«Nadejda» fermer xo‘jaligi O‘zbekistonda biogaz yanada ko‘payishiga umid uyg‘otadi

Wed Aug 26 00:00:00 EDT 2015

 

O‘zbekistonda energiya muammosi, ayniqsa qishloq joylarida eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Ko‘plab shaharchalar markazlashgan gaz taqsimlash tarmog‘iga ulangan bo‘lsa-da, yilning sovuq paytida gaz bosimi pasayib ketishi natijasida u yetarli hajmda yetib kelmaydi. Imkoni borlar ko‘mir xarid qiladi, aholining asosiy qismi esa ko‘mir sotib olishga qurbi yetmaydi, uyni isitish va taom pishirishda o‘tindan foydalanadi. Bu esa o‘rmonsizlanishga va atmosferaga CO2 chiqarilishiga olib keladi.

Bunga 60-yashar Nadejda-fermerni misol qilib keltirish mumkin, uning xo‘jaligi davlat gaz taqsimlash tarmog‘iga ulangan. Ushbu ferma isitish uzilishi holatlari ro‘y bergan bir necha sovuq qishni boshidan o‘tkazdi. Buning oqibatida buzoqlar nobud bo‘lar edi. O‘zbekistonda yuqori subsidiyalangan, ammo hamon qimmatligicha qolayotgan elektr energiyasi istishning yagona manbai hisoblanadi. Shu tarzda Nadejda va uning qizi Irina barqaror va doimiy isitish manbasini izlab ko‘rishdi va biogaz eng maqbul yechim, degan xulosaga kelishdi.

Ajablanarlisi, ushbu texnologiya O‘zbekiston uchun mutlaqo yangi ekan. O‘zbekistonda biogaz uskunalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalar mavjud emas, ayni paytda bunday uskunani qurishga yordam bera oladigan ekspertlar ham yo‘q. Bu noqulay omillar Irinaning shashtini qaytara olmadi. Irina kasbi bo‘yicha injener, eri — elektr ustasi, shu sababli ular o‘z ko‘nikmalarini birlashtirishga va zavodni mustaqil qurishga qaror qilishdi, bunda internet tarmog‘idan olingan chizmalar qo‘l keldi. Keyinchalik Irina va Nadejda GEF ning Kichik Grantlart Dasturi haqida eshitishdi, va unga o‘z texnologiyasini sinovdan o‘tkazish maqsadida grant so‘rab murojaat qilishdi.

2009 yilda GEF KGD Qo‘mitasi loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun 21 296 AQSh dollari miqdorida grantni tasdiqladi. Loyihaning asosiy vazifalari qurilmani namoyish qilish va muqobil energiya olish texnologiyasi haqidagi xabardorlikni oshirish, shu bilan birga boshqa fermerlarni o‘qitish orqali texnologiyadan eng keng darajada foydalanish imkoniyatini yaratishdan iborat.

2011 yilda, bir yarim yil davomida maydonlarni tayyorlash va qurilmani o‘rnatish ishlari bajarilgach, ularning 30 m³ hajmli yangi mustaqil qurilgan biogaz qurilmasi ishga tushdi. Qurilmaning faqat uchdan bir qismidan foydalanilganda ham bu isitish, taom va mollar uchun ozuqa tayyorlash, shuningdek uyni isitish uchun yetarli miqdorda gaz yetkazib beradi. Bundan tashqari, biogazdan olingan elektrenergiyadan quduqqa yaqin atrofda joylashgan uchta ferma va 30 dan ortiq uy xo‘jaligi suv tortish va yetkazib berishda foydalanadi.

Ushbu texnologiyani sinovdan o‘tkazishga qo‘shimcha ravishda, sinov shuni ko‘rsatdiki, chorvachilik chiqindilaridan foydalanishda issiqxona gazlari chiqarilishi kamayadi. Viloyatlarda, fermerlar, go‘ngdan foydalanishdan oldin uni to‘dalab qo‘yishadi, toki u chirib, uchraydigan yovvoi o‘t urug‘lari yo‘q qilinishi kerak. Bunday saqlash paytida atmosferaga metan (CH4) chiqariladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bitta shunday qurilma yiliga havoga 155 tonna CO2 chiqarilishining oldini oladi. Bundan tashqari, biogazdan foydalanish qurilmasining ishlashi natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarning ishlangan suyuq massasini qo‘llashdan katta foyda olish mumkin. Qayta ishlashgan massa a’lo darajali ekologik sof bio-o‘g‘it hisoblanadi, uning qo‘llanilishi jiddiy ravishda tuproqning minerallashuvini kamaytiradi. Irina va Nadejda ekinlar hosildorligining 30 foizga orttirishni mo‘ljallashmoqda.

«Nadejda» fermasining tarixi — muvaffaqiyat tarixi bo‘lsa-da, Irinaning tan olishicha: «BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan KGD ko‘mak berib, bir qism investitsiyalar moliyalanmaganida, biz ushbu qurilmani qura olmas edik. Biogaz texnologiyalari innovatsiya bo‘lib, O‘zbekistonda ilk qadamlarini qo‘ymoqda. Demak, ushbu texnologiyalarga sarmoya sarflash uchun hozircha mexanizmlar yoki bank kreditlari mavjud emas».

Biogaz texnologiyalariga investitsiyalar kiritish uchun texnik-iqtisodiy asoslash ishga tushirishga shaydir. Ushbu hujjatdan O‘zbekistonning barcha fermerlari foydalana oladi, u fermerlarga tayyor elektron jadvalga o‘z ma’lumotlarini kiritib, banklarga moliyaviy yordam so‘rab, murojaat qilish imkoniyatini beradi. Ayni paytda bitta bank bilan fermerlar tomonidan kredit olish jarayonini yengillashtirish bo‘yicha oldindan kelishuvga erishilgan.

Bundan tashqari, hozirgi paytda loyiha biogaz qurilmasini barpo etish bo‘yicha batafsil yo‘l-yo‘riqlarni chop etishga tayyorlamoqda. Ushbu nashr hozircha chop etilmagan bo‘lmasa-da, barcha o‘quv materialalari tayyor va Irina O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazilgan treninglarda 200 ga yaqin fermerni va manfaatdor shaxslarni o‘qitdi.

«Nadejda» fermasi namoyish maydonchasiga aylandi va har hafta go‘ngdan biogaz olish usullariga qiziquvchi kishilarni qabul qiladi. Aslida, bir ayol go‘ngdan elektr toki va issiqlik olayotgani haqidagi xabar tezda yon-atrofga tarqaldi va buni o‘z ko‘zi bila ko‘rishga qiziquvchilarni ferma qabul qilishi mushkul bo‘lib qolmoqda.

Ushbu loyihaning muvaffaqiyati BMTTD ning O‘zbekistonda 2012 yildan buyon havoga issiqxona gazlari chiqarilishining past darajasi xos bo‘lgan iqtisodiyotni rivojlantirish siyosati bo‘yicha ish olib borayotgan loyihasining e’tiborini jalb qildi. «Nadejda» fermasi biogaz texnologiyalarini namoyish qilish markazi sifatida foydalana boshlandi. BMTTD Urganch davlat universiteti bilan birgalikda va GEF KGD ko‘magida O‘zbekistonning Xorazm viloyatida biogaz texnologiyalariga o‘qitish bo‘yicha yangi namoyish markazini ishga tushirmoqda. Bu yerda Irina ekspert sifatida yordam ko‘rsatadi.

«Fermamizga kelgan mehmonlardan birontasi biogaz qurilmasini barpo etishga qaror qilsa, xursand bo‘lar edik» - deydi Irina. Shuningdek, qo‘shimcha qilib aytadiki — «oilamiz GEF KGD va BMTTD ning fermerlarga biogaz texnologiyalari imkoniyatlari haqida ma’lumot berish borasidagi say’-harakatlariga o‘z ulushini qo‘shayotganidan baxtlidir».