Iker Kasilyas O`zbekistonda yoshlarni ko`ngillikka jalb qilmoqda

2013 Dekabr 5

imageBMTD

5 dekabr Xalqaro Kơngillilar Kuni bayram qiladigan kun hisoblanadi. Bu yilgi BMTning Ơzbekistonda kơngillilikka rag’batlantirish aksiyasiga taniqli darbozabon, Real Madrid va Ispaniya futbol terma jamoasi kapitani, hamda BMTTDning Mingyillik Rivojlanish Maqsadlari doirasidagi  Ezgu  Niyat Echisi Iker Kasilyasning shaxsan ơzi qơshildi. "Maydonda mening vazifam nishonlarga tơsqinlik qilish bơlsa, BMTTDa esa nishonga urishga yordam berish", deydi Iker Kasilyas o’zining Ezgu Niyat  Echisi sifatidagi vakolati haqida.

Ơzbekistondagi yoshlarga muroja’t qilingan targ’iboti orqali, Iker Kasilyas ularni ơz jamiyatlarida kơngillilar sifatida faoliyat yuritishga va boshqalarga yordam berishdan faxrlanishga rag’batlantirmoqda. "Men kơngillilardagi ishtiyoq, kuch va sodiqlikka havas qilaman, deydi Kasilyas, kơngillilik "sizga ham shaxsiy va ham professional rivojlanishga yordam beradi" deb qo’shib quydi.

Rivojlanish istiqboli nuqtai nazardan, yoshlarning har saviyadagi jarayonlarda ishtirok etishi ularning huquqlari himoya qilinishida, ovozi e'tiborga olinishida, avlodlararo ilm-ma'rifatning davomiyligini ta'minlashda, ơzlarining hayoti va jamiyatlarida ijobiy transformasion o’zgarishni qơllab-quvvatlash uchun innovasion va ijodiy fikrlashni rag’batlantirishda muhim bir rol  o’ynaydi.

Ơzbekiston jamoaviy ơzaro yordam tashabbuslarining boy bir merosiga egadir. Biroq, kơngillilikka qiziqqan yoshlar uchun tegishli imkoniyatlar tơg’risida etarli ma'lumot yơq. Xalqaro Kơngillilar Kuni doirasida "Ơzbekistonda ijtimoiy innovaеsiya va kơngillilik" loyihasi (BMTK va BMTTD Demokratik boshqaruv jamg’armasi tomonidan moliyalashtirilgan) ijtimoiy innovasiya va kơngillilikka bag’ishlangan "I Act Uzbekistan" (www.iact.uz) milliy veb-saytni ishga tushirmoqda.

Milliy veb-sayt kơngillilik va ijtimoiy innovasiya qanday ơzgarish olib kelishi mumkinligi, tinchlik va rivojlanishga qay darajada hissa qo’shishini ơrganishni istaydigan, shuningdek jamiyat taraqqiyotida ơz hissasini qo’shib,fikr va g’oyalar almashinuvida va innovasion loyihalarida faol ishtirok  etmoqchi bơlgan yoshlar uchun mo’ljallangan ơzaro almashinuv maydonidir. Veb-saytining eng muhim xususiyati ơz g’oya va loyhalarini amalga oshirishda yordamga muhtoj bơlgan tashkilotlar, uyushmalar va NDTlar bilan birga dolzarb masalarni hal etishda ơzlarining vaqt va tajribalarini ayamaydigan kơngillilarni saralab olishdir. Qisqacha qilib aytganda, www.iact.uz kơngillikka intilgan lekin buni qanday va qayerda amalga oshirishni bilmagan yoshlar uchun yechimdir.

Endi www.iact.uz sayti bilan, kơngillilik va ijtimoiy innovasiyaga qiziqish bildirgan yoshlar Iker Kasilyasning murojaatini ko’rish va kơngillilikda bevosita ishtirok etish imkoniyatlari tơg’risida ma'lumot olishlari mumkin.

Biz hammani Xalqaro Kơngillilar Kuni bayrami munosabati bilan bizga qơshilishga taklif etamiz va faollikka da’vat etamiz.

Contacts UNDP in Uzbekistan
Media inquiries

Phone: +998 71 1203450 ext. 182

registry.uz@undp.org

Fax: +998 71 1203485

 

General inquiries