Jurnalistlarga – Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi to‘g‘risida

Thu Jun 04 00:00:00 EDT 2015

Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi masalalarini va umuman byudjet sohasiga oid mavzularni muhokama etish unda moliya, iqtisodiyot sohasi mutaxassislarining yoki byudjet tashkiloti amaliyotchilarining ishtirok etishini nazarda tutadi. Biroq «Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi» mavzusidagi seminar-trening to‘rtinchi hokimiyat vakillari, ya’ni ommaviy axborot vositalarida iqtisodiyot va byudjet siyosati sohasida yuz berayotgan voqealarni yoritib beruvchi jurnalistlar uchun ularning byudjet ijrosi sohasidagi tushuncha va ko‘nikmalarini yanada mukammal bo‘lishini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Matbuot yoki tele-radio reportajlar orqali davlat moliyasi sohasidagi malakali mutaxassislar Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni muhokama etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi o‘z hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda Davlat byudjetining g‘azna ijrosini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli moliya organidir. Aynan G‘aznachilik Davlat byudjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi byudjet mablag‘larini boshqaradi, mazkur funksiyalar esa «kassaning yagonaligi prinsipi», ya’ni byudjet mablag‘larining yagona hisobvarag‘iga kelib tushishi, saqlanishi va davlat byudjetining barcha xarajatlari ushbu hisobvaraqdan to‘lanishini prinsipini anglatadi.

G‘aznachilikning tashkil etilishi bilan jahonda rivojlangan davlatlar va ushbu sohada o‘zini oqlagan ilg‘or tajribalarga asoslangan Davlat byudjetini ijro etishning yangi G‘aznachilik tizimi yaratildi, ya’ni Davlat moliyasi tubdan isloh qilindi. Shuning bilan birgalikda, davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimining joriy etilishi respublikaning barcha viloyat va tuman markazlarigacha optiq tolali kabellar yotqizilishini tezlashtirish hisobiga respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishiga turtki berdi.

Seminar-trening bir nechta sessiyadan iborat bo‘lib, ular doirasida O‘zbekiston Respublikasi G‘aznachiligining tushunchasi, roli, vazifalari va tuzilmasi ta’riflandi hamda ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini ham daromad, ham xarajat qismi nuqtai nazaridan ijro etish g‘azna tizimining normativ-huquqiy bazasi, shuningdek o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqildi. Savol-javoblarga bag‘ishlangan sessiya jurnalistlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Seminar so‘ngida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va BMT Taraqqiyot dasturining «O‘zbekistonda byudjet tizimini isloh qilish» qo‘shma loyihasi va Moliya vazirligi qoshidagi O‘quv markazi xamkorligida amalga oshirildi.

Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi masalasi, ayniqsa moliya sohasida mutaxassis bo‘lmagan kishilar uchun, juda murakkab. Seminar materiallarini tushunarli ravishda bayon qilish maqsadida Loyiha mutahassislari infografika, ya’ni grafikali axborot ishlab chiqardilar. Unda byudjet tashkilotarining daromad xamda xarajat jixatdan pul va xujjatlar aylanish jarayonini aks etilgan. Jarayon juda murakkab bo‘lsa-da, byudjet korxonalar mablag‘lari yagona g‘aznachilik hisob varaqasida toplanishi va ularning xarajatlari yagona g‘aznachilik hisob varaqasidan to‘langani ko‘rsatilgan.