O‘ZBEKISTONDA OIV PROFILAKTIKASI BO‘YICHA XIZMATLAR KO‘LAMI KENGAYTIRILMOQDA

2014 Iyul 16

image

 

OIVga qarshi kurashning samaradorligini ko‘rsatib beruvchi eng muhim omillardan biri OIVga chalinish xavfi ostida bo‘lgan aholi guruhlari orasida profilaktika dasturlarining muvafaqiyatli amalga oshirilishidir. Bugungi kunda O‘zbekistonda BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan va OITS, sil va bezgakka qarshi kurash bo‘yicha jahon uyushmasi tomonidan moliyalashtirilayotgan OIVga qarshi kurash loyihasi doirasida OIVga chalinish xavfi ostida bo‘lgan aholi guruhlari orasida samarador profilaktika dasturlari amalga oshirilib kelib, bunday dasturlar OIV profilaktikasi bo‘yicha ko‘p tomonlama xizmatlarni o‘z ichiga oladi, jumladan, profilaktika vositalari, ma’lumot materiallarini tarqatish, ma’lumot-targ‘ibot tadbirlari hamda dasturning mijozlarini qo‘shimcha tibbiy xizmat olishlari uchun qayta yo‘llash kabi xizmatlar.

Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga ko‘ra, profilaktika dasturlarining samaradorligini oshirish uchun keng ko‘lamdagi model va yondashuvlar, xususan, OIVga chalinish xavfi ostida bo‘lgan shaxslarga o‘z xizmatlarini ko‘rsatadigan muassasalar ichida OIV-testlarini o‘tkazish orqali dastur mijozlari o‘z xohshi bilan OIV-test va maslahatlashuv xizmatlaridan foydalanishga keng imkon ochib berish zarur. Bunday tavsiyalar bir qator mamlakatlarda ushbu epidemiyaning barcha bosqichlarida qo‘llanadi.

BMTTDning texnik yordami bilan “Ishonch kabinetlarida OIV masalalari bo‘yicha maslahatlashuv va tezkor testlarni o‘tkazish orqali mijozlar OIVga chalinganligini aniqlash bo‘yicha milliy protocol” ishlab chiqilib Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlandi. Shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturi respublikaning barcha viloyatlaridan 60 nafar mutaxassislari uchun tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga va shu orqali mazkur Milliy protokolning samarali bajarilishiga o‘z hissasini qo‘shishi ko‘zda tutilgan. BMTTD, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab mutaxassislar uchun o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlarida qo‘llanadigan o‘quv modullarni ishlab chiqishda ham yordam berdi. Xizmatlarni ko‘rsatish jarayoni 2014 yilning avgust oyida boshlanishi rejalashtirilgan. 

Tezkor testlarning “sezgirligi” va aniqligi yuqori bo‘lib, ularni qo‘llash nihoyatda osondir. Tezkor testlarni qo‘llash uchun qo‘shimcha tibbiy uskuna va jihozlarni xarid qilish talab etilmaydi. Va albatta, bunday testlarning eng ustuvor tomoni 15-30 daqiqa ichida tahlil natijalarini ko‘rsataolishidir. Hozirda tezkor testlar BMTTD loyihasi doirasida xarid qilinib respublikaga yetkazib berilgan.

Beshubha, Ishonch kabinetlarida tezkor testlarning qo‘llanishi bu sohadagi xizmatlar dastur mijozlari, ya’ni OIVga chalinish xavfi ostida bo‘lgan aholi guruhlari uchun yanada ochiqroq, ishonchliroq bo‘lishini ta’minlash orqali profilaktika dasturlarining samaradorligini oshirishga yordam beradi. OIVning erta bosqichlarida diagnostika qilinishi antiretrovirus terapiyasini boshlab, OIV bilan yasho‘vchi shaxslarning turmushini yaxshilashga hamda OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishga imkon yaratadi.

BMTTDning OIVga qarshi kurash loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga O‘zbekistonda OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash borasida barqaror va samarali tizim yaratishda yaqindan yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun

Rahima Nazarova, BMTTDning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi profilaktika masalalari bo‘yicha mas’ul mutaxassisiga murajaat qilish mumkin:

e-mail: Rakhima.nazarova@undp.org