Innovatsion yondashuv chiqindilar boshqarishida

Fri Oct 16 00:00:00 EDT 2015

 

Yangiyo‘lda qattiq chiqindilar (MSW) boshqaruv masalasiga innovatsion yondashuv joriy qilingandan keyin to‘rt yil o‘tdi. Davlat-xususiy sektor hamkorligi asosida amalga oshirilayotgan amaliyot hali ham uziing samaradorligini tasdiqlaydi.

Bir necha yil oldin samarali chiqindilar boshqaruvi Lola Bekmuradova uchun nafaqat gigiyena, atrof-muhit tozaligi ham har bir bolaning sog‘ligi bilan bog‘lik edi. Yangiyo ‘lda bolalar bog‘chasi direktori bo‘lib, u yig‘ish, saqlash va tez olib tashlash kabi muammolar bilan doimo to‘qnashardi. Yangiyo‘lda ushbu muammo ham bir qator bog‘chalar, shifoxonalar, maktablar va oddiy fuqorolar uchun dolzarb edi.

Yangiyo‘l tumani kengayishi bilan birga aholining umumiy soni ham to‘rt ko‘ydi. O‘z vaqtida olib tashlash talab qiladigan chiqindilar hajmi ham bir hil miqdorida oshdi. Qonun asosida ushbu masalalar bilan shug‘ullangan mahalliy hokimiyatda chiqindilarni boshqarish bilan qiyinchiliklar ko‘rdi. Natijada - tuman ekologik tozaligiga tahdid solayotgan noqonuniy chiqindixonalar paydo bo’ldi.

Davlat-xususiy sektor hamkorligi joriy etilishi muammoni hal qildi. Endi xususiy korxonasi chiqindilarni olib tashlashdan nafaqat o‘z daromadni ko‘paytirdi  hamda ijtimoiy muammoning hal qilishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

“O‘zbekistonda biznes-forumi” BMTTDning loyihasi xalqaro donolar bilan birgalikda ikkta yuk tashuvchi va press qiluvchi chiqindi mashinalari sotib olib, hususiy sohani qo‘llab-quvvatladi. Tanlagan korxonalar xizmat ko‘rsatadigan hududini oshirish, foydani ko‘paytirish ham innovatsion yondashuv muvaffaqiyatli joriy etilishining yaqol misol bolish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

SASOL komponayasi tomonidan chiqindining atrofini ifloslantirmaslik uchun 90 ta konteyner yetkazib berildi va bu konteynerlarni turli xil ijtimoiy muassasalarga, jumladan maktablar, maktabgacha tayyorlash muassasalari va kasalxonalarga taqsimlab berildi. Ushbu chora-tadbirlar tumandagi ekologik tozaligini o‘rnatilish, tahdid solayotgan noqonuniy chiqindixonalarni tozalash va chiqindilarni yig‘ish jaroyonini texlashtirishga yordam berdi. Har kuni ma’suliyatli korxona 60% ga qadar tuman aholisiga xizmat ko‘rsatib (taxminan 140 ming aholisi), 80% ga qadar chiqindilarni yig‘ish boshladi.

– Bog‘chamiz uchun yangi konteyner yetkazib berilishi o‘ta ahamiyatlidir. Maxsus, qattiq-uydirma qopqoq bilan, konteyner yopiq tarzda binoning saqlab qolish va hasharotlar va hayvonlarning kirishining oldini olishda yordam beradi. Ushbu toza atrof-muhit va bolalar salomatligi uchun juda muhim, - dedi 24-sonli bog‘chasi tarbiyachi Dilorom Mustafina.

Innovatsion yondashuvni yanada kengaytirish va joriy etish uchun “Qattiq chiqinidilarni boshqarish sohasini rivojlantirish bo‘yicha sinov loyihaning amalga oshirilishi tajribasi” nomlangan kitob nashr qilindi.

Urbanizatsiya davrida chiqindilarini boshqarish masalalari dolzarb bo‘lganligi tufayli ushbu amalga oshirilgan davlat-xususiy hamkorlik modeli boshqa shaharlarda muvaffaqiyatli joriy etildi. Masalan, bugungi kunga Toshkentda 40 xususiy operatorlar chiqindilarni yig‘ish xizmatlarni ko‘rsatadi.

Inklyuziv biznes loyihalarini qo'llab-quvvatlash bu BMT Taraqiyot Dasturining “O‘zbekistonda biznes-forumi" loyihaning komponentlaridan biridir. Yangi, uchinchi fazada yoshlarni va ayyollarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlashga qaratilgan inklyuziv biznes loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.