Richard Konroyni (1947-2004) xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

2014 Yanvar 13

imageBMTTDning O‘ZBЕKISTONDAGI VAKOLATXONASI

2004 yilning shu kunida BMTning ilgarigi Bosh kotibi Kofi Annan Richard Konroy vafotidan keyin BMT tizimidagi yo‘qotish hissini ifodalab berdi. “Richard nafaqat o‘z ishiga behad sodiq, iste’dotli hamkasabamiz, balki nihoyatda insofli, halol inson edi, - deb e’tirof etgan edi janob Annan, - Uni bilib, u bilan ishlash biz uchun katta baxt edi”. 

O‘zining Hindiston, Shri-Lanka va Xitoydagi faoliyatidan so‘ng Richard Konroy BMTning Doimiy vakili lavozimini qabul qildi. O‘shanda 2001 yil 11-sentyabrda sodir etilgan terrorchilik aktlaridan keyin 2 hafta o‘tgan edi. Richard o‘z lavozimini egallagach Afghoniston va qo‘shni mamlakatlarda yuzaga kelgan muammolarni yechishda o‘zining xizmatlarini ayamadi. O‘zining halolligi va fidoyiligi, sammimiyligi, saxiyligi hamda doim ko‘tarinki ruhda bo‘lishi va, qolaversa, Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak maqsad va g‘oyalariga sodiqligi bilan Richard BMTning O‘zbekistondagi faoliyati muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga ko‘p yillar davomida o‘z hissasini qo‘shib keldi. 

Uning shijoati va dadilligi tufayli BMTTD Afghonistonga “Do‘stlik Ko‘prigi”ni qurishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur Ko‘prik O‘zbekistonning davlat chegarasida joylashgan Termiz shahrida qurilib u orqali Afghoniston xalqining mushkul damlarida unga muhim gumanitar yordam o‘tkazildi. U BMTning O‘zbekistondagi butun jamoasiga bosh bo‘lib mazkur dolzarb ishning muvaffaqiyatly amalga oshishiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shib keldi. Richard aynan Termizdagi missiyasidan qaytib kelayotgan vaqtida hayotdan ko‘z yumgani taqdirning eng achchiq, eng shavqatsiz haziliga aylandi. 

Bugun BMT va BMTTDning O‘zbekistondagi Doimiy vakili Stefan Prisner, BMTTD Doimiy vakilining o‘rinbosari Yako Silliers va BMTning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi xodimlari ishtirokida Richard Konroyning Toshkent shahrida joylashgan mozori yonida uni xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

BMT tizimi barcha xodimlari, ko‘p yillik xalqaro va milliy hamkorlarini Richard Konroy va uning qilgan mehnatlarini hurmat bilan esga olishga chaqiradi. Richard Konroyning oilasiga o‘zimizning eng samimiy ta’ziyamizni bildiramiz.