Qoraqalpog`istonda Ko`ngillilar harakatini tashkil etish sari qadamlar

2013 Dekabr 3

imageBMTTDning O‘ZBЕKISTONDAGI VAKOLATXONASI

2013 yil 3 dekabr kuni Xalqaro Ko’ngillilar Kuni bayrami arafasida Nukus shahrida BMTning “Orol fojiasidan zarar ko’rgan aholi turmush tarzini yahshilash” Qo’shma Dasturi tomonidan Qoraqalpog’istonda ko’ngillilar harakatini tashkil toptirish va bu yo’nalishdagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda hamkorlikni rivojlantitrish masalalariga bag’ishlangan davra suhbati uyushtirildi. Qo’shma Dastur doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasining Muynoq, Shumanoy, Qorauzak, Kegeyli va Nukus tumanlairda aholining sil va boshqada o’pka kasalliklarini oldini olish haqidagi bilimlarini oshirish maqsadida 1500 nafar ko’ngillilar o’qitilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda ishtirok etishlari uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Xamshiralar assosiasiyasi, Xotin-qizlar qo’mitasi, “Mahalla” fondi, oliy ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, BMTTD va BMTK hamda loyihadagi maqsadli tumanlar vakillari taklif qilindi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar diqqatiga ko’ngillilar harakati, Qoraqalpog’iston Respublikasida ko’ngillilar faoliyatining tarixi, aholining sil va boshqada o’pka kasalliklarini oldini olish haqidagi bilimlari va unga muhtojlik darajasini o’rganish maqsadida o’tkazilgan tadqiqot natijalari, Qoraqalpog’istonda sil va uning dorilarga chidamli turi holatlari haqida ma’lumotlar taqdim qilindi.

Istirokchilar tomonidan ko’ngillilar harakatini tashkil toptirish konsepsiyasining asosiy maqsad va vazifalari, ya’ni joylarda jamoatchilik ko’ngillilarini tayyorlash va o’qitish, yoshlarni va oily ta’lim muassasalari talabalarini, boshlang’ich tibbiy xizmat xodimlari va mahalla faollarini ko’ngillilar faoliyatiga jalb qilish, ma’lumotlar bazasini yaratish hamda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.  

Shuningdek, ular kichik guruhlarda o’tkazilgan amaliy mashg’ulotlar natijasida ko’ngillilar va tashabbus guruhlarining roli va vazifalari, belgilangan vazifalarni bajarish mexanizmlari, ko’ngillilarni rag’batlantirish, ma’lumotlar bazasini yaratish va unga qanaqa ma’lumotlarni joylashtirish masalalarida o’z takliflarini taqdim qilish imkoniga ega bo’ldi.

Sog’liqni saqlash va boshqada xizmat ko’rsatish sohasidagi, ayniqsa qishloq joylardagi muammolarni echimini topishda jamoatchilik ko’ngillilarini jalb qilish dunyo mamlakatlarida keng tarqalg’an tajiribalardan biri. Qoraqalpog’iston Respublikasida 2009 yildan buyon bu kabi ishlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan samarali amalga oshirilib kelinmoqda. Bu boradagi ishlarni mahalliy hukumat va NNTlar bilan hamkorlikda amalga oshirish Orol fojiasidan zarar ko’rgan Qoraqalpog’iston aholisining turmush tarzini yaxshilashning istiqbolli asosidir.

Contacts UNDP in Uzbekistan
Media inquiries

Phone: +998 71 1203450 ext. 182

registry.uz@undp.org

Fax: +998 71 1203485

 

General inquiries