SubscribeSubscribe

Yangiliklar

  • O‘zbekistonda Xalqaro tadbirkor ayollar kuni nishonlandi 19-noy, 2016

    Toshkentda Xaqaro tadbirkor ayollar kuniga bag‘ishlanib o‘tkazilgan anjuman doirasida O‘zbekiston iqtisodiyotida tadbirkor ayollarning ahamiyati, istiqbolda ayollar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

  • Yevropa Ittifoqi dasturi tanlovida qatnashing 18-noy, 2016

    Siz – qishloq va suv xo’jaligi sohasidagi magistrantmisiz va Siz mamlakatdagi suv resurslarini boshqarish tizimini yaxshilashga o’z xissangizni qo’shishni istaysizmi? Unda, Yevropa Ittifoqi dasturi tanlovida qatnashing va suv xo’jaligi sohasida Magistraturada o’qish uchun nufuzli yevropa universiteti stipendiyasini qo’lga kiriting! Grant uchun o’rinlar chegaralangan!

  • MIT.UZ Open Data Challenge har yilgi tanlov Toshkentda boʻlib oʻtadi 17-noy, 2016

    24-27-noyabr kunlari Toshkentda MIT.UZ Open Data Challenge 2016 – ilovalarni, ochiq ma'lumotlardan foydalangan holda, ishlab chiqish boʻyicha har yilgi tanlov boʻlib oʻtadi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, BMTTD Oʻzbekistondagi vakilligi, O'zbekiston yoshlarining "Kamolot" ijtimoiy harakati, «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi, UZINFOCOM markazi va Toshkentning Inxa universiteti tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.

  • BMTTD va milliy hamkorlar O’zbekistonda inson huquqlari sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda 11-noy, 2016

    Uzbekistan is state-party to more than 70 international human rights instruments, including 6 (ICERD, ICCPR, ICESCR, CEDAW, CAT, CRC) out of the 9 core UN human rights conventions as well as 4 optional protocols. After ratification of these conventions, Uzbekistan had taken a number of legislative and institutional measures taking into account the recommendations of the UN Treaty Bodies on human rights and Universal Periodic Review (UPR). In particular, the Parliament of Uzbekistan has adopted many legislative acts regulating fundamental human rights and freedoms.

  • Davlat xizmatlari sifati va ochiq ma’lumotlar oshkoraligini oshirish sari 31-okt, 2016

    BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan mahalliy hokimliklar va boshqa manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’ektlariga “Yagona darcha” tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish va hududlardagi davlat hokimiyati organlari faoliyati ochiqligini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyiha amalga oshirildi. Loyiha Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi granti hisobidan moliyalashtirildi.

  • Sud tizimi va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish 19-okt, 2016

    Sudlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2016 yil 19 sentyabrdagi qarori bilan «Sud majlislarida ommaviy axborot vositalari vakillarining hozir bo‘lishi tartibi to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi. Bu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining "O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo‘lida hamkorlik" qo‘shma loyihasi doirasida ishlab chiqildi. Mazkur hujjat sudlar va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada yaxshilashga ko‘maklashadi.

  • Yangi planshetga ega boʻling! 13-okt, 2016

    Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirish kuni arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Oʻzbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi tabiiy ofatlar natijasida vujudga kelgan favqulodda vaziyat sharoitida toʻgʻri harakat qilish borasidagi eng yaxshi bilimlar tanlovini e’lon qilishmoqda.

  • BMTTD alohida parvarishga muhtoj aholi qatlamiga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga ko’maklashmoqda 29-sen, 2016

    Aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, yolg’iz keksalar va nogironlar masalasi mustaqillikning dastlabki yillaridan O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan bo’lib kelmoqda. Xususan, O’zbekistion Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1991-yil 28-maydagi 145-sonli “O’zgalar parvarishiga muhtoj yolg’iz pensionerlarni ijtimoiy himoyalash yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qarorida, doimiy parvarishga muhtoj yolg’iz pensionerlarga imtiyozlar berish, ularning asosiy ehtiyoj tovarlarini bepul yetkazib berish tartibi belgilangan edi. Bu qaror mustaqillikning dastlabki yillarida, aholining eng zaif qatlamlariga kiruvchi yolg’iz keksalar va nogironlarning hayot darajasini yaxshilash va turli qiyinchilikalrni yengib o’tishda katta rol o’ynadi.

  • Oʻzbekistonda BMTTD hamkorligida AKT 2016 Haftaligi oʻtkazildi 23-sen, 2016

    2016-yilning 19-23-sentyabr kunlari davomida Toshkentda – Oʻzbekiston axborot-kommunikatsion texnologiyalari sohasidagi eng muhim voqea – ICTWEEK Uzbekistan 2016 boʻlib oʻtdi. ICTSUMMIT va ICTFORUM – Haftalikning asosiy tadbirlarida davlat boshqaruvi organlari, AKT yoʻnalishidagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, xorijiy ekspertlar hamda xalqaro tashkilotlar va IT-kompaniyalarning vakillari, 800dan ziyod tinglovchilar ishtirok etdilar.

  • Qonunlar samarali amalga oshirilishni ta’minlash uchun, ular har tomonlama aniq va yetarlicha puxta ishlab chiqilishi lozim 22-sen, 2016

    2016 yil 22 sentyabrda Toshkent shaxrining Wyndham mehmonxonasida "Normativ-huquqqiy hujjatlar loyihalari ekspertizasini yanada takomillashtirish boy’icha dolzarb vazifalar” mavzusida xalqaro seminar bo'lib o'tdi.