BMTTD O'zbekistonda innovatsiyalarni hayotga tadbiq etish tajribasi taqdim etdi

Tue May 19 00:00:00 EDT 2015

19-21 may kunlari davomida VIII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi doirasida ilk bor Toshkent xalqaro innovatsiya forumi tashkil etildi.  Ushbu anjuman globalizatsiya va zamonaviy muommalar sharoitlarida O‘zbekistonda innovatsiya rivojlanish masalalarini muhokama qilish, boshqa mamlakatlarning innovatsion sohada ilg‘or tajribasi bilan tanishish kabi maqsadlariga qaratilgan.

Xalqaro forumning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov so‘zga chiqdi. Anjumanning sho‘ba majlisida BMTTDning O`zbekistondagi Doimiy vakili Stefan Prisner “Ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning innovatsion yechimlari” deb nomlangan ma’ruzasini taqdim etdi. BMTTD barcha davlatlarda innovatsiyalarning imkoniyatlari va, natijalarga erishish yo‘lida yondashuvlardan biri bo‘lib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda qullanishiga e’tibor bermoqda. Ushbu e’tibor bejiz emas, chunki dunyo bo‘ylab BMTTD faoliyatining yo‘nalishlari tez o‘zgarmoqda. Ayniqsa rivojlanish sohasida ynagi biznes modellar tatbiq etilib, ma’lumot yig‘ishning vaqti qisqarmoqda, qimmat jihozlar o‘rniga mobil texnologiyalar kelib, ijtimoiy muammolarning tejamli va tez yechimlari qo‘llanilmoqda.

Xalqaro miqyosda “innovatsion eko-tizimi” tushunchasi paydo bo‘ldi. Umumjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan 7 yil mobaynida nashr qilinayotgan Global innovatsion indeksining 2014 yilgi “Innovatsiyada inson omili” deb nomlangan hisobotida eko-tizim masalasiga alohida e’tibor berilgan. Eko-tizim institutlar, inson kapitali va tadqiqotlar, infratuzilma, bozor va biznes rivojlanish darajasi, bilim natijalari va texnologiyalar, san’at sohasidagi faoliyatdan iborat.

BMTTDning O`zbekistondagi Doimiy vakili Stefan Prisner o‘z ma’ruzasida innovatsion yechimlar va innovatsion eko-tizim ichidagi hamkorligi orqali ma’lum ijtimoiy masalalarni yechish borasidagi misollarni keltirdi. Masalan, Porto (Portugaliya) shahrida “Veniam” deb nomlangan start-ap g‘oyasining tadbiq etilishi va 6000 ta taksi va avtobusda sensor va vay-fay o‘rnatilishi orqali shaharning ma’muriyati shahar infratuzilmasida mavjud bo‘lgan muammolar to‘g‘risidagi ma’lumotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib, bir-necha daqiqa ichida bunday muammolarni bartaraf etish ishlarini boshlashi mumkin. Belorussiyada www.koshturada.by saytida soliqlar va mamlakatning boshqa mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan barcha davlat xarjlari haqida fuqorolarga ma’lumot beriladi. Saytni ishlab chiqargan mutaxassislar davlat xarjlarining turli moddalari o‘rtasidagi bog‘liqlik va farqlarni tushunishga hamda davlat hisobdorligi va fuqarolarning ishonch darajasini ko‘tarishga yordam berishni mumkin deb ta’kidlamoqda. BMTTD ham o‘z faoliyatida turli loyihalarni amalga oshirishda an’anaviy yondashuvlardan ajralib turadigan innovatsiyalardan,ayniqsa virtual yoki amaliy ijodxonalar, ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha guruhlar tashkil etilishi, ijtimoiy masalalarni hal qilishda mablag‘lardan foydalanish, xizmat va mahsulotlarga foydalanuvchilarni jalb etish, prototip yaratish kabi innovatsion yondashuvlardan foydalanadi.

BMTTD va O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining innovatsion yondashuvlaridan biri mobil telefonlar uchun yaratilgan maxsus dasturdir. Ushbu dastur aholi tabiiy ofatlar yuz berganida nima qilish kerak va nimaga tayyor turish kerak to‘g‘risida batafsil ma’lumot va qoidalarni taqdim etib, mobil telefonlar uchun maxsus ishlab chiqilgan. Mazkur dastur Android, iStore va OVIStore bozorlariga joylashtirilgan. Mobil dasturni quyidagi web sahifalardan topsangiz bo'ladi:

IOS - https://itunes.apple.com/us/app/mcs/id573439731?l=ru&ls=1&mt=8;

Android - https://play.google.com/store/apps/details?id=com.globalsolutions.mchs&feature=search_result#?t=W251bGwsMSwxLDEsImNvbS5nbG9iYWxzb2x1dGlvbnMubWNocyJd;

Forumda bir qator vazirlik va idoralar, moliyaviy va ilmiy muassasalar, sanoat korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, oliy o‘quv yurtlari vakillari, shuningdek, AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Gretsiya, Rossiya, Armaniston va boshqa mamlakatlardan olimlar va mutaxassislar, nufuzli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.