O‘zbekiston fermerlari innovatsiyalarni agrar sohaga tadbiq etish yo‘llari bilan tanishdilar

Thu Mar 05 00:00:00 EST 2015

 


Toshkent va Namanganda kuni kecha o‘tkazilgan bir qator seminarlar doirasida mahalliy fermerlar, O‘zbekiston va Makedoniyadagi BMTTDning vakolatxonalari ekspertlari o‘rtasida sermahsul muloqot bo‘lib o‘tdi. Seminar ishtirokchilari qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan ilg‘or innovatsiyalarni namoyish etib, yangiliklarni hayotga joriy etish usullari bilan o‘zaro tajriba almashishdi.

Dunyo aholisining tinimsiz o‘sib borishi natijasida, oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoj ham oshib bormoqda. Global Forum hisobotlariga ko‘ra qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar bo‘yicha 2050 yilga kelib oziq-ovqat ishlab chiqarilishning hajmi 56% ga oshishi lozim.

Tabiiy-ki, “Qanday qilib har bir odamni oziq-ovqat bilan ta’minlab beradigan hamda atrof muhitga salbiy ta’siri kam bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish mumkin?” degan savol tug‘iladi. Seminar ishtirokchilarining fikricha mazkur savolga javob – bu, innovatsion yechimlarni joriy qilishdadir.

Makedoniyadagi BMTTDning Loyiha Menejeri Dimitar Sekovski o‘z ma’ruzasida Prespa ko‘lining havzasida faoliyat yuritadigan xo‘jaliklar misolida o‘g‘itlash va irrigatsiyadagi fermerlarning yondashuvlarini o‘zgarishi haqida aytib berdi. O‘z so‘zida “Asosiy innovatsiya - bu ma’lumotlar almashish yagona negizini yaratilishi va bu orqali atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytiradigan yangi qilshloq xo‘jalik texnologiyalarini joriy qilinishidir” deya ta’kidladi Dimitar Sekovski. Bunga erishi uchun Fermerlar Uyushmasi, agro-kimyoviy laboratoriyalar, zararkunandalar va kasalliklar monitoring tizimi tashkil etildi. Shuningdek, yangi sug‘orish usullari joriy etildi, namunaviy bog‘ yaratildi, treninglar o‘tkazildi, kichik grantlar tashkil qilindi hamda mobil aloqa va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan faol foydalanildi.

- Loyihamiz doirasida joriy etilgan innovatsion yechimlar fermerlar tashabbusi bo‘lganligini ta’kidlash lozim, - dedi Dimitar Sekovski.

Seminar jarayonida yangi “AppleLand” onlayn o‘yin haqida ham ma’lumot berib o‘tildi. Ma’ruzachi ta’kidlashicha, mazkur o‘yin fermerlarga yangi usullarni virtual maydonda oldin sinab ko‘rib so‘ng amaliyotda joriy etish imkoniyatini beradi.

Global ekologik fondining Kichik grantlar dasturining Milliy koordinatori Aleksey Volkov O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaliklarida joriy etilgan innovatsion yechimlarni taqdim etdi. U "nol yer tekislash”, lazer niveliri uskunalari bilan yerni tekislash va boshqa tuproqning unumdorligini va hosildorligini yaxshilash texnologiyalarning samaradorligi haqida gaprib berdi.

Tadbir yakunida Makedoniyadagi BMTTDning Innovatsiya bo‘yicha eksperti Jasmina Belchovska g‘oyalarni innovatsion yechimlarga aylantirish jarayonining bosqichlari haqida taqdimot qildi.

3-4 mart kunlari Namanganda bo‘lib o‘tgan interfaol sessiyalar doirasida 60dan ziyod fermerlar muammolarni aniqlash, innovatsion yechimlarini topish uchun g‘oyalarni taqdim etish uslublari haqida bilimga ega bo‘ldilar. Eng yaxshi g‘oyalar mutaxassislar bilan birgalikda takomillashtirib, amalga oshiriladi. Ushbu maqsadda BMTTDning “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi tomonidan seminarlar o‘tkazish, g‘oyalarni yig‘ish, ularni yanada rivojlantirish hamda amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

- Mening xo‘jaligim katta quruq yer maydoniga ega. U yerda biz paxta va bug‘doy yetishtiramiz, - deydi “Obod Zamin Fayz” xo‘jaligining rahbari Hamidulla Oqilov. – Men uchun hosilni ko‘paytirish juda muhim savol. Shuning uchun ushbu tadbir men uchun juda ahamiyatli bo‘ldi. Ayniqsa, meni yerni tekislash texnologiyalari qiziqtirdi. Kelgusida ular haqida ko‘proq bilib, ularni xo‘jaligimda qo‘llab ko‘rish niyatidaman.

Bugungi muammolar atrof muhit muhofazani ta’minlashda yordam beradigan barqaror qishloq xo‘jalik usullarini tashkil etish va joriy qilishni xususiy sektordan talab qilmoqda. O‘z navbatida, o‘tkazilgan seminarlar qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni rivojlantirishda bilim va tajriba almashish uchun qulay imkoniyat yaratib berdi hamda atrof muhit uchun maqbul texnologiyalar va innovatsiyalarni foydalanishga fermerlar e’tiborini jalb etishda ham muhim qadam hisoblanadi deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mazkur tadbirlar BMTTDning O‘zbekiston va Makedoniyadagi vakolatxonalari hamda “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasining Stambuldagi mintaqaviy vakolatxonasining “Sharq-Sharq” hamkorligi doirasida tashkil etildi.