SubscribeSubscribe

Yangiliklar

  • Hakatonga taklif etamiz 25-avg, 2015

    Agar Siz dasturchi, grafik disayner, analitik, jurnalilst, jamoatchi faol yoki menejer bo’lsangiz Sizni Hakatonga taklif etamiz!

  • Zomin shifobaxsh o'tlarini tashqi bozorga chiqarish rejalashtirilmoqdaHerbs of Zaamin - plans for export 5-avg, 2015

    Zomin dam olish maskani butun O’zbekistonga mashxurdir. Ma'lumki, shu yerlarining asl boyligi u yerda o'sadigan va qadimdan tibbiyotda qo'llaniladigan, o'z tozaligi, tabiiyligi va shifobaxshligi bilan mutaxassislarning diqqatini o'ziga tortadigan dorivor giyohlardadir. Hudud ushbu o'simliklarni, jumladan, kiyiko'ti, dalachoyi, na'matak, zira, do'lana, suvqalampiri, zirk, oblepixa, anzur piyozi va boshqalarni yetkazib berish bo'yicha mamlakatimizda Parkent tumanidan keyin ikkinchi o'rinni egallamoqda.

  • Nogironlarning jamoat transportidan foydalana olish imkoniyati bo‘yicha monitoring tadqiqot natijalari 17-iyn, 2015

    2015 yil 10 iyun kuni o‘tkazilgan davra suhbatida Toshkent shahrida nogironlarning transport xizmatlaridan foydalana olish huquqiga bag‘ishlangan monitoring tadqiqotning yakunlari muhokama qilindi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, O‘zbekiston nodavlat va notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi va BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan edi.

  • Jurnalistlarga – Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi to‘g‘risida 4-iyn, 2015

    Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi masalalarini va umuman byudjet sohasiga oid mavzularni muhokama etish unda moliya, iqtisodiyot sohasi mutaxassislarining yoki byudjet tashkiloti amaliyotchilarining ishtirok etishini nazarda tutadi. Biroq «Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi» mavzusidagi seminar-trening to‘rtinchi hokimiyat vakillari, ya’ni ommaviy axborot vositalarida iqtisodiyot va byudjet siyosati sohasida yuz berayotgan voqealarni yoritib beruvchi jurnalistlar uchun ularning byudjet ijrosi sohasidagi tushuncha va ko‘nikmalarini yanada mukammal bo‘lishini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Matbuot yoki tele-radio reportajlar orqali davlat moliyasi sohasidagi malakali mutaxassislar Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni muhokama etdilar.

  • BMTTD O'zbekistonda innovatsiyalarni hayotga tadbiq etish tajribasi taqdim etdi 19-may, 2015

    19-21 may kunlari davomida VIII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi doirasida ilk bor Toshkent xalqaro innovatsiya forumi tashkil etildi. Ushbu anjuman globalizatsiya va zamonaviy muommalar sharoitlarida O‘zbekistonda innovatsiya rivojlanish masalalarini muhokama qilish, boshqa mamlakatlarning innovatsion sohada ilg‘or tajribasi bilan tanishish kabi maqsadlariga qaratilgan.

  • O‘zbekistonda ftiziatr va pulmonologlarning 8-yig‘ilishida BMT ko‘ngillilarining faoliyati natijalari taqdim etildi 7-may, 2015

    4 mart kunidan boshlab, bir hafta mobaynida sil kasalligi bilan bog‘lik masalalarini muhokama qilish maqsadida 500 nafar tibbiy mutaxassis O‘zbekistonda ftiziatr va pulmonologlarning 8-yig‘ilishida ishtirok etdi. BMT ko‘ngillillari Qoraqalpog‘iston aholisining ushbu kasallik haqidagi bilim va tushunchalarini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning natijalarini taqdim etish maqsadida mazkur yig‘ilishda qatnashdi.

  • Funktsional tahlil – tarkibiy islohotlar garovi 1-may, 2015

    Jamiyat taraqqiyoti va tеxnologik rivojlanish bugun davlat organlarining fuqarolar bilan ishlashda yanada yaqinroq munosabatlarni o’rnatishini talab etmoqda. Buning uchun vazirliklar aniq vakolat va majburiyatlarga ega bo’lishlari lozim. Bunda, albatta hodimlar shtati, byudjеt va xizmatlarni baholash tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) O’zbekiston Respublikasi Mеhnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi faoliyatini takomillashtirish va aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’lamini kеngaytirish maqsadida xalqaro konsultant Nеnad Ravani taklif etdi.

  • Ekolog mutaxassislarining salohiyatini oshirish yo’lida 30-apr, 2015

    2015 yilning 28, 30-aprel kunlari Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, BMTTD, Global ekologik jamg’armasining hamkorlikdagi “O’zbekiston neft va gaz tarmog’iga bioxilma-xillikni saqlash tamoyillarini integratsiyalash” loyihasi tomonidan qo’mitaning xodimlari, “O’zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi hamda neft va gaz kompaniyalari ekolog mutaxassislari ishtirokidagi biologik xilma-xillikni saqlash masalalariga bag’ishlangan seminar-treninglar tashkil qilindi.

  • Sud tizimi oshkoraligini ta`minlashda AQSh tajribasi o`rganib chiqilmoqda 16-mar, 2015

    15-22 mart davomida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy sud huzuridagi tadqiqot markazi, Adliya vazirligi va Oliy xo`jalik sudining to`qqiz nafar vakili sud-huquq tizimi oshkoraligini va sudlar ochiqligini ta`minlashda AQSh tajribasini o'rganish maqsadida Amerika Qo'shma Shtatlarida bo’lib o’tadigan o`quv safarida ishtirok etishadi. Mazkur tashrif BMTTD va O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudining "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo'shma loyihasi doirasida tashkil etiladi. Ushbu loyiha AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi va BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan hamkorlikda moliyalashtirilgan.

  • O‘zbekiston fermerlari innovatsiyalarni agrar sohaga tadbiq etish yo‘llari bilan tanishdilar 5-mar, 2015

    Toshkent va Namanganda kuni kecha o‘tkazilgan bir qator seminarlar doirasida mahalliy fermerlar, O‘zbekiston va Makedoniyadagi BMTTDning vakolatxonalari ekspertlari o‘rtasida sermahsul muloqot bo‘lib o‘tdi. Seminar ishtirokchilari qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan ilg‘or innovatsiyalarni namoyish etib, yangiliklarni hayotga joriy etish usullari bilan o‘zaro tajriba almashishdi.