BMTning Taraqqiyot Dasturi Navoiy viloyatining ikki mahallasida ichimlik suvi ta'minotida billing tizimini joriy etish bo’yicha kichik loyihani ishga tushirdi

2014 Iyul 10

image


Pastda keltirilgan qiyosiy diagrammada 2010 yil mobaynida   chiqarilgan va iste’molchilarga yetkazib berilgan suv hajmlari aks ettirilgan. Raqamlar taqqosi nasos bilan chiqarilgan suv va iste’molchilarga yetkazib berilgan suv hajmlari o’rtasidagi nomuvofiqlikning sababi nimada degan o’rinli bir savol tug’diradi. Ushbu vaziyat suv ta’minoti tashkilotlari tomonidan suvning hisob-kitobini yuritish masalasini ko’taradi.  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2012 yil 30-noyabrdagi “2013-2015 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora tadbirlari to’g’risida” gi №337 raqamli qarori yuqorida aytib o’tilgan vaziyatga olib keluvchi masalalarni ham yechishga qaratilgan. Ular hisobiga suv ta’minoti xizmatlari uchun haq to’lamaslik holatlarining nafaqat maishiy iste’molchilar balkim ayrim tashkilotlar orasida tarqalganligi masalasi ham kiradi. Aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish va kanalizatsiya xizmatlarini ko’rsatuvchi Suvoqava tashkilotlari faoliyatining shaffofligi va hisobotliligi ta’minlanmaganligi aholidan suv yetkazib berish xizmatlari uchun to’lovlar darajasi pastligining asosiy sabablaridan biridir. Bu tashkilot faoliyatini rejalashtirish, hisobotini ta'minlash va monitoringini olib borishda noto’g’riliklarga olib keladi. Boshqa tomondan, suv ta’minoti xizmatlari eskidan ijtimoiy hisoblanib ular juda arzon narxlarda taqdim etilgan. Shunday qilib, iste’molchilar xizmatlar sifati yomonlashayotgan  sharoitda narxlar o’sishini qiyinchilik bilan qabul qilishmoqda. 


2014 yili BMTTDning ”Zarafshon daryo havzasi uchun suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish va tejash rejasi” (SRIB) loyihasi tarkibida yangi “Navoiy viloyati Karmana tumanida suv ta’minoti xizmatlarining shaffofligi va hisobotliligini kuchaytirish uchun aholiga xizmat ko’rsatishni qo’llab-quvvatlash Markazi” loyihasi ishga tushirildi.  SRIB loyihasining asosiy yo’nalishlaridan biri  Zarafshon daryo vohasida kommunal  xizmatlar  sifatini  takomillashtirishdir.  Ishga tushirilgan kichik loyiha BMTTDning samaradorli rivojlanish bo’yicha Global dasturi tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Navoiy viloyati Karmana tumanida suv ta’minoti xizmatlarining shaffoflik va hisobotliligini oshirish uchun kichik loyiha ikki nafar mahalla va Karmana tuman Suvoqava korxonasi qoshida model sifatida aholiga xizmat ko’rsatishni qo’llab-quvvatlash Markazini yaratishni o’ziga maqsad qilib olgan. Karmana tumani Suvoqava korxonasida uning moliyaviy mustahkamligini  suv yetkazib berish xizmatlari uchun kommunal to’lovlarni yaxshilash evaziga kuchaytirish uchun billing tizimi joriy etiladi. Bundan tashqari kichik loyiha Karmana tuman Suvoqava korxonasining  aholiga sifatli suv ta’minoti xizmatlarini ko’rsatishda imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida o’quv tadbirlarini amalga oshirishni mo’ljallamoqda.

Kichik loyihaga ikkala mahallada yashovchi ichimlik suvi iste’molchilari va barcha manfaatdor tashkilotlar, shu jumladan hokimiyat, IIB, FHDYo, soliq inspektsiyasi va boshqalar jalb qilinadi.

Navoiy viloyati Karmana tumanida 2014 yilning 20 martida bo’lib o’tgan kirish seminarida olingan fotorasmlardan foydalanildi.