Mehnat Bozori - Yagona ma`lumot tizimi

2013 Dekabr 10

imageBMTTDning O‘ZBЕKISTONDAGI VAKOLATXONASI

Bugun O'zbekiston Milliy matbuot markazida Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining hamkorlikda ishlab chiqilgan aholini ijtimoiy muxofaza qilish va bandligini ta'minlash sohasida yangi ma'lumot-kompyuter texnlologiyalari mavzusida qo'shma matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining hamkorlikda “Bandlikni ta'minlashda ijtimoiy hamkorlik” loyihasi tomonidan “Mehnat bozori” Yagona Ma'lumot Tizimi (YaMT), ish o'rinlari va mutahassis kadrlar ma'lumotlarini joylashtirish va qidirish onlayn tizimi, shuningdek O'zbekistondagi ijtimoiy xizmatlarning interaktiv xaritasi kabi bir qator dasturlar ishlab chiqish va amaliyotga taqdim etilsh ishlari amalga oshirildi.

Mehnat bozori” YaMT vazirlikki 193 ta tuman va shaxar bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muxofaza qilish va ta'minlash markazlari (BKAIMQ) faoliyatlarini monitoringini olib borish, real vaqtda javoblar va statistik ma'lumotlar olish imkonini beradi. Bo'sh va zahiralangan ish o'rinlari, shuningdek bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muxofaza qilish va ta'minlash markazlari tomonidan jamlangan ish qidiruvchilar to'g'risida ma'lumotlar real vaqtda onlayn tizimida ko'rinadi. Ma'lumotlar har oyda yangilanib boriladi. Hozirgi kunda tizimda 74 074 bo'sh ish joylari va ish qidiruvchilarining 43 397ta rezyumelari jamlangan.

“Ijtimoiy xizmatlarning interfaol xaritasi”ning ma'lumotlar bazasiga Vazirlik tizimida mavjud barcha ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar haqidagi ma'lumotlar kiritilgan. Bundan tashqari, ma'lumotlar bazasi o'ziga Fuqarolik jamiyatini shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti bilan hamkorlikda jamlangan va tizimlangan mamlakatimizda ijtimoiy xizmat taqdim etuvchi 400 dan ortiq NNT to'g'risidagi ma'lumotlar kiritilgan. Tashkilotlar faoliyatlari va ularning xizmatlari sifati to'g'risida fikrlar qoldirish mumkin.

Stefan Prisner, BMT ning Doimiy Muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot Dasturning O'zbekistondagi vakolatxonasi doimiy vakili:

– Ish o'rinlarini joylashtirish va qidiruv tizimi (www.labor.uz) “Bandlikni ta'minlashda ijtimoiy hamkorlik” loyihasi ko'magida tashkil etilgan. Tizim vazirlik tomonidan Internet orqali jamlangan mamlakatdagi barcha bo'sh ish o'rinlari to'g'risidagi ma'lumotlarni aholi uchun ko'ra olish imkonini beradi va ish qidiruvchining ish qidiruv jarayonida vaqtlari va resurslarini iqtisod qilishda ko'maklashadi. “Mehnat bozori” yagona ma'lumot tizimini ishlab chiqish va tadbiq etish uchun qariyb 40 ming AQSh dollari sarflandi. Shu paytga 45 ming kishi o'z rezyumelarini joylagan xolda vaqti va mablag'ini tejadilar. Endi ularga Bandlik markalariga shaxsan borish zaruriyati qolmadi.

Aktam Xaitov, O'zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish Vaziri:

– Tashkil etilgan Mehnat bozori” Yagona Ma'lumot Tizimining asosiy vazifasi – Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi va uning 193 ta xududiy bo'linmalarini bandlikka ta'minlashga samarali ko'maklashish va aholini ijtimoiy muxofaza qilish faoliyatini avtomatizatsiyalashtirish, shuningdek bandlikni ta'minlash sohasida bashqaruv qarorlari ishlab chiqishni muvaofiqlashtirish va ma'lumot ko'magi bilan ta'minlash bo'lgan “Mehnat bozori” yagona ma'lumot tizimini BMTTD bilan muvofaqiyatli hamkorlikka yana bir misol bo'la oladi.