Sud tizimiga zamonaviy AKTlar hamda interfaol xizmatlarning keng ko`lamda joriy etilishi sudlarning samaradorligi, ularning ochiqlik va shaffoligini mutlaqo yangi darajaga ko`tarish imkonini beradi, shu bilan birga fuqarolarning konstitutsiyaviy xuquqlarini  to`liq amalga oshirishga yo`l qo`yadi.

Internet tarmog`i jadal sura’tlar bilan rivojlanib borayotgan bir vaqtda foydalanuvchilarga axborot va ma`lumotlarni tezkor va qulay taqdim etishda elektron ommaviy axborot vositasi sifatida vebsaytlarning o`rni va ahamiyati ortib bormoqda. Bundan tashqari, vebsaytning ochiqlik vositasi, hamda aholi bilan o`zaro aloqalar hamda ularning xuquqiy savodhonligini oshirishda katta ro`lining ta`kidlab o`tish kerak.

Oliy sud yangi vebsaytining afzalliklaridan biri shundaki, vebsayt orqali foydalanuvchilarga bir qator interfaol xizmatlar taqdim etilgan. Ular jumlasiga Internet-qabulhona, Elektron kutubxona, umumiy yurisdiktsiya sudlari Interfaol xaritasi, sud hodimi bo`sh lavozimiga rezyume yuborish, keskin beriladigan savollar, va boshqa qator xizmatlar kiradi.

Xususan, Internet qabulxona, fuqarolarga, ro'yxatdan o'tganlaridan so`ng,  "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga asosan, murojaatlarini yuborib, o`zlari belgilangan elektron manzilga javob olish imkonini beradi. Yangi veb-saytning mazkur xususiyati Oliy sud va fuqarolar o'rtasida o`zaro aloqani o'rnatish uchun imkon beradi.

Interfaol xarita orqali foydalanuvchilar o`zlari murojaat qilmoqchi bo`lgan, sud manzilini oson va qulay topishi, sudlarning kontakt ma`lumotlari, davlat bojini to`lash uchun bank ma`lumotlarini, hamda umumiy yurisdiktsiya sudlari to`g`risida batafsil ma`lumotlar olishi mumkin.

Elektron kutubxona orqali sud tizimiga oid turli adabiyotlar, bosma materiallar, maqolalar, tahliliy, statistic materiallar, sharhlar va boshqa manbalarni muallifi, asar nomi yoki maqola sarlavhasi orqali tezkor izlab topish va yuklab olish imkoniyatiga ega bo`lishadi. Quyidagi bo`lim Oliy sud huzuridagi Tadqiqot markazi tomonidan qullab-quvvatlanadi va foydalanuvchilar barcha ma`lumotlarni saqlab olish imkoniyatiga ega bo`lishadi.

Ta`kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi yangi rasmiy vebsayti 2015 yil 20 mayda tasdiqlangan № РС-19-15 “Oliy sud yangi rasmiy vebsaytini ishlab chiqish to`g`risida”gi Oliy sud Rayosat qarori asosida, hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro talablariga binoan, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot agentligi (USAID) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “Ozbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo`shma loyihasi ko`magida ishlab chiqilgan.