Yangiliklar

Filter
Showing 1 - 20 of 39
  • 2015 Mai 19
    BMTTD O'zbekistonda innovatsiyalarni hayotga tadbiq etish tajribasi taqdim etdi

    19-21 may kunlari davomida VIII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi doirasida ilk bor Toshkent xalqaro innovatsiya forumi tashkil etildi. Ushbu anjuman globalizatsiya va zamonaviy muommalar sharoitlarida O‘zbekistonda innovatsiya rivojlanish masalalarini muhokama qilish, boshqa mamlakatlarning innovatsion sohada ilg‘or tajribasi bilan tanishish kabi maqsadlariga qaratilgan.

  • 2015 Mai 7
    O‘zbekistonda ftiziatr va pulmonologlarning 8-yig‘ilishida BMT ko‘ngillilarining faoliyati natijalari taqdim etildi

    4 mart kunidan boshlab, bir hafta mobaynida sil kasalligi bilan bog‘lik masalalarini muhokama qilish maqsadida 500 nafar tibbiy mutaxassis O‘zbekistonda ftiziatr va pulmonologlarning 8-yig‘ilishida ishtirok etdi. BMT ko‘ngillillari Qoraqalpog‘iston aholisining ushbu kasallik haqidagi bilim va tushunchalarini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning natijalarini taqdim etish maqsadida mazkur yig‘ilishda qatnashdi.

  • 2015 Mai 6
    Ustyurt platosidagi sayg‘oqlarni qanday qilib saqlash mumkin

    O‘tgan 20-yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi faunasining eng muhim turlaridan bo‘lmish sayg‘oqlar soni 90 foizga kamaydi. Sayg‘oq O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga hamda Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil ruyxatiga kiritildi. Lekin sayg‘oqlar soni tobora kamayib bormoqda, ular bilan birga jayron, qoraquloq kabi noyob turlar hamda noyob yirtqich qushlar turlari yo‘qolib ketmoqda.

  • 2015 Mai 1
    Funktsional tahlil – tarkibiy islohotlar garovi

    Jamiyat taraqqiyoti va tеxnologik rivojlanish bugun davlat organlarining fuqarolar bilan ishlashda yanada yaqinroq munosabatlarni o’rnatishini talab etmoqda. Buning uchun vazirliklar aniq vakolat va majburiyatlarga ega bo’lishlari lozim. Bunda, albatta hodimlar shtati, byudjеt va xizmatlarni baholash tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) O’zbekiston Respublikasi Mеhnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi faoliyatini takomillashtirish va aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’lamini kеngaytirish maqsadida xalqaro konsultant Nеnad Ravani taklif etdi.

  • 2015 Apr 30
    Ekolog mutaxassislarining salohiyatini oshirish yo’lida

    2015 yilning 28, 30-aprel kunlari Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, BMTTD, Global ekologik jamg’armasining hamkorlikdagi “O’zbekiston neft va gaz tarmog’iga bioxilma-xillikni saqlash tamoyillarini integratsiyalash” loyihasi tomonidan qo’mitaning xodimlari, “O’zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi hamda neft va gaz kompaniyalari ekolog mutaxassislari ishtirokidagi biologik xilma-xillikni saqlash masalalariga bag’ishlangan seminar-treninglar tashkil qilindi.

  • 2015 Mar 17
    Qoraqalpog’istonda ijtimoiy-inklyuziv rivojlanishga ko’maklashish: Bu ishlarda birgalikdamiz

    Sir emaski, imkoniyati cheklangan odamlarning iqtisodiy ahvollarini yaxshilashlarida sharoitlari sog’lom odamlarga nisbatan biroz kamiroq. Nogironlarning tadbirkorlik ishlarini boshlaslarida daromad manbalarini topish qiyinchiliklari asosiy omillardan biri xisoblanmoqda. Shu sababli aksariyat nogironlar o’z imkoniyatlarini yuzaga chiqara olmasdan, oilasining yordamiga muhtoj holda, o’z jamiyatining taraqqiyotiga munosib hissasini qo’shish imkoniyatidan cheklanib qolishmoqdalar.

  • 2015 Mar 16
    Sud tizimi oshkoraligini ta`minlashda AQSh tajribasi o`rganib chiqilmoqda

    15-22 mart davomida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy sud huzuridagi tadqiqot markazi, Adliya vazirligi va Oliy xo`jalik sudining to`qqiz nafar vakili sud-huquq tizimi oshkoraligini va sudlar ochiqligini ta`minlashda AQSh tajribasini o'rganish maqsadida Amerika Qo'shma Shtatlarida bo’lib o’tadigan o`quv safarida ishtirok etishadi. Mazkur tashrif BMTTD va O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudining "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo'shma loyihasi doirasida tashkil etiladi. Ushbu loyiha AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi va BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan hamkorlikda moliyalashtirilgan.

  • 2015 Mar 5
    O‘zbekiston fermerlari innovatsiyalarni agrar sohaga tadbiq etish yo‘llari bilan tanishdilar

    Toshkent va Namanganda kuni kecha o‘tkazilgan bir qator seminarlar doirasida mahalliy fermerlar, O‘zbekiston va Makedoniyadagi BMTTDning vakolatxonalari ekspertlari o‘rtasida sermahsul muloqot bo‘lib o‘tdi. Seminar ishtirokchilari qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan ilg‘or innovatsiyalarni namoyish etib, yangiliklarni hayotga joriy etish usullari bilan o‘zaro tajriba almashishdi.

  • 2015 Mar 4
    BMTTD va SSP O‘zbekistonda ruxsatnomalar va litsenziyalar berish tartibotlarining yaxshilanishiga ko‘maklashmoqdalar

    Idoralararo o‘zaro axborot hamkorligining rivojlanishi O‘zbekisonda biznes muhitini yaxshilashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri va ruxsat beruvchi hujjatlar berish tartibotlarini soddalashtirishdagi muhim qadam bo‘lib hisoblanadi.

  • 2015 Fev 27
    BMTTD O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining eksportini oshirishga ko‘maklashadi

    O‘zbekiston tadbirkorlarining Moskvada bo‘lib o‘tgan “Tekstillegprom”44 Federal ulgurji savdo ko‘rgazmasida ishtirok etishlari natijasida to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha 13 mln. AQSh dollar miqdoridagi kelishuvlarni belgilanishi, biznes hamkorlar sonining ko‘payishiga erishildi. Shuningdek, bozor tendentsiyalari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish haqida bilimlarga ega bo‘lindi.

  • 2015 Fev 18
    YaITning O‘zbekiston bandlikka va korxonalarning moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta’siri

    Joriy tendensiyalar shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning pensiya tizimlari “pensiya inqirozi” atalmish yuqori bosim ostida qolmoqda. Aksariyat hollarda pensiya inqirozining ildizi ijtimoiy ta’minot tizimi tuzilmasi va demografik o‘zgarishlarga borib taqaladi. Xususan, pensiya inqirozini paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladigan asosiy omillar tug‘ilish darajasining pasayishi va keksalar umr ko‘rishi davomiyligini oshishi hisoblanadi. Natijada, ijtimoiy ta’minot tizimini qo‘llab-quvvatlovchi ishchilar soni sekin-asta kamayib borishi barobarida pensiya tizimiga bo‘lgan yuk tobora ortib boradi.

  • 2015 Fev 12
    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyati oshib bormoqda

    Yorqin, rang-barang meva va sabzavotlarning hidiga to‘lgan O‘zbekiston ekspozitsiyasi BMTTDning “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish (III bosqich)” loyihasi yordamida Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan “Fruit Logistica 2015” xalqaro ko‘rgazmasida namoyish qilindi.

  • 2014 Dek 26
    Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tahliliy hisobot nashr qilindi

    Mazkur tahliliy hisobot BMT Taraqqiyot Dasturining “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash/2-bosqich” loyihasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi ekspertlarini jalb qilgan holda tayyorlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi xalq deputatlari Kengashlari (XDK) ning faoliyatidagi dolzarb muammolarni o‘rganish va ularning faoliyatini takomillashtirish borasidagi yo‘nalishlarni aniqlashdan iborat.

  • 2014 Dek 19
    Grant hamkorligi samaralik bulishi uchun

    O’zbekistonda 2008-2013 yillar davomida 860 million AQSH dollari miqdoridagi grant mablag’lari jalb qilindi. Oxirgi besh yilda Qzbekistonga kirib kelayotgan texnik yordamlarning umumiy miqdori uch barobarga oshib, 2013 yilda 200.1 million AQSH dollarini tashkil qildi.

  • 2014 Iyul 18
    Chiqindilarni qayta ishlash jamiyat uchun foydali ishdir

    O‘tgan haftaning juma kunida Toshkentdagi “Gulshan” sog‘lomlashtirish bog‘ida shahardorshlarimiz, shu jumladan nogironlar va ijtimoiy innovatsiyalar sohasida faoliyat yurituvchi ko‘ngillilar, 3 kun ichida o‘z qo‘llari bilan yasagan uy-ro‘zg‘or buyumlarini taqdim etdilar.

  • 2014 Iyul 18
    Akvakultura baliqchilikni takomillashtirishga yordam bermoqda

    O‘zbekistonda, ayniqsa mamlakatning qishloq joylaridagi yerlarning 25 foisini tashkil etuvchi tog‘ va tog‘ oldi qismlaridabaliqchilik sohasini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha asosiy zaxiralar mavjud bo‘lib, respublika o‘zining baliqchilik sohasini yanada takomillashtirish uchun kerakli salohiyatga ham egadir.

  • 2014 Iyul 16
    O‘ZBEKISTONDA OIV PROFILAKTIKASI BO‘YICHA XIZMATLAR KO‘LAMI KENGAYTIRILMOQDA

    OIVga qarshi kurashning samaradorligini ko‘rsatib beruvchi eng muhim omillardan biri OIVga chalinish xavfi ostida bo‘lgan aholi guruhlari orasida profilaktika dasturlarining muvafaqiyatli amalga oshirilishidir.

  • 2014 Iyul 10
    BMTning Taraqqiyot Dasturi Navoiy viloyatining ikki mahallasida ichimlik suvi ta'minotida billing tizimini joriy etish bo’yicha kichik loyihani ishga tushirdi

    Pastda keltirilgan qiyosiy diagrammada 2010 yil mobaynida chiqarilgan va iste’molchilarga yetkazib berilgan suv hajmlari aks ettirilgan. Raqamlar taqqosi nasos bilan chiqarilgan suv va iste’molchilarga yetkazib berilgan suv hajmlari o’rtasidagi nomuvofiqlikning sababi nimada degan o’rinli bir savol tug’diradi.

  • 2014 Iyul 8
    Kreativ fikrlashni rivojlantirish bo’yicha “Garbage Lab” Ijtimoiy Innovatsiyalar Laboratoriyasi

    Ijtimoiy innovatsiyalar va ko’ngillilikni ijtimoiy masalalar yechishda targ’ib qilish orqali turli xil tashkilotlar va insonlar O’zbekiston farovonligi va iqboliga katta hissa qo'shmoqdalar.

  • 2014 Iyun 10
    Inson taraqqiyoti masalalari bo’yicha mutaxassislar maktabi

    Nadira Janibekova is a 41 year old Tashkent resident, and a teacher of national idea and philosophy at the Gulistan State University. For students studying her field, it is important not only to be able to process large quantities of statistical data, but also how to understand the meaning behind that information – what it means in real life, and what it’s real life applications are.