Markaziy Osiyo mamlakatlarining davlat chegarasini qo`riqlash idoralari xodimlari uchun o`tkaziladigan kinologiya bo`yicha o`quv kurslari yakunlandi

2013 Noyabr 29

imageBMTTDning O‘ZBЕKISTONDAGI VAKOLATXONASI

Bugun Davlat Bojxona qo‘mitasining Milliy Kinologiya markazida Qozoqston, Qirg‘izston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlat chagarasini qo‘riqlash idoralari kinologlarining kasbiy ko‘nikmalarini yanada yaxshilashga qaratilgan mintaqaviy o‘quv kurslarining yakunlanishi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yevropa Ittifoqi va BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan Markaziy Osiyoda chegaralar boshqaruviga ko`mak dasturi (BOMCA) doirasida hamda Migrasion siyosatini ishlab chiqish xalqaro markazi tonomidan 20 ta kinologga mo‘ljallangan o‘quv kursi itlarni giyoh va portlo‘vchi moddalarni topish bo‘yicha tayyorlash borasida kinologlarning kerakli amaliy va nazariy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.            

O‘quv kurslarining yopilishi marosimida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi raisining muovini Shukurov G., Yevropa Ittifoqining O‘zebkistondagi vakolatxonasi Siyosat, matbuot va ma’lumot masalalari bo‘yicha bo‘lim boshliq’i Shimek O., BMTTDning O‘zbkistondagi doimiy vakilining o‘rinbosari Yako Silliers hamda boshqa davlat idoralari va O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Kinologik markazlari boshliqlarining beshinchi mintaqaviy uchrashuvi shuningdek Yevropa Ittifoqi va BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan Markaziy Osiyoda chegaralar boshqaruviga ko`mak dasturi (BOMCA) doirasida ham O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasining Milliy Kinologiya markazi bazasida tashkil etildi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarining chegara xizmatlari, bojxona idoralari hamda noqonuniy giyoh savdosiga qarshi kurash tashkilotlarining kinologiya xizmatlari vakillari xizmat itlarini tayyorlash borasida bir-biri bilan tajriba almashib, kinologlarni giyoh va portlovchi moddalarni fosh etish sohasidagi tayyorgarlini oshirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, ular Kinologiya xizmatlari boshliqlarining muvofiqlashtiruvchi kengashini tashkil etish imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohaza almashdi.

BOMCA dasturi oldiga qo‘yilgan vazifalar Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash hamda qonuniy savdo va tranzitni qo‘llab-quvvatlashdan, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarining noqonuniy kesib o‘tilishining oldini olishdan iboratdir.

BOMCA dasturi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilib BMTTD va Migrasion siyosatini ishlab chiqish xalqaro markazi tomonidan amalga oshiriladi.    

Batafsil ma’lumot uchun BOMCA dasturining O‘zbekistondagi rahbari Alfiya Musinaga (998 71) 120 68 93 telefon raqami hamda / yokialfiya.musina@undp.org elektron pochta manzili orqali murojaat etishingiz mumkin.

Contacts UNDP in Uzbekistan
Media inquiries

Phone: +998 71 1203450 ext. 182

registry.uz@undp.org

Fax: +998 71 1203485

 

General inquiries