Qoraqalpog’istonda ijtimoiy-inklyuziv rivojlanishga ko’maklashish: Bu ishlarda birgalikdamiz

Tue Mar 17 00:00:00 EDT 2015

 

Sir emaski, imkoniyati cheklangan odamlarning iqtisodiy ahvollarini yaxshilashlarida sharoitlari sog’lom odamlarga nisbatan biroz kamiroq. Nogironlarning tadbirkorlik ishlarini boshlaslarida daromad manbalarini topish qiyinchiliklari asosiy omillardan biri xisoblanmoqda. Shu sababli aksariyat nogironlar o’z imkoniyatlarini yuzaga chiqara olmasdan, oilasining yordamiga muhtoj holda, o’z jamiyatining taraqqiyotiga munosib hissasini qo’shish imkoniyatidan cheklanib qolishmoqdalar.

Joriy yil 13 martda Nukus shahrida Nogironlar jamiyati qoshida tashkil qilingan tikuv tsexining ochiolish marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu loyiha yordamida 10 nafar nogiron qizlarimizning tikuv tsexida doimiy ish bilan ta’minlanish imkoni yaratildi. Ular o’z mahoratlarini oshirish, aholiga xizmat ko’rsatish va o’z navbatida o’zlarining iqtisodiy ahvollarini yaxshilash imkoniga ega bo’lishdilar. Eng asosiysi, ushbu loiyha nogiron fuqarolarimizning o’zlarini faol va jamiyatimizga o’z hissalarini qo’shishga qodir ekanliklarini his qilish tuyg’usini yaratdi.

Ulardan biri eshitish qobiliyatidan nogironligi bor Kudaybergenova Anisa. U “Men tikishni juda yahshi ko’raman hamda ish so’rab ko’plagan tsexlarga murojat qilgandim va nihoyat ishga qabul qilindim. Bu erda ish boshlaganimga 1 oydan ortdi va o’zim tomonidan yaratilgan andazada bir nechta ayollar liboslarini yaratishga muvofiq bo’ldim. Muhimi, bu erda yangi do’stlar orttirdim va hayotim go’zal tus ola boshladi. Mening asosiy maqsadim daromad topish emas, men uchun odamlar bilan muloqatda bo’lish va mahsulotlarimni xarid qilayotgan paytdagi ularning hursand chehralarini ko’rishning o’zi kifoya”-deydi.

 Ushbu tsexning tashkil etilishi BMT Qo’shma Dasturi doirasida bir nechta davlat tashkilotlari, NNTlar va BMTTD loyihalari (BMT Qo’shma Dasturi va O’zbekiston Biznes Forumi 2 fazasi) hamkorligining mahsuloti bo’lib, aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo’llab-quvvatlashda ijtimoiy xamkorlik va hamjixatlikda yondashishning afzalligini yana bir bor isbotladi. Tadbirkorlik ishlarini boshlash uchun loyiha tomonidan barcha zarurli uskunalar, jumladan tikuv mashinalari, mebel va boshqada jihozlar, bir necha xil matolar olib berildi, shuningdek, ishchilarning bilimlarini oshirishda yordam ko’rsatildi.

Qoraqolpog’iston Respublikasi Nogironlar jamiyati raisi Parshagul Dauletyarova shunday dedi: “Endilikda tikuv ishida biz hammamiz to’liq qatnashganimiz bois o’zimizni  kundan-kunga kamroq nogiron deb his etayapmiz. Xozirgi vaqtda tikuv tsexi eksperimental asosida ish olib bormoqda va u juda yaxshi ishlamoqda hamda ishonchim komilki, yaqin kelajakda bu tsex Qoraqolpog’istondagi eng serqatnov, odamlarga xizmat ko’rsatadigan maskanga aylanadi.

Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushma, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Xotin-qizlar ko’mitasi, Karlar jamiyati, Ishbilarmon ayollar uyushmasi, Qoraqolpog’iston Respublikasidagi fuqarolik jamiyati shaklanishini monitoring qilish mustaqil instituti hududiy bo’limi, BMTning Qo’shma Dasturi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokidagi tsexning tantanali ochilish tadbirida imkoniyatlari cheklangan xotin-qizlar uchun, ishlash va qo’shimcha daromad olishga imkon yaratish muhim va ahamiyatli ekanligi ta’kidlab o’tildi.

Nazira Elibaeva, uzoq vaqt davomida BMTning Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qilib kelayotgan, Qoraqolpog’istondagi Ishbilarmon ayollar uyushmasi (IAU) ijrochi direktori  – “Yangi tsexning tikuvchilari ushbu tashkilot binosida joylashgan kutubxonaga borib, tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha adabiyotlar va video materiallardan foydalanishi mumkinligini va ushbu tsexda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning salohiyatlarini oshirishga doir barcha zarur qo’shimcha yordamga tayyor ekanligin” - ta’kidladi.   

Mamlakat ishchi kuchiga va mahalliy iqtisodiyotga, ushbu birgaliktagi tashabbus kabi, nogironligi bor odamlarning qo’shgan hissasini ta’kidlovchi ko’plab muvofaqqiyatli misollar mavjud. Nogiron odamlarning ijtimoiy sheriklikning roli muhim ahamiyatga ega bo’lgan faravonligni ta’minlashning barcha jabhalarida, jumladan, rasmiy bandlik, daromad toppish loyihalari, ko’nikmalarni orttirish hamda kredit va moliyaviy xizmatlardan foydalanishda ishtirokini qo’llab-quvvatlash muhim hisoblanadi. Qoraqalpog'istonda O'zbekiston Respublikasi Hukumati va BMTning beshta agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan (BMTTD, YuNESKO, YuNFPA, BST, BMTK) "Orol dengizi fojeasidan zarar ko'rgan aholi turmush tarzini yaxshilash" Qo’shma Dasturi 2012 yil Iyun oyidan boshlanib,  shundan buyon dastur tomonidan yuzdan ortiq biznes va ijtimoiy loyihalar qollab-quvvatlandi, ularning 45% ayollar va qizlar tomonidan boshlangan loyihalardir. Bu loyihalar bandlikni va qo'shimcha daromadlarni yaratishni ta'minlash barobarida, ayollarning tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirishga hissa qo'shishi aniq.