Grant olish uchun tanlov

Fri Oct 09 00:00:00 EDT 2015

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda Koka Kola kompaniyasi «Yangi Hayot: inklyuziv va barqaror inson taraqqiyoti» dasturi doirasida  Grant olish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi. 

Uzbekistondagi quyidagi tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin:

- BMTTD nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda yoki;

- BMTning O‘zbekistondagi boshqa agentliklari, xususan BMTning taraqqiyot guruhlariga kiruvchi agentliklari (YuNEP, YuNISEF, YuNFPA, Umumjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqalar);

- Nodavlat va jamoat tashkilotlari yoki;

- Mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash maqsadida tashkil etilgan shirkatlar, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha shirkatlar yoki;

- Mintaqaviy rivojlanish agentliklarining vakolatxonalari yoki;

- Institutlar, turli tashkilotlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha markazlar.

«Yangi Hayot: inklyuziv va barqaror inson taraqqiyoti» dasturi  ikkita asosijy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:

1.        Toza ichimlik suv va sanitariya hizmatlariga bo’lgan imkoniyatlarni kengaytirish, mahalliy aholini keng ishtirokida suv resurslari boshqaruvini yahshilash. 

2.        Barqaror jamiyat tuzish yulida ayollar va yoshlar imkoniyatlarini ta’lim sifatini yahshilash va ishchi o’rinlarni tashkil etish orqali kuchaytirish.

O’zbekiston uchun ajratilgan grant miqdori 100 ming AQSh dollargacha tashkil etadi.  Loyiha buyicha takliflar Mirobod kuchasi, 41/3 manzilida joylashgan BMTTD ning O’zbekistondagi vakolathonasiga, yoki abbos.akhadov@undp.org elektron manziliga 2015 yil 26 oktyabr soat 18:00 gacha taqdim etilishi lozim.  Takliflarni tayyorlash bilan bog’liq savollar buyicha quyidagi tel (+998 71) 1203450 (ichki 150) yordamida tabiiy resurslarni boshqarish bo’yicha mutahassis Abbos Ahadovga murojaat qilishingiz mumkun.  

Talabnoma shaklini (ingliz tilida) quyidagi ilova yordamida yuklab olishingiz mumkin: http://www.uz.undp.org/content/uzbekistan/en/home/presscenter/articles/2015/10/09/call-for-proposals/