O‘zbekistonda ftiziatr va pulmonologlarning 8-yig‘ilishida BMT ko‘ngillilarining faoliyati natijalari taqdim etildi

Thu May 07 00:00:00 EDT 2015

4 mart kunidan boshlab, bir hafta mobaynida sil kasalligi bilan bog‘lik masalalarini muhokama qilish maqsadida 500 nafar tibbiy mutaxassis O‘zbekistonda ftiziatr va pulmonologlarning 8-yig‘ilishida ishtirok etdi. BMT ko‘ngillillari Qoraqalpog‘iston aholisining ushbu kasallik haqidagi bilim va tushunchalarini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning natijalarini taqdim etish maqsadida mazkur yig‘ilishda qatnashdi.

“Sil kasalligining oldini olish: eski qarashlardan yangi munosabatga o‘tish” mavzuidagi ma’ruzada sil kasalligini mustaqil ravishda oldini olish masalalarga asosiy e’tibor berildi. Ushbu usulning samarasini erishilgan ijobiy o‘zgarishlar va Qoraqalpog‘istondagi BMT ko‘ngillillarining tajribasi tasdiqlaydi.

BMT Ko‘ngillilari Qoraqalpog‘istonda 5 ta tumani aholisining sil kasalligining tashqi belgillari, uning oldini olish va davolash haqidagi bilim va tushunchalarini yaxshilash borasida bir necha yil davomida faoliyat olib bormoqda. Mahalliy aholining Orol dengizi hududida tarqalgan nafas yo‘llari va sil kasalligi haqidagi bilimlarini yaxshilash hamda sil kasalligining oldini olish, uni davolash, o‘zboshimcha davolanishlarning oldini olish va sil bilan kasallangan insonlarga nisbatan aholining munosabatini yaxshi tomonga o‘zgartirish ushbu chora-tadbirlarning asosiy g‘oyasi va maqsadidir.

2014 yil davomida BMT Ko‘ngillilari Qoraqalpog‘iston Respublikasining sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 1800 nafar ko‘ngillilar uchun 75 ta trenning o‘tkazdi. Tadbirda ishtirok etgan ko‘ngillillar Mo‘ynoq, Kegeyli, Qorauzak, Nukus va Shumanay tumanlarida yasho‘vchi aholining sil kasalligi haqidagi bilim va tushunchalarini yanada yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. 128 000 nafar Qoraqalpog‘iston aholisi nafas yo‘li kasalliklari haqida, ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida foydali ma’lumotga ega bo‘lishdi. Trening mobaynida har bir inson o‘z sog‘lig‘ini saqlashga qodirligi haqida ko‘p aytilib, sil kasalligini yuqtirish xavfini pasaytirishga qaratilgan choralar ta’riflandi.

Mazkur  chora-tadbirlar natijalarini qiyoslash maqsadida BMT Ko'ngillilari 2013 va 2015 yillarda 2 ta tadqiqot o‘tkazdi. So‘rov natijalari aholi sildan saqlanish, uning oldini olish usullari haqidagi bilimlari ancha yaxshilanganligini ko‘rsatdi. Deyarli barcha respodentlar o‘zlarini mazkur kasallikdan himoya qilish uchun kamida bir usul haqida yaxshi xabardor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Eng ko‘p berilgan javoblar “xonani shamollatish”, “aksirish paytida og‘zni qo‘l bilan yopish”, “xonani har kuni nam tozalash” kabilarni o‘z ichiga oldi. 2013 yilning tadqiqot natijalariga nisbatan, aholining habardorligi oshishi yaqqol namoyon bo‘ldi. Bundan tashqari, aholining sil va boshqa kasalliklar haqidagi umumiy bilimi va shifokorlarga bo‘lgan ishonch darajasi oshdi, o‘zboshimcha o‘z-o‘zini davolash holatlari kamayib, sil bilan kasallangan insonlarga nisbatan salbiy munosabat yaxshi tonomga o‘zgardi.

Tadqiqot natijalari yig‘ilishda taqdim etildi. Mazkur yig‘ilish O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi qoshidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy ftiziatriya va pulmonologiya markazining tashkiliy qo'mitasi, O‘zbekiston ftiziatrlari va pulmonologlari tibbiy jamiyati va  Markaziy Osiyo Pulmonologlar uyushmasi  tomonidan tashkil etildi.