Inklyuziv biznes: hamma g’alaba qozona oladigan imkoniyat!

2014 Mart 5

image

Hozirgi kunda kompaniyalar yanada faol, innovatsion va o’zgarishlarga moslashish yo’llarini izlashmoqda va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga katta potensial esa odatda uni izlanmaydigan joyda ya’ni aholining kam daromadli qatlami orasida bo’ladi. Bu esahozirda mutahassislaring qiziqishini orttirib borayotgan ‘Inklyuziv Biznes’ tushunchasini paydo bo’lishiga olib keldi.

Inklyuziv biznes modellari biznes boshqarishning noyob usullarini taqdim etadi, qaerdaki ishtirok etadigan hamma tomonlar g’alaba qozonadi. Kompaniyalar uchun inklyuziv biznes modeli - bu o’sish va raqobatdosh ustunlikka ega bo’lish imkoniyati. Davlatlar uchunesa inklyuziv biznes umumiy ijtimoiy-iqtisodiy o’sish va rivojlanishga samarali usulni o’z ichiga oladi. Va nihoyat, aholi uchun inklyuziv biznes modellari yahshi hayot, ijtimoiy integratsiya, bandlik va yashashga yetarli darajada bo’lgan mablag’ manbasi bo’lib xizmatqiladi.

Qoidaga ko’ra, ilk bora Barqaror Rivojlanish uchun Jahon Tadbirkorlik Kengashi (World Business Council for Sustainable Development) tomonidan kiritilgan ‘Inklyuziv biznes’ tushunchasi faoliyatini aholining kambag’allik darajasini kamaytirishga va aholiga foydakeltirishga, shuning bilan birga tijoriy foyda qilishga qaratgan tashkilotlarga tegishli. Shunday qilib, uning notijorat va muruvvat tashkilotlaridan farqi shundaki, inklyuziv biznesda kompaniya foydaga ham ega bo’ladi. Va, inklyuziv tashkilotlar oddiy muruvvatqolipidan chiqqan holda ijtimoiy muammolarning barqaror yechimlarini topadi, mahsulot va hizmatlarni arzon qiladi, hayot darajasini oshiradi, kam daromadli aholi uchun imkoniyatlar yaratadi va shu bilan birga o’ziga moliyaviy foyda va daromadga ega bo’ladi.

‘Inklyuziv biznes’ tushunchasini yana batafsilroq muhokama qilganda, savol tug’iladi: oddiy biznesni inklyuziv qilish uchun nima talab qilinadi? Javoblardan biri bu aholini zaif qatlamini ishlab chiqarish-savdo tizmasiga qo’shish. Shu yo’l bilan, aholining kam daromadliqatlami kompaniyaning bir qismi, masalan hamkasb, mahsulot ta’minotchi, distribyutor, chakana savdogar yoki xizmat ko’rsatuvchi sifatida bo’lishga imkoniyatga ega bo’ladi. Inklyuziv biznesni yaratishning yana bir usuli bu muhtoj odamlarga bevosita kerakbo’ladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish. Bunda kompaniyalar o’z faoliyatini aholining zaif va kam daromadli qatlamini asosiy vositalarga va birinchi zarurat buyumlariga, masalan, suv ta’minoti, sanitariya, yashash joyi va sogliqni saqlashga bo’lgan imkoniyat bilanta’minlashga yo’naltiradi.

Dunyoda muvaffaqiyatli inklyuziv tashabbuslarga misollar ko’p. Masalan, L'Oréal korporatsiyasi – mashxur go’zallik va sog’liq uchun kerakli bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi “Solidarity Sourcing” modeliga asos solgan. Bu model ishlab chiqarish-savdo tizimiorqali amalga oshiriladi. Buning natijasida 2012 yilda 15000 aholi, kichik va o’rta bizneslarni ichiga olgan holda, bu programmadan foyda ko’rishgan. Ishga joylashish va o’qish imkoniyati qimmatli malaka va kasbga ega bo’lishga intiladigan zaif insonlar va yoshlaruchun ochiq bo’lgan.