“VELOKVEST-2015”: Avtomobilsiz kun – bizning tanlov

Thu Oct 08 00:00:00 EDT 2015

So‘nggi yillarda hamma shaharda avtomobillar qanchalik ko‘payib ketganligini sezmoqda. Kunduzi va kechki payt nafas olish qiyinlashmoqda. Shaharda mashinalar ko‘payib, yashil ekinlar kam bo‘lsa, odam o‘zini tetik va sog‘lom his qilishi mushkul bo‘ladi. Shaharlarimizdagi ana shu ikki omil va xususiyat aholiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Agar shaharda daraxtlar yanada ko‘p bo‘lib, mashinalar soni, aksincha kam bo‘lsa, vaziyat ancha tuzuk bo‘lar edi, mashinalarning ekologik maqbulligi esa juda yaxshi bo‘lishi mumkin.

Mashinalar soni bir necha baravar ortdi. O‘ylab ko‘ringchi, o‘z ixtiyoriga ko‘ra avtomobilni yoki avtotransportda harakatlanishni velosipeda yurishga almashtirganlar soni qancha ekan? Vaholanki, velosipedga o‘tirib, uni kundalik transportga aylantirish, har kuni ishga velosipedda qatnash mumkin. Bu salomatlikka va kayfiyatga o‘ta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, har kuningiz bayramga aylanadi.

Xo‘sh, velosiped bizga nima beradi?

Velosipedda harakatlanish paytida nafaqat oyoqlar, balki qo‘llar, yelka, qorin va bo‘yin mushaklari harakatga tushadi. Izchillik bilan harakatlanish paytida qon aylanishi yaxshilanadi, tana to‘qimalari kislorodga to‘yinadi. Velosipedda birmuncha harakatlangandan so‘ng kayfiyatingiz yaxshilanadi, bir necha kun o‘zingizni tetik his qilasiz.

Birinchidan, faoliyat turining o‘zgartirilishi ta’sir ko‘rsatadi, bu esa dam olish degani.

Ikkinchidan, velosipedda yurish ishda, uydagi oilaviy hayotda har kuni takrorlanadigan zerikarli jarayondan chalg‘ish imkonini beradi. Ayrim shaharlardagi velosipedda harakatlanadigan pochtachilar bundan mustasno.

Uchinchi, ijobiy jihati — bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri, sifatli foydalanish bilan bog‘liq. Yaqin masofalarga qatnashda velosiped avtomobillarning ajoyib muqobili bo‘lishi mumkin. Ammo hozircha mamlakatimizda shaharda velosipedda harakatlanish, uni xavfsiz saqlash bo‘yicha infratuzilma yetarli darajada rivojlanmagan.

Atrof-muhit va aholi salomatligiga ulush qo‘shishdan tashqari, velosiped yaxshi iqtisodiy samara keltirishi mumkin.

Mashinalar sonining oshganligi iqtisodiyot va alohida inson uchun qanchalik foydali? Har ikala holatda ham foydali emas. Bir qarashda, mashinalarga bo‘lgan talab muntazam oshib bormoqda, ishlab chiqarish hajmi ko‘paymoqda va bu mamlakat iqtisodiyoti uchun foydali bo‘lishi kerak. Ammo bunday iqtisodiy o‘sishning ikkinchi jihati ham bor.

Avtomobillar qanchalik ko‘p bo‘lsa, transport uchun yoqilg‘i shunchalik ko‘p ishlab chiqariladi, qazilma uglevodorodli xom ashyo ko‘proq olinadi va bularning barchasi atmosferaga ko‘proq gazlar chiqarilishiga sabab bo‘ladi. Tabiat va inson haqida so‘z ketganda esa ular zamonaviy dunyoning ortiqcha texnologikligidan tashqari ham himoyaga muhtoj. Odamlar va atrof-muhit avtotransportdan ko‘proq aziyat chekmoqda, va bu iqtisodiyot uchun ham foydali emas.

Mavjud tartib tarafdorlarining fikricha, velosipedchi – bu iqtisodiyot uchun kulfat.

Zero, u:

• Avtomobil sotib olmaydi va buning uchun kredit olmaydi

• Benzin sotib olmaydi

• Ta’mirlash ustaxonalari xizmatidan foydalanmaydi

• «Fuqarolik ma’suliyatini» sug‘urtalamaydi

• Pulli to‘xtash joylaridan foydalanmaydi

• Semirib ketmaydi, buning ustiga sog‘ligi yaxshi!

• Dori sotib olmaydi. Tez-tez shifokorlarga bormaydi.

Bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiyot uchun sog‘lom odamlar kerak emas. Ular YaIM ni ko‘paytirmaydi. Bu fikr mutlaqo noto‘g‘ri.

Velosipeddan keng miqyosda foydalaniladigan mamlakatlar tajribasi bu borada nimalarni ko‘rsatmoqda?

Rossiya Oliy Iqtisodiyot Universitetining Milliy tadqiqot universiteti Atrof-muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti markazi direktorii Georgiy Safonov o‘tgan yili Peterburgda konferensiyada ma’ruza qilgan paytda quyidagi ma’lumotlarni keltirgan edi: Angliyada velosipedga o‘tishda avtomobil yo‘llariga bosimning kamayishi yo‘lning har bir kilometriga $0,4 ni tashkil etadi, parking harajatlarining tejalishi esa yiliga do $3 mingni tashkil etadi. Havoning ifloslanishidan ko‘riladigan foyda (ozon, CO2, qattiq zarralar, shovqin va h.z.larning chiqarilishi) – bir mil masofaga 10 sentni tashkil etadi. Velosipeddan qisqa masofalarga qatnashda foydalanish qulay (20 daqiqagacha), bunda u avtomobilga nisbatan 18-20 marotaba kam joy egallaydi. Golland arxitektori va urbanisti Markus Appenseller hisob-kitobiga ko‘ra, velosipedlar har yili Yevropa Ittifoqi byudjetiga 200 mlrd yevro foyda keltiradi.

Insoniyatning texnologik madaniyati g‘alati, hech kim ko‘ra bilmagan burilish yasadi. Velosiped bugun kambag‘allarning transportidan jamiyatning yuqori darajada madaniylashuvi ramziga aylandi.

Har yili 22 sentyabrni jahon hamjamiyati Avtomobilsiz kun sifatida nishonlaydi.

O‘zbekistondagi GEF KGD/BMTTD ning tashabbus guruhi O‘zbekistonning ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi, Toshkent viloyati hokimiyati, Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha Toshkent viloyati qo‘mitasi, O‘zbekiston NNT EKOFORUM Kengashi ko‘magida va bevosita velosipedchi-volonterlar ishtirokida bu kunning nishonlanishini davom ettirishga va uni o‘zicha nishonlashga qaror qildi.

VELOKVEST2015

Pedallarni aylantir, oldinga harakatlan!

Barcha pedallarni aylantirishni istovchilar diqqatiga!

Siz vaqtni qiziqarli o‘tkazish va sovrinlar yutish borasida qulay imkoniyatga egasiz.

2015 YILNING 11 OKTYABRI

Toshkentda VELOKVEST – joyda mo‘ljal olish elementlarini ko‘zda tutuvchi qiziqarali o‘yin.

O‘yinning maqsadi – velosipedni ekologik toza transport va salomatlik manbai sifatida ommalashtirish.

O‘yinda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

O‘zbekiston Respublikasining har bir voyaga yetgan fuqarosi ishtirok etishi mumkin.

Jami ishtirok etish uchun 8 jamoa taklif qilinadi. Jamoadagi ishtirokchilarning maksimal soni – 4 kishi. Jamoa 2015 yilning 7 oktyabrigacha shakllantirilishi va ishtirok etish uchun buyurtma berishi kerak. Buyurtmaning shaklini bu yerda yuklab olish mumkin.

O‘yin tashkilotchilari kutish varaqasini tayyorlaydi, unga sakkizinchi jamoa yo‘llagan buyurtmadan keyin buyurmta yuborgan jamoalar kiritiladi. O‘yindan voz kechilgan yoki brifingga kelmagan holatda kutish varaqasidagi birinchi jamoa chiqib ketgan jamoa o‘rniga o‘yin ishtirokchilari tarkibiga kiritiladi.

O‘yinda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun velosipeda tez yurishning o‘zi yetarli emas. Asosiy e’tibor bilimga, topqirlikka va jamoaning jipsligiga qaratiladi.

O‘yinni olib borishda bizga ko‘ngililar yordam beradi. Istalgan paytda salomatligi tufayli marshrutni uddalay olmagan ishtirokchi o‘yindan chiqib ketishi mumkin.

O‘YINDA ISHTIROK ETISH UCHUN QUYIDAGILARNI AMALGA OSHIRISHINGIZ ZARUR:

1.            4-kishilik jamoani shakllantirish.

2.            Jamoa sardori quyidagi manzilga buyurtma jo‘natishi zarur: veloquest2015@yandex.ru

3.            Buyurtmada jamoaning nomi, ishtirokchilarning ismi-sharifi, tug‘ilgan yili va sanasi, jamoa sardorining muloqot uchun telefonii ko‘rsatiladi. Buyurtma shaklini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

4.            Har bir jamoa yozma ravishda har bir ishtirokchi imzolagan holda barcha ishtirokchilar yo‘l harakati qoidalari bilan tanishtirilgani va yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi qoidalarini bilishi; velo-o‘yin o‘tkazilishi qoidalari bilan tanishtirilgani va ularga rozi ekanligi; salomatlik va jismoniy tayyorgarlik holati uchun shaxsan javobgar ekanligi haqidagi tilxatni yozib beradi va imzolaydi. Barcha tilxatlar jamoa sardorida saqlanadi va kelgusida brifingda tashkilotchilarga topshiriladi. Tilxatning shaklini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

Ishtirokchilarga qanday talablar qo‘yiladi?

1.            Velosipedga ega bo‘lish yoki shu kuni foydalanishga olish va unda harakatlana bilish. Ehtimol, velosipedni ijaraga olish imkoniyati bo‘lishi mumkin. Ayni paytda do‘stlaringiz velosipedidan ham foydalanishingiz mumkin.

2.            Yo‘l harakati qoidalari, ayniqsa, velosipeda harakatlanish qoidalarini bilish. Yo‘l harakati qoidalarini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

3.            O‘zR YHQ ning 27.3. moddasiga muvofiq: Velosiped tovushli signal moslamasiga va soz holatdagi tormozga ega bo‘lishi kerak. Kunning qorong‘u paytida va ko‘rish yetarli bo‘lmagan holatda velosipedning old qismiga oq rangli fonar, orqasida esa – qizil rangli fonar yoki rang qaytarish moslamasi o‘rnatiladi. Yon tomonlariga ega to‘q sariq yoki qizil rangli nur qaytargich o‘rnatiladi. O‘zR YHQ buzilganda jamoaga jarima ochkolari beriladi.

4.            Ayni paytda barcha ishtirokchilarning shlem kiyishini tavsiya qilamiz, o‘yin paytida har bir ishtirokchi shlem kiyib olgan bo‘lishi kerak. Jamoaga velosipeda shlemda xavfsiz harakatlangani uchun bonus ochkolari beriladi.

5.            Har bir jamoa to‘liq zaryadlangan internetga ulangan noutbuk, planshet yoki smartfonga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, u yoki bu moslama arxivlarni ochish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.

6.            Har bir ishtirokchida suvli flyajka bo‘lishi kerak.

7.            Har bir ishtirokchi jismonan sog‘lom va tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim. Iltimos, bu masalaga jiddiy qarang. Har bir ishtirokchi o‘z sog‘ligi va jismoniy tayyorgarligi uchun shaxsan ma’suldir.

8.            Takrorlaymiz, o‘yinda faqat voyaga yetgan fuqarolar ishtirok etishi mumkin. O‘yinda ishtirok eta olishingiz uchun yoshingiz 18 dan kam bo‘lmasligi kerak.

9.            Salomatlik uchun va velo-o‘yinda ishtirok etish uchun ma’sul bo‘lish. Tashkilotchilar ishtirokchi uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga olmaydi.

 

Shoshiling, jamoalar soni cheklangan!

 

7 oktyabr, 18:00 – burtmalar qabul qilinadigan oxirgi kun!

9 oktyabr, 19:00 – Brifing: jamoalar sardorlari bilan uchrashuv, Velokvest o‘tkaziladigan joyning e’lon qilinishi, o‘yin qoidalari bilan tanishuv, jamoalardan tilxatlarni qabul qilish, qur’a tashlash.

JAMOALAR TUZING VA BUYuRTMALAR BERING!

HOMIYLAR:

FITNESS CENTRE O-ZONE/BUSINESS CENTRE DARHAN

XAMKORLAR:

O‘zbekistonning ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi

O‘zbekistonning NNT Ekoforum Kengashi

Toshkent viloyati Xokimiyati

Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish Qumitasi

O‘tgan ekologik o‘yin haqida ma’lumotni saytimiz orqali olishingiz mumkin: http://sgp.uz/uz/news/173 , http://sgp.uz/uz/news/634