Grant hamkorligi samaralik bulishi uchun

Fri Dec 19 00:00:00 EST 2014

 

O’zbekistonda 2008-2013 yillar davomida 860 million AQSH dollari miqdoridagi grant mablag’lari jalb qilindi. Oxirgi besh yilda Qzbekistonga kirib kelayotgan texnik yordamlarning umumiy miqdori uch barobarga oshib, 2013 yilda 200.1 million AQSH dollarini tashkil qildi.

Shuni takidlash lozimki, Sog’likni saqlash, Ta’lim, Qishloq Ho’jalik va Suv Resurslarini Boshqarish donor fondlarini jalb qilishda eng dolzarb sectorlar bo’lib qolmoqda va ushbu sohalarga ajratiladigan grant sarmoyalarining yiliga o’rtacha o’sish sur’ati 31 % ni tashkil qiladi.

Bugunga kelib, global miqyosda iqtisodiy integratsiyaning o’sib borishi sabablik, donorlar mablag’larining ahamiyatini oshirmoqda. O’z iqtisodiy potensialini oshirishga, tizimli islohotlar olib borishga va bardavom islohotlarni amalga oshirishga intilayotgan rivojlanayatgan davlatlar, ushbu hamkorlik fondlarini shunday maqsadlarga erishish uchun zaruriy ijtimoiy-iqtisodiy vosita deb hisoblaydilar.

Bundan tashqari, texnik yordam faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga erishish uchun zarur vosita bulib qolmay, u hukumat va rivojlanish hamkorlari orasida ishonch va hamkorlik aloqalari o’rnatish uchun tamoyil bulib ham xizmat qiladi.

Ushbu masalalar Hukumat va Donor tashkilotlari orasida katta darajada o’tkazilgan uchrashuvda muhokama qilingan asosiy tamoyillardan biri bo’lib qoldi. Ushbu uchrashuv 19 dekabr 2014 yilda bo’lib o’tib, Donorlar tashkilotlari bilan kelgusida hamkorlik qilish va O’zbekistonga ajratilayotgan grantlarning samaradorligini oshirish masalalariga bag’ishlandi.

Ushbu uchrashuvni ochishda, O’zbekiston Respublikasi Iqtsodiyot Vaziri Galina Saidova honim uchrashuvning mamlakat rivojlanishi uchun muhim ekanligini ta’kidlab, uning rivojlanishidagi strategik yo’nalishlar haqida o’z fikrlari bilan almashdi. Istiqbolda  O’zbekiston 2030 yilga kelib, daromadi o’rtadan yuqori bo’lgan davlatlar qatoriga kirishni maqsad qilgan va ushbu maqsadga erishish uchun inson kapitalini kuchaytirishga sezilarli sarmoyalar talab qilinadi. Xususan, donorlar hamjamiyati bilan hamkorlik xaqida gapira turib, Saidova honim inson imkoniyatlarini yaxshilashda, sog’liqni saqlash va ta’lim sohalarini Hukumat uchun ustivor sohalar ekanini takidlab o’tdi. Bundan tashqari, qishloq joylarda yer resurslaridan samarali foidalanish va boshqa omillar orqali yashash sharoitlarini yaxshilash masalasi Hukumatning kun tartibidan joy olgani ta’kidlandi.

Davlat ustivor yo’nalishlari qisqacha yoritilhanidan keyin, BMT ning O’zbekistondagi doimiy Koordinatori janob S.Prisner o’rnatilgan ustivor masalalarga doir donorlar hamkorligida yakuniy natijalarni ko’zlash va o’zaro hisobot almashish zarurligi haqida gapirib o’tdi. Hukumat va donorlar orasidagi hamkorlik mexanizmiga qo’shimcha sifatida, janob S.Prisner donorlar orasidagi hamkorlikni UNDAF va BMTning Qo’shma Dasturi orasidagi hamkorlik samaradorligi haqida so’zlab utdi.

UNICEFning O’zbekistondagi doimiy vakili janob R. Fuderichning nutqi davlatlarga mo’ljallangan strategiyalarni amalga oshirishda donor tashkilotlar orasidagi o’zaro hamkorlikning ahamiyatiga bag’ishlandi. Ushbu hamkorlik misoli tariqasida tashkil etilgan Mahalliy Ta’lim Guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan Ta’lim Sohasi Rejasi keltirildi. Ushbu guruh bir asosiy hukumat tashkilotlari bilan birgalikda bir qancha donor tashkilotlarini o’z ichiga olgan bo’lib, birgalikdagi hatti-harakatlar orqali, O’zbekiston Ta’lim buyicha Global Hamkorlik fondidan 49.9 million AQSH dollari miqdorida moliyaviy yordam oldi.

Janob T. Konishi, Osiyo Taraqiiyot Bankining O’zbekistondagi rahbari va GIZning O’zbekistondagi vakili janob T.Bresinaning presentatsiyalarida asosiy e’tibor milliy hamkorlar bilan loyihalarni kelishib amalga oshirish va mamlakat rivojlanishida kelgusida ham birgalikda intilish masalalariga bag’ishlandi.

Rivojlanish bo’yicha hamkorlarning va hukumat vazirliklarining chiqishlari uchrashuvning muhimligini yana bir pog’onaga ko’tardi. Presentatsiayalardan keyingi muhokamalar mamlakat uchun hamkorlik ko’rsatishni muvofiqlashtirish masalalarini yulga qo’yishga bag’ishlandi. Ushbu uchrashuv O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va BMTTDning Tashqi yordam mablag’lari samaradorligini oshirish Loyihasi tomonidan tashkil qilingan bo’lib, uning ishida barcha xalqaro donor tashkilotlari, diplomatik korpus va hukumat idoralari rahbarlari qatnashishdi.

Uchrashuv oxirida qatnashchilar, hukumat va rivojlanish hamkorlari orasidagi muloqotni kuchaytirish maqsadida, mazkur uchrashuvlarni har yili o’tqazib turish zarurligini ta’kidlashdi.