O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida boshlang‘ich narxni pasaytirishga elektron kimoshdi savdolari

Wed Oct 14 00:00:00 EDT 2015

Istalgan mamlakatda davlat xaridlari tizimi davlat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liqdir, agar u takomillashtirilsa, byudjet mablag‘lari ancha tejalishiga erishish, shuningdek davlat xizmatlari sifati oshirilishi mumkin. Davlat xaridlarini elektronlashtirish islohotlarning yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu raqobatni rivojlantirishga, xaridlarning tezkorligi va ochiq-oshkoraligiga ko‘maklashadi.

Zamonaviy axborot texnologiyalari turli kompaniyalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish, tijorat va boshqa faoliyatida zarur axborotni tez izlash jarayonini ancha yengillashtirib jamiyatimiz hayotining barcha sohalariga shiddat bilan kirib keldi. Ayni vaqtda ular davlat sektorida ham faol qo‘llanilmoqda. 2011 yil aprel oyidan boshlab davlat va biznes o‘zaro hamkorligining ahamiyatli sohalaridan birida, aynan davlat xaridlari sohasida yangilik paydo bo‘ldi - xaridlar “elektron yo‘llarga” qo‘yila boshlandi. Elektron xaridlarning quyidagi elementlari joriy etildi: 1)davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali ishlab chiqildi va ishga tushirildi; 2) O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida boshlang‘ich narxni pasaytirishga elektron kimoshdi savdolari yoki sodda qilib aytganda elektron savdolar joriy etildi. Elektron sadolar bitta kontrakt bo‘yicha 300 dollardan 100 ming AQSh dollarigacha summaga kiyim-kechak, poyabzal, mebel va idora jihozlari, ish yuritish tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kompyuterlar kabi tovarlar, shuningdek shu jmuladan kompyuter asbob-uskunalarini va boshqa axborot asbob-uskunalarini joriy ta’mirlash xizmatlari, ijara bo‘yicha xarajatlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

Yuqorida ko‘rstaib o‘tilgan maxsus axborot portalida oldindan (yetkazib beruvchi aniqlanishidan 10 kun oldin) byudjet tashkilotlari tomoidan amalga oshiriladigan bo‘lajak davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lon majburiy tartibda joylashtiriladi. Portalga kirish va xaridlar bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘zdan kechirish bepul va avtorizatsiya qilishni talab etmaydi. Ushbu axborot portalida iqtisodiyot tarmoqlariga bo‘lingan holda o‘tkaziladigan tenderlar to‘g‘risidagi batafsil axborotni (xarid turi 100 ming AQSh dorlaridan ortiq summaga) va 300 dollardan 100 ming dollargacha summaga xarid to‘g‘risidagi e’lonni topish mumkin. Manfaatdor yetkazib beruvchilar mintaqalar va tovarlar bo‘yicha xarid to‘g‘risidagi zarur e’lonlarni qiynchiliksiz topishlari mumkin. Bunda har bir e’longa batafsil ma’lumot beriladi: buyurtmachining nomi va manzili, xarid qilinadigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) o‘ziga xosligi, boshlang‘ich narx, yetkazib berish hajmi va muddatlari, buyurtmanomalarni qabul qilishning oxirgi muddati va shu kabilar beriladi.

Tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan kichik biznes sub’ektlari O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida akkreditatsiyadan o‘tishning ancha sodda tartib-taomillaridan o‘tgach elektron kimoshdi savdolarida ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun ariza yozish, imzolar bilan birgalikda notarial tasdiqlangan kartochkani va kichik biznes sub’ektlariga tegishlilik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etish kifoya. Shundan keyin ular oldida elektron davlat xaridlarining sig‘imli bozori ochiladi, ular bu yerda butun respublika bo‘ylab elektron savdolarda qatnashishlari mumkin.

Axborot portalidan ham davlat buyurtmachisi, ham potensial yetkazib beruvchilar uchun foydali bo‘lgan ma’lumotlarni, masalan, davlat xaridlari bo‘yicha qonunchilikni yoki yangiliklarni topish mumkin, anjumanda ishtirok etish imkoniyati mavjud. Bunda ham tartib-qoidalarning o‘zini, ham internet portalning interfeysini yanada takomillashtirish uchun so‘rovlar va muhokamalar o‘tkaziladi.

Elektron savdolar tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi filiallarining keng tarmog‘i tashkil etildi va davlat buyurtmachilari uchun o‘qitish kurslari o‘tkazildi. 26 mingdan ortiq byudjet tashkilotlarining buxgalterlari va moliyaviy menejerlari 8 soatlik kursda o‘qidilar. Ushbu kursda o‘qilgandan keyin davlat buyurtmachilari bevosita o‘z ish joyidan turib xaridlar to‘g‘risidagi e’lonni joylashtirishlari mumkin. Bu ularning elektron savdolarda ishtirok etishini yengillashtirishga ko‘maklashadi.

2014 yilda elektron kimoshdi svdolari tizimini joriy etishning ayrim natijalari:

Davlat xaridlari bo‘yicha O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida akkreditatsiya qilingan yetkazib beruvchilar soni 32181 nafarni, sodir etilgan bitimlar summasi esa – 467,5 milliard so‘mni tashkil etdi. Boshlang‘ich narxning 20 foizi yoki 117,4 milliard so‘m tejaldi. Ushbu summa 14 ming o‘quvchi o‘rinli maktab qurish uchun yetarlidir. Kichik biznes sub’ektlari 467,5 milliard so‘mlik yoki elektron savdolar butun summasining 99,4 foizilik kontraktlarni yutib chiqqanligi quvonarlidir.

Maxsus axborot portali va elektron savdolar joriy etilishi bilan kichik biznesda barcha bo‘lajak davlat xaridlari to‘g‘risida to‘laqonli axborot manbai va faol ishtirok etish uchun maydoncha paydo bo‘ldi. Bu davlat kontraktini yutib chiqishda ularning imkoniyatini oshiradi. Ya’ni kichik biznes davlat xaridlari bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylanmoqda. Bu uning yanada rivojlanishiga, yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga ko‘maklashadi.

Davlat xaridlarida kichik biznesning imkoniyatlari boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham kengaymoqda, masalan, davlat ayrim tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha xaridlarni faqat kichik biznes sub’ektlaridan xarid qilishiga qaror qilindi.

Shunday qilib, elektron savdolar tizimi joriy etilishi haqida so‘z borar ekan, bu urfga va davr talabiga berilish emas, balki zaruriyatdir deyish mumkin, chunki mamlakat iqtisodiyotida yuz berayotgan isloh qilish jarayonlari davlat organlarining biznes bilan o‘zaro bohliq faoliyatini takomillashtirishni talab qiladi va shubhasiz davlat xaridlari tizimiga daxl qiladi.

Maxsus axborot portalining faoliyat ko‘rsatishi va o‘tkazilayotgan elektron savdolar, so‘zsiz davlat xaridlarining ochiq-oshkoraligi oshishiga, byudet mablag‘lari tejalishiga va kichik biznes salohiyati kengayishiga ko‘maklashadi.