O`zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha trening

2013 Noyabr 19

imageBMTTDning O‘ZBЕKISTONDAGI VAKOLATXONASI

Davlat chegaralarini muhofaza qilish qo‘mitasi, Davlat mojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Veterinariya va fitosanitariya xizmatidan 25 ta xodim Yevropa Ittifoqi va BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan Markaziy Osiyoda chegaralarboshqaruviga ko`mak dasturi (BOMCA) doirasida Migrasion siyosatini ishlab chiqish xalqaro markazi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha treningda ishtirok etdi.

Mazkur trening oldiga qo‘yilgan maqsad ishtirokchilarning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi bilimlari va tegishli siyosatlarni qo‘llash bo‘yicha salohiyatini oshirishdan iborat edi. Trening davomida ishtirokchilar huquqni muhofaza qilish idoralarda qo‘llaniladigan asosiy korrupsiyaga qarshi kurashish vosita va mexanizmlar to‘g‘risida umumiy tushunchalarga ega bo‘ldi. Jumladan, trening ishtirokchilari korrupsiyaning mamlakat barqarorligi, xavfsizligi va iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillari bilan tanishib, huquqni muhofaza qilish idoralarda korrupsiyning oldini olish vositalarini yaratish borasidagi bilimlarini yanada oshirdi.      

BOMCA dasturi oldiga qo‘yilgan vazifalar Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash hamda qonuniy savdo va tranzitni qo‘llab-quvvatlashdan, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlari chegaralarining noqonuniy kesib o‘tilishining oldini olishdan iboratdir.

BOMCA dasturi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilib BMTTD va Migrasion siyosatini ishlab chiqish xalqaro markazi tomonidan amalga oshirildi.                                                    

Batafsil ma’lumot uchun BOMCA dasturining O‘zbekistondagi rahbari Alfiya Musinaga (998 71) 120 68 93 telefon raqami hamda / yokialfiya.musina@undp.org elektron pochta manzili orqali murojaat etishingiz mumkin

Contacts UNDP in Uzbekistan
Media inquiries

Phone: +998 71 1203450 ext. 182

registry.uz@undp.org

Fax: +998 71 1203485

 

General inquiries