Imkoniyat.uz: Nogironlar uchun yangi imkoniyatlar

Sun Feb 02 00:00:00 EST 2014

Nogironlar uchun yangi imkoniyatlar, O‘zbekistondagi NNTlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari, insonnni ilhomlantiruvchi va boshqalar uchun namuna bo‘lib  xizmat qiluvchi qahramonlik, matonatlilik haqidagi hikoyalar, qiziqarli ijtimoiy roliklar va boshqa foydali ma’lumotlar endi www.imkoniyat.uz yagona onlayn resursda taqdim etiladi.

O`zbekiston NNTlari maslahat kengashining raisi Oybek Isoqov ta’kidlaganidek, ilgari O‘zbekistonda nogironlarning turli talabalariga javob beradigan internet resusrlar mavjud emas edi. Masalan, ko‘zi ojiz insonlar uchun bunday resurslar bo‘lmagan. Bunday resurslarni yaratishga qaratilgan urunishlar bo‘lgan, ammo turli sabablarga ko‘ra ushbu urunishlar o‘z samarasini bermagan edi.

Bugungi kunda nogironlar ijtimoiy tashkilotlarining inklyuziv jamiyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarini birlashtirish, BMTning “Nogironlar huquqlari tug‘risida”gi konventsiyasini ratifikatsiya qilish jarayoniga va nogironlar muammolarga jamoatchilik e’tiborini jalb etish borasida mazkur vebsayt O‘zbekistonda yagona axborot platformasi bo‘lib hisoblanadi.

Mazkur vebsaytning vazifalari faqat yuqoridagi muammolarni yechish bilangina cheklanmagan. Uning kontsepsiyada har bir kishiga g‘mxo‘rlik qilish va uning talablari, ehtiyojlarini qondirish g‘oyasi ilgari suriladi. Internet-platforma nogironlarga biri-biri bilan muloqot qilish, o‘zaro yordam berish hamda o‘z salohiyatini namoyon qilishga imkoniyat yaratadi.

Shuningdek, mazkur vebsayt to‘siqlardan xolos bo‘lgan jamiyatni shakillantirish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, nogironlar ijtimoiy tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlikni yanada yaxshilashga yordam beradi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, ramziy ma’noda “Imkoniyat” deb nomlangan nogironlar tashkilotlari vebsayti butun dunyo uchun muhim kunlardan biri bo‘lmish3 dekanr - Xalqaro nogironlar kunida ishga tushurildi.

Ushbu vebsayt BMTning “Nogironlar huquqlari tug‘risida”gi konventsiyasini ratifikatsiya qilish yo‘lidagi muhim bir bosqich bo‘lib, u nogironlar ijtimoiy tashkilotlari, BMTTD va BMTning Ko‘ngillilar tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonalari yordamida tashkil etilgan. Mazkur konventsiyada nogironlarni tusiqsiz axborotdan foydalana olishini hamda ular duch kelayotgan muammolarni xolis ravishda OAVda yoritib borishni ta’minlash ko‘zda tutilgan. Konventsiyani ratifikatsiya qilish va kelajakda hayotga tadbiq qilishning muhim shartlaridan biri –Konventsiyaning asosiy talablari, Konventsiya tomonidan ta’minlangan nogironlar huquqlari va  qo‘shimcha himoya mexanizmlari haqida barcha jamiyat qatlamlarini habardor qilishdan iborat.