To‘siqlarni bartaraf etib eshiklarni ochaylik. Barcha uchun ochiq bo‘lgan jamiyat quraylik

2013 Dekabr 3

imageBMTTDning O‘ZBЕKISTONDAGI VAKOLATXONASI

BMT Bosh kotibining Xalqaro Nogironlar kuniga bag‘ishlangan murojaati

Oramizda 1 milliarddan oshiq kishi nogirondir. Nogironlar jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga to‘sqinlik qilayotgan, shunigdek ularning kamsitilishi va “tamg‘alanishi”ga olib kelayotgan barcha omillarni bartaraf etishimiz lozim.

Sentyabr oyida Bosh Assambleyaning nogironlik va davlatlar rivojlanishi masalalariga bag‘ishlangan yoqori darajadagi yig‘ilishida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlar imkoniyatlari cheklangan insonlar jamiyatdan uzoqlashishi oqibatida yuzaga keladigan muammolari muhokama qilishdi. Ushbu muammolar nafaqat bu insonlarning hayotiga, balki butun jamiyat rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. BMTga a’zo bo‘lgan davlatlar taraqqiyotga erishishga qaratilgan xalqaro va milliy miqyosdagi sa’y-harakatlarini amalga oshirishda nogironlarning manfaatlarini inobatga olishni o‘zining ustuvor vazifalaridan deb hisoblashini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi. BMT tizimi davlatlarning ushbu sa’y-harakatlarini bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlaydi. Davlatlar infratuzilmasi va xizmatlar sohasi rivojlanish jarayonida barcha insonlarning ishtirok etishiga yordam berishini ta’minlash yo‘lida yanada ko‘proq sa’y-harakat qilishimiz darkor.

Bunda esa nogironlarning manfaati va huquqlariga aloqador jarayonlarda imkoniyatlari cheklangan insonlarning ishtiroki uchun qulay sharoitlarni yaratish nazarda tutiladi. Ushbu maqsadda biz BMTning markaziy muassasalarida BMT markazini tashkil etmoqdamiz. Men BMT tizimidagi boshqa barcha tashkilotlarni hamda hamkorlarimizni xuddi shunday BMT markazlarini joriy etishiga da’vat etaman.

Ushbu Xalqaro Nogironlar kunida men BMTga a’zo bo‘lgan barcha mamlakatlarning hukumatlari, ishbilarmon ahli va fuqarolik jamiyatini nogironlar oldida turgan barcha to‘siqliklarni bartaraf etib ular o‘z salohiyatini amalga oshirishi uchun barcha eshiklarni ochib berishiga chaqiraman. Barcha uchun ochiq bo‘lgan jamiyatimizni birgalikda quralylik.