Inson taraqqiyoti masalalari bo’yicha mutaxassislar maktabi

2014 Iyun 10

imageBMTTD O‘zbekistonda - Inson Taraqqiyoti konsepsiyasi bo‘yicha Yozgi maktab

Toshkent shahrida yashovchi 41 yoshar Nodira Jonibekova Toshkent Davlat universitetida “Milliy istiqlol g‘oyasi va falsafa” predmetidan dars beradi. Uning predmeti bo‘yicha tahsil oluvchi talabalar nafaqat katta hajmdagi statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, balki bu ma’lumotlar asl hayotda nimani anglatishi, ularning tub ma’nosini tushinish muhimdir. 

Shu yili qadim Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonda Inson taraqqiyoti konsepsiyasi bo‘yicha yozgi maktabda Nodira Jonibekova va 20 nafar talaba, o‘qituvchi va mutaxassislar salmoqligina bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. 

25-yundan to 27-iyun qadar bo‘lib o‘tgan uch kunlik maktab ishtirokchilari, jumladan maktab mashg‘ulotlariga ilk bora qatnashayotgan ishtirokchilar ham, avvalgi maktab ishtirokchilari ham Inson taraqqiyoti konsepsiyasi va uni O‘zbekistonda hayotga tadbiq etish borasidagi bilim va salohiyatini oshirishga muvoffiq bo‘lishdi. Dasturda ko‘plab talabalar, oliy o‘quv yurtlari professorlari va mutaxassislar ishtirok etib, keng ko‘lamdagi masalalar bo‘yicha fikr almashdi. 

BMT tomonidan butun dunyo bo‘ylab mamlakatlarning rivojlanish darajasini baholash maqsadida qo‘llanadigan Inson taraqqiyoti konsepsiyasi mamlakatning taraqqiyoti uning iqtisodiy ko‘rsatkichlarigina emas balki har bir fuqarosining farovonlik darajasini inobatga olgan holda baholash lozim degan tamoyilga asoslangan. Ushbu nuqtai nazardan, Inson taraqqiyoti konsepsiyasi har bir fuqaro o‘z baxtiga erishishi uchun bir qator shart-sharoit va imkoniyatlar bilan ta’minlanishi darkor degan g‘oyani o‘z ichiga oladi. 

2015 yil, ya’ni BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish uchun belgilangan muddat yaqinlashayotgan sari O‘zbekiston uchun har bir fuqaroning hozirgi va kelajakdagi farovon hayotini ta’minlash pirovard vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu sababli Nodira Jonibekova kabi yosh mutaxassislar Inson taraqqiyoti konsepsiyasini yaxshi tushunishi va uni o‘zining ish faoliyatida qo‘llashi nihoyatda muhimdir. 

- Maktab davomida bizning guruhimiz aholi orasida kam ta’minlangalik darajasini pasaytirish hamda oziqlanish sifatini yaxshilash kabi masalalarning yechimini topish va biz “Devinfor” dasturi yordamida tahlil qilib chiqqan ma’lumotlarga asoslanib mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va aholining kam ta’minlanganlik darajasi o‘rtasidagi bog‘liqliklarni ko‘rsatib berishga muvaffaq bo‘ldik, - dedi Nodira Jonibekova mashg‘ulotlar paytida. 

- Biz mashg‘ulotlar davomida O‘zbekiston BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish salohiyatiga egaligi hamda O‘zbekistonda inson taraqqiyotini ta’minlashga mustahkam zamin bo‘lib xizmat qiluvchi shart-sharoitlar mavjudligini bilib oldik. Albatda, biz olg‘a yurishimiz, yanada ko‘proq yutuqlarga erishishimiz lozim bo‘lsada, O‘zbekistonda aholi farovonligini oshirish maqsadida ko‘p ishlar qilinayotganligidan g‘ururlanishimiz mumkin. 

Mamlakat miqyosida rivojlanish darajasini baholash texnologiyalari haqida ma’lumot berishdan tashqari, mashg‘ulotlar davomida ko‘p hollarda o‘zbek jamiyatida muhokama qilinmaydigan masalalar bo‘yicha ham fikr-mulohaza qilindi. Xususan, dastur ishtirokchilari gender teng huquqligi kabi masalalar bo‘yicha o‘z fikr va qarashlarini bir-biri bilan baham ko‘rishdi. 

- Inson taraqqiyoti konsepsiyasi bo‘yicha maktab uning ishtirokchilari, ayniqsa yosh ishtirokchilari uchun nafaqat o‘z bilimlarini oshirish, balki hozirgi kunda dolzarb bo‘lib hisoblangan masalalarni chuqurroq o‘rganish, tahlil qilish va tushunish imkonini beradi, - deb ta’kidladi maktab muvofiqlashtiruvchisi va avvalgi maktablar ishtirokchisi Abbos Sulaymanov. 

- Men O‘zbekistonda ayollarining huquq va imkoniyatlarini kengaytirish va ularning jamiyatdagi rolini kuchaytirish masalalari bo‘yicha guruh a’zosi edim. Muhokamamiz nihoyatda sermazmun va samarador bo‘ldi, ko‘plab yangi, o‘ziga xos amaliy g‘oya va fikrlar taklif etildi

Mashg‘ulotlar tugashi bilan ishtirokchilar o‘z uylariga, mahallalariga qaytib kelib maktabda orttirgan inson taraqqiyoti masalalari borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oila a’zolari va do‘stlari bilan baham ko‘rishdi. Bilim almashinuvini rag‘batlantirish maktabimizning eng muhim natijalaridan biri deb hisoblaymiz, - dedi maktab muvofiqlashtiruvchisi Anton Kostyuchenko.

- Yozgi maktablarning asosiy maqsadi shaxsni rivojlantirish orqali jamiyatni rivojlantirishga erishishdir, - dedi Anton Kostyuchenko, - Men ushbu mashg‘ulotlarda uch marotaba ishtirok etdim – avval o‘quvchi sifatida, hozir esa muvofiqlashtiruvchi sifatida qatnashayapman. Olgan bilimlarimni boshqalar bilan ham baham ko‘rdim. Ishonchim komil, keyingi yillarda hozirgi mashg‘ulot o‘quvchilari ham orttirgan bilimlarini o‘z tengdoshlari bilan baham ko‘rishadi.

BMTTD O‘zbekistonda Inson taraqqiyoti konsepsiyasi bo‘yicha o‘zining qishgi va yozgi maktablarini 2010 yildan beri olib boradi va unda 387 nafar o‘quvchi (shundan 173 nafar xotin-qizlar) ishtirok etib kelmoqda. Mazkur maktab O‘zbekistonda Inson taraqqiyoti konsepsiyasi haqida jamoatchilikni xabardor qilishning nihoyatda muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. BMTTDning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi veb-saytidagi “Inson taraqqiyoti konsepsiyasi” sahifasiga kirib, O‘zbekistonda mazkur jabhada erishilgan yutuqlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.