Mo‘ynoqda «Qaraqalpaq sheberi Manzura» yangi ijtimoiy korxonasi ish boshladi

2013 Noyabr 29

imageBMTTDning O‘ZBЕKISTONDAGI VAKOLATXONASI

Mo‘ynoqda yangi ijtimoiy korxona - “Qaraqalpaq Sheberi Manzura” (Manzura Qoraqalpoq chevari) mas’uliyati cheklangan jamiyati tikuv va to‘quv sexining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy korxona Mo‘ynoq tuman xokimligi va BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda “Keuil Nuri” NNTsi va Mo‘ynoq tuman Xotin-qizlar qumitasining hamkorligida tashkil etildi.

Nogironligi bor fuqarolar Manzura Yerniyazova va Marat Tuksanbayevlar «Qaraqalpaq Sheberi Manzura» MChJsining ta’sischilari bo‘ldilar. Mo‘ynoq tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi ham ta’sischilar tarkibiga kiritildi.

Ijtimoiy korxonanning maqsadi: nogironligi bor odamlarga yangi ish joylari tashkil etish; ijtimoiy hamkorlik va aholining zaif qatlamini bandligini ta’minlash borasida bilim, tajriba va ma’lumotlar almashish; nogironligi bor odamlarni kasbga o‘qitish va ochiq mehnat bozoriga jalb etish; nogironligi bor odamlarga moliyaviy va moddiy ko‘rinishdagi ijtimoiy yordam ko‘rsatishdan iborat.

Bugungi kunda ijtimoiy korxona jami 21 ishchi-xodimni (bundan 19 nafari ayollar), jumladan 11 nafar nogironligi bor odamlarni ishga qabul qildi.

Rashid Allabergenov, Qoraqalpag‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish Vaziri:
– Ushbu ijtimoiy-muxim loyihaning aynan Mo‘ynoq tumanida – mamlakatimizning eng shimoliy nuqtasida amalga oshirilayotgani quvonarlidir albatta. Biz BMTTD ning O‘zbekistonda vakolatxonasiga ushbu qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ijtimoiy korxona tashkilotchilari, korxonada tayyorlanadigan mahsulotlarga buyurmalar yetarli bo‘lgan taqdirda, korxona 40 nafar ishchi-xodimni ish bilan ta’minlashga tayyordirlar. Ushbu yo‘nalishda biz har tomonlama ko‘maklashamiz va qishloq aholisini ijtimoiy-iqtimodiy muxofaza qilish va ish bilan ta’minlash masalalarida kelgusida hamkorlik qilishga tayyormiz.

Qudaybergen Uteniyazov, Qaraqalpog‘ston Respublikasi Mo‘ynoq tuman xokimi:
– Yangi ijtimoiy korxonani tashkil etish tashabbusi juda muxim – korxona birinchi navbatda nogronligi bor ayollarni ish bilan ta’minlamoqda. Ijtimoiy korxona bu ayollarga hayotda o‘z o‘rnini topishga, nafaqat o‘ziga va yaqinlariga ko‘maklashish, balki jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylanishga yordam bermoqda. Muynaq tuman xokimligi kelajakda ham shunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi

Ayzada Nurumbetova, Qaraqalpog‘iston Respublikasi «Keuil Nuri» ayollar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash makazi rahbari:
– Manzura Yerniyazova va Marat To‘qsonbayevlar Mo‘qnoq tumanida istiqomat qiladilar. Ularning ikkovi ham nogironligi bor odamlar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadilar. Ular nafaqat o‘zlarining oilalarini moliyaviy ta’minladilar, balki ijtimoiy korxona va boshqa nogironligi bor odamlarga ish joylari tashkil etdilar. Albatta, o‘z mablag‘i hisobiga shunday ijtimoiy korxona tashkil etish juda mushkul, ammo o‘zlarining talabchanligi va boshqalarni jalb eta olish mahorati evaziga Manzura va Marat o‘zlarining g‘oyasini amalga oshirish uchun mahalliy boshqaruv organlari, NNTlar va halqaro tashkilotlarnining e’tiborini qarata oldilar.

Korzxonaning biznes imkoniyatlarini va mahsuldorliligini oshirish va xodimlarga kutilgan shart-sharoitlarni yaratish uchun «Keuil Nuri» NNTsi loyiha tayyorlashga amaliy yordam berdi. Yangi ijtimoiy korxona ijtimoiy hamkorlik, mahalliy va xalqaro homiylarni jalb etishga yorqin misol bo‘la oladi.