BMTTD va Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo`mitasi O`zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

2013 Dekabr 13

imageBMTTDning O‘ZBЕKISTONDAGI VAKOLATXONASI

2013 yilning 29 noyabr kuni yangi “Davlat xizmatlarini sifatini yaxshilash uchun elektron hukumatni rivojlantirish” qo`shma loyihasini baholash yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo`mitasi (AATTDavQo`m) va O`zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi vakillarining yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Oxirgi paytlarda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish O`zbekiston oldida turgan ustuvor vazifalardan biri bo`lib qolmoqda. Buning yaqqol dalili sifatida barcha davlat boshqaruvi sohalarida axborot kommunikatsion texnologiyalar (AKT)ni bosqichma-bosqich tatbiq qilish bo`yicha sezilarli islohotlarni ko`rsatib o`tish mumkin. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov 2013 yilning yanvarida o`tkazilgan Hukumatning kengaytirilgan majlisida so`zga chiqib, AKT sohasidagi chora tadbirlar va loyihalarni amalga oshirishning tezlashtirilishi muhimligini alohida taъkidlab o`tdi. Xususan, qisqa muddat davomida nafaqat interaktiv axborot xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha kamchiliklarni bartaraf qilish, balki mamlakatda AKTni qo`llash darajasi bo`yicha ilg`or mamlakatlar darajasiga ko`tarilishga alohida urg`u berildi.

BMTTD taraqqiyot sohasida BMT ning global tarmog`i hisoblanadi. U dunyoning ko`p mamlakatlarida barcha darajalardagi demokratik jarayonlarni mustahkamlash maqsadida AKTdan samarali foydalanishni yoqlaydi va fuqarolarga axborot uchun keng yo`l ochib beradi, bu bilan esa ularga qarorlar qabul qilishda ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi. Shu ma`noda BMTTD “Elektron hukumat” tizimi, jumladan elektron boshqaruv, elektron xizmatlar ko`rsatish va kishilar, xususan jamiyatning kam ta`minlangan qatlamining manfaati yo`lida elektron ishtirokni joriy qilishni faol qo`llab-quvvatlaydi. 

O`zbekistondagi BMTTD doimiy vakilining o`rinbosari Yako Silliers “O`zbekistonda BMTTD zamonaviy tajriba va namunaviy loyihalarni joriy qilish orqali e-Hukumatning rivojlanishiga katta hissa qo`shmoqda. Ushbu sohadagi navbatdagi qo`shma loyihani amalga oshirish davlat boshqaruvi tizimida AKTni tatbiq qilishning yangi istiqbolli yo`nalishlarining rivojlanishiga yordam beradi va hamkorlik uchun mustahkam asos yaratadi”, - deya ta`kidlab o`tdi.

Elektron hukumat bo`yicha mazkur qo`shma loyiha o`z faoliyatini 2014 yilning yanvaridan boshlaydi va 2016 yilning dekabrigacha davom ettiradi. Loyiha uchun ajratilgan umumiy byudjet miqdori 1 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Qo`shma loyihaning asosiy yo`nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi: 

• Davlat onlay-xizmatlarini ko`rsatishni takomillashtirish;
• Idoralararo e-Hukumat faoliyatni yaxshilash va reinjiniring biznes-jarayonlarning samarali mexanizmlarini joriy qilish;
• “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazini qo`llab-quvvatlash yo`li bilan e-Hukumatning institutsional rivojlanishini mustahkamlash. 


Yuqorida ta`kidlangan yo`nalishlarni amalga oshirish doirasida interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali (IDXYAP)ni yanada rivojlantirish, “Elektron hukumat to`g`risida”gi yangi qonun loyihasini ishlab chiqishga ko`maklashish, idoralararo o`zaro faoliyat tizimini mustahkamlash, davlat xizmatchilari, shu jumladan O`zbekistonda e-Hukumat tizimini joriy qilishni tezlashtirish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiquvchi “Elektron hukumat”ni rivojlantirish Markazining salohiyatini oshirish ko`zda tutilmoqda. 

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, qo`shma loyihani amalga oshirish bo`yicha hamkorlar sifatida BMTTD, «UZINFOCOM» DUK, «UNICON.UZ» DUK, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, AT bo`yicha korxona va tashkilotlar uyushmasi, “CIB Group» kompaniyasi, «BePro» dasturchilar markazi, «O`zbektelekom» AK, MTRK va boshqalar faoliyat ko`rsatadilar.

Contacts UNDP in Uzbekistan
Media inquiries

Phone: +998 71 1203450 ext. 182

registry.uz@undp.org

Fax: +998 71 1203485

 

General inquiries