SubscribeSubscribe

Yangiliklar

  • Markaziy Osiyoda meva va sabzavotlar sektorining sifat va barqarorligini takomillashtirish yo'lida 13-iyl, 2017

    Mazkur seminar bu yo‘nalishda O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan bo’lib Yevropa, Janubiy Sharqiy Osiyo, Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK), BMTTD va GIZ xalqaro mutaxassislari hamda butun Markaziy Osiyo mintaqasining davlat va xususiy sektor vakillarini birlashtirdi. Ishtirokchilar oziq - ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizligini oshirish, Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barqaror savdosini yo‘lga qo‘yish borasida o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.

  • O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun nimalar zarur? 3-iyl, 2017

    Nilufar Odilboboyeva so‘ngi 15 yil davomida «Adel Tex» to‘qimachilik korxonasiga rahbarlik qilish bilan bir qatorda, shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yish niyatida bo‘lgan ayollarga maslahatlari bilan ko‘maklashib keladi. Ayol-tadbirkor qanday qiyinchiliklarga to‘qnash kelishi unga shaxsiy tajribasidan ma’lum. Shu bois, Nilufar va yana 100 dan ziyod o‘zbekistonlik ayol-tadbirkorlar shu kunlarda Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi Respublika Ishbilarmon ayollar forumida ishtirok etdilar.

  • Butunjahon atrof-muhit muhofazasi kuniga bag’ishlangan eko hashar 2-iyn, 2017

    O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan birgalikda 2 iyun kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi tog‘oldi hududlarini tozalash bo‘yicha ekologik aksiyani tashkil etdi.

  • «Startap-tashabbuslar» dasturi: talabalarning biznesga qiziqishi qanchalar o‘smoqda? 22-may, 2017

    Joriy yilda ishga tushirilgan Yoshlarning startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturining ikkinchi bosqichi O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlarining talabalari va o‘qituvchilari tarkibini qamrab oldi. Murojaat qilganlar soni avvalgi bosqichga nisbatan 1,4 barobarga o‘sdi, ishtirokchi oliygohlarning soni esa 57 taga yetdi.

  • O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasiga dastlabki loyiha talabnomalari saralab olindi 3-may, 2017

    “O‘zbekistonni Yashil iqlim jamg‘armasi resurslaridan foydalanishga tayyorlash dasturi” loyihasining Idoralararo Ishchi Guruhi Yashil iqlim jamg‘armasiga dastlabki loyihala talabnomalari saralab oldi.

  • BMTTDning Oʻzbekistonda qishloq joylardagi uylarni energiya samaradorligini oshirish boʻyicha loyihasi iqlim oʻzgarishi boʻyicha Parij Bitimini amalga oshirilishiga hissadir 3-may, 2017

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi iqlim oʻzgarishi boʻyicha Parij Bitimi Oʻzbekiston tomonidan imzolanganini qutlaydi. Mazkur Bitim 2016-yilda kuchga kirgan, Parijda boʻlib oʻtgan BMTning iqlim oʻzgarishi to’g’risidagi tomonlarning 2015-yil 12-dekabr kuni boʻlib oʻtgan 21- doiraviy konferensiyasida ma’qullangan eng birinchi umumiy va qonunchilik jihatidan bajarilishi lozim boʻlgan global iqlim shartnomasi hisoblanadi. Oʻzbekiston, mazkur Konvensiya tomoni sifatida, Parij bitimni 2017-yilning 19-aperl kuni imzoladi.

  • Qay tarzda ixchamlik, ochiqlik va hamkorlik Buyuk Britaniyada e-hukumat rivojini ta’minladi 17-apr, 2017

    Qanday qilib Buyuk Britaniyaning ilg’or tajribasi O’zbekistonda davlat xizmatlarini takomillashtirish va elektron shaklga o’tkazishda qo’l kelishi mumkin? Ushbu mavzuga bag’ishlangan trening va davra suhbati eng talabgir davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi 30dan ziyod vazirlik va idora vakillarini jamladi.

  • Suv ho’jaligi sohasidagi mutahassislar malakasini oshirish 4-apr, 2017

    2017 yilning 16 martidan 4 apreliga qadar Yevropa Ittifoqining “O’zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Texnik salohiyatni mustahkamlash” qo’shma loyihasi doirasida 130 ta respublikamizning suv ho’jaligi tizimi rahbarlariga malaka oshirish o’quv kurslari tashkil etildi. O’quv kurslari teoretik va amaliy topshiriqlardan iborat bo’lgan quyidagi oltita yo’nalish bo’yicha tahkil etildi: suv resurslarini boshqarish, gidromelioratsiya, yirik gidroqurilmalar va suv omborlari, nasos stantsiyalar va energotejamkorlik va Suv iste’molchilari uyushmalari.

  • Startaplarni qo’llab-quvvatlash dasturining ikkinchi bosqichida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda 20-mar, 2017

    BMT Taraqqiyot Dasturi va Savdo-sanoat palatasining “O’zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)” qo’shma loyihasi Fan va texnologiyalar agentligi bilan hamkorlikda startap-tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash dasturining ikkinchi bosqichini boshlab yubordi. Mazkur dastur o’zining biznesini boshlashda hamda tadbirkorlik ko’nikmalarini oshirishda yoshlarga yordam ko’rsatishga qaratilgan.

  • Iqlim oʻzgarishi: global muammolarni yechimiga mahalliy yondashuv 13-mar, 2017

    10-11-mart kunlari Qoraqalpogʻistonning Muynoq tumanidagi “Ushsay” va Taxtakoʻpir tumanining “Qara oy” qishloq fuqarolar yigʻinlarida oʻrmon xoʻjaliklari va mahalliy birlashmalar vakillari uchun landshaftlar darajasida amalga oshiriladigan, adaptatsiya (moslashish) choralarini koʻrish boʻyicha tadbirlarni ta’minlash maqsadida oʻrmon xoʻjaliklari va mahalliy birlashmalarning oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha dala-namoyish seminarlari oʻtkazildi. Seminarlar Oʻzbekistonning turli hududlarida joriy yilning 10-17-mart kunlari mobaynida boʻlib oʻtadigan iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan turkum tadbirlarni boshlab berdi.