Davlat xaridlari sohasidagi xalqaro amaliyot – O`zbekistonda qo`llanish istiqbollari

2013 Noyabr 1

imageBMTTDning O‘ZBЕKISTONDAGI VAKOLATXONASI


“Davlat xaridlari sohasining bugungi kundagi ahvoli va uni takomillashtirish borasidagi vazifalar”, “Davlat xaridlari tizimini isloh etish borasidagi xalqaro amaliyotning umumiy tasnifi”, “BMT Taraqqiyot Dasturida qơllanilayotgan xaridlar amaliyoti”, “Davlat xaridlariga oid  eng  yaxshi tajribalar, Jahon bankining nuqtai nazari” – bular Davlat xaridlari bơyicha ơtkazilgan seminarda kơrib chiqilgan mavzular va prezentasi larning ayrimlari, xolos.

Davlat xaridlari deganda Davlat ehtyojlari uchun tovarlar va xizmatlarni tơliq yoki qisman davlat byudjeti hisobidan sotib olish tushuniladi. Mazkur xaridlarning ahamityatli tomoni ular davlat sektorini  yuqori sifatli barcha zarur tovarlar bilan kerakli miqdorda va maqbul narxlarda ta'minlaydi.

Tadbir tashkilotchilari ƠzR Moli vazirligi huzuridagi G'aznachilik hamda ƠzR Moliya vazirligi bilan BMT Taraqqiyot Dasturining “Ơzbekistonda buydjet tizimi islohoti” qơshma loyihasidir. Uning faoliyat yơnalishlaridan biri – Ơzbekiston Respublikasi Hukumatiga davlat xaridlari tizimini takomillashtirishda kơmaklashish. Loyihaning mazkur yơnalishdagi faoliyati “Davlat xaridlari tơgrisida”gi Ơzbekiston Respublikasi Qonunining loyihasini va xaridlarga oid asosiy proseduralar bơyicha qonun osti hujjatlarini ishlab chiqishga, shuningdek xarid proseduralari bơyicha metodik materiallarni tayyorlashga qaratilgan.

ƠzR Moliya  vazirligi huzuridagi G`aznachilik boshligining ơrinbosari Farhod Nurmuhamedov seminarni ochayotib, shunday deb ta'kidladi: “Davlat xaridlari  Yalpi Ichki Mahsulotning 11%ni ёki jamlama byudjetning uchdan bir qismini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda Ơzbekiston Respublikasi Hukumati davlat xaridlari tizimini takomilashtirish masalalariga katta ahamiyat bermoqda. Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining 1475 sonli Qarori hamda bir qancha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, shuningdek davlat xaridlari bơyicha hukumat komissi si tuzildi. Uning vazifalari doirasiga mazkur sohadagi normativ-huquqiy bazani yaxshilash  yuzasidan takliflar ishlab chiqish ham kiradi. Hozir ushbu komissi  “Davlat xaridlari tơgrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqayapti. Shu munosabat bilan, qonun loyihasini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda muhokama qilish chogida jahondagi ilgor tajriba bilan tanishish, uning bizga mos tomonlarini qơllash imkoniya tlarini tahlil qilish foydali bơlar edi”.

Seminarda shu sohadagi amaliyotchi mutaxassislar, jumladan Iqtisodiyot vazirligi, Adliya  vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi, Mudofaa vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Davlat mulkini xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qơmitasi, ƠzR TXB,  shuningdek boshqa tegishli vazirliklar va idoralarning vakilari qatnashdilar.

Seminar davomida BMT Taraqqiyot Dasturi va Jahon bankining proseduralari misolida xaridlar sohasidagi xalqaro tajribaning  eng  yaxshi amaliyoti taqdim  etildi. Prezentasiyalar paytida xalqaro tajribani ta'riflash bilangina cheklanilmasdan, ayni paytda xarid proseduralarining mohiyati, ijobiy va salbiy taraflari, ularni Ơzbekistonda qơllanishdan kơrilishi mumkin bơlgan manfaatlar ochib berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari nazariy bilimlar olish bilan birga, davlat xaridlari proseduralarini ơtkazish bơyicha amaliy kơnikmalar ham hosil qilishdi.

Jahon bankining vakili Nagaradju Dutxalurining sơzlariga kơra, har qanday mamlakatda davlat xaridlari tizimi davlat xizmatlari kơrsatilishi bilan boğliq. Agar davlat xaridlari tizimi takomillashtirilsa, u holda xarajatlarni ancha kamaytirish, shuningdek davlat xizmatlari sifati yaxshilanishiga erishish mumkin. Jahon bankining va Jahon banki tomonidan moliyalanayotgan barcha loyihalarning xaridlar tizimi prinsipiga kelsak, bu prinsiplarda jiddiy farq yơq. Faqat biron-bir amaliy operasiyalar borasida farqlar bơlishi mumkin. Ơzbekistonda davlat xaridlari tizimi davlat qarorlari bilan tartibga solinadi. Davlat xaridlarini tartibga solish uchun zarur normativ-huquqiy baza  yaratilganda raqobat rivojiga kơmaklashilayotganligiga ishonch hosil qilish zarur. Zero raqobat, narxlar pasayishiga yordam beradi. Islohotlar jarayonida xarajatlar kamayishiga  erishish mumkin. Islohotlardan biri bu elektron xaridlar tizimidir. Bu tizim davlat xaridlari shaffof bơlishida kơmaklashuvchi raqobatni rivojlantirishda ёrdam beradi.

Seminarning alohida sessiyasi Hukumat tomonidan qơyilgan vazifalar va belgilab berilgan asosiy ishlardan, shuningdek seminarda ơrganilgan xalqaro tajribadan kelib chiqib, Ơzbekistonda davlat xaridlari tizimini takomilashtirish variantlari hamda yơnalishlarining muhokamasiga bagishlandi.