SubscribeSubscribe

Yangiliklar

  • BMT Agentliklari Orol boʻyidagi ekologik inqiroz oqibatlarini kamaytirish boʻyicha Qoʻshma dasturni ishga tushirmoqda 2017 Yanv 12

    Insonning antropogen faoliyati taʼsiri borgan sari ekologik falokatlarni kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ular orasida eng ahamiyatlisi – Orol dengizini zavolga yuz tutishi va yerlarning choʻllanishidir. Bu jarayon millionlab aholining hayotida jiddiy ijtimoiy–iqtisodiy oqibatlar keltiribib chiqmoqda. Orol dengizi inqirozi oqibatlarini kamaytirish masalasi nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Yevrosiyo mintaqasi uchun muhim va dolzarbdir.

  • BMTTDning qonun ijodkorligi va qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini takomillashtirish bo'yicha loyihasi faoliyati natijalri sarhisob qilindi 2016 Dek 23

    2016 yil 23 dekabrida Toshkent shahrining "Poytaxt" biznes-markazida BMT Taraqqiyot Dasturining "Qonun va norma ijodkorligi hamda qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini modernizatsiya qilishga ko’mak” loyihasining 2014 - 2016 yillar davri mobaynida loyihaning erishilgan natijalarini hamda uning keyingi bosqichida amalga oshirish uchun rejalashtirilgan tadbirlar muhokama qilish maqsadida tashkil etilga Loyiha Kengashi yig'ilishi bo’lib o’tdi.

  • Qulay va sifatly electron davlat xizmatlarini joriy etish: Latviya tajribasi o’rganildi 2016 Dek 9

    Latvia davlat tizimiga AKT vositalarini samarali va oqilona qo’llash natijasida davlat xizmatlari sifatini oshirish borasida katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. Jumladan, ayni damda Latviyada 90% tadbirkorlik sub’ektlari va 73% dan ortiq aholi yuqori tezlikdagi Internet tarmoqlariga ulangan. 60% ortiq aholi elektron xizmatlardan foydalanadi va ushbu ko’rsatkich har yili o’sib bormoqda. Shu munosabat bilan Latviyaning elektron xizmatlarni rivojlantirish borasidagi tajribasini o’rganish Oʻzbekiston sharoitida katta ahamiyat kasb etadi.

  • Gidrometriya sohasidagi mutahassislar o’z bilm va malakalarini oshirdilar 2016 Dek 6

    Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini ta’minlashda irrigatsiyaning o’rni katta ahamiyatga egadir. Sug’orish tizimlarini malakali boshqarish asosan gidrometriya sohasidagi mutahassislarning bilim va tajribalariga bogliq. Shuning uchun, suv boshqaruvi sohasidagi suv o’lchovi va hisobotini olib boruvchi mutahassislarning malakalarini oshirish nihoyatda muhimdir.

  • Yolg‘iz keksalar va nogironlar qo‘shimcha diqqat-e’tibor va himoya ostida 2016 Dek 2

    Oila qadriyatlari birinchi o‘rinda turadigan O‘zbekistonda azaldan oila va jamiyatda keksalarni e’zozlash va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga alohida e’tibor berilgan. Shu bilan birga, oilasiz yolg’iz yashayotgan hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj qariyalarga ham davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilmoqda.

  • Andijon viloyatida biogaz qurilmasi ishga tushirildi 2016 Noya 28

    O‘zbekiston xozirgi kunga qadar sezilarli darajada foydalanilmayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llash bo‘yicha imkoniyati keng. Dastlabki hisoblarga ko‘ra, O‘zbekistondagi biogazning umumiy miqdori 8,9 mlrd.kubometr deb baholandi. Issiqlik berishi 6,5 mlrd. kubometr tabiiy gazga to‘g‘ri keladi, bu esa O‘zbekistonda energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojning yillik 10%ni tashkil etadi.

  • Samarali dehqonchilik uchun axborot texnologiyalari 2016 Noya 21

    SSP va BMTTD o‘rtasidagi “O‘zbekiston biznes-forumi (III-bosqich)” qo‘shma loyihasini amalga oshirish doirasida respublikadagi qator qishloq tumanlarida meteostansiyalar o‘rnatiladi. Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan maqsad axborot texnologiyalarini qo‘llash, dehqonchilik jarayonlarini avtomatlashtirish, xo‘jalik boshqaruvi va rejalashtirishini maqbullashtirish orqali qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishdan iborat.

  • O‘zbekistonda Xalqaro tadbirkor ayollar kuni nishonlandi 2016 Noya 19

    Toshkentda Xaqaro tadbirkor ayollar kuniga bag‘ishlanib o‘tkazilgan anjuman doirasida O‘zbekiston iqtisodiyotida tadbirkor ayollarning ahamiyati, istiqbolda ayollar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

  • Yevropa Ittifoqi dasturi tanlovida qatnashing 2016 Noya 18

    Siz – qishloq va suv xo’jaligi sohasidagi magistrantmisiz va Siz mamlakatdagi suv resurslarini boshqarish tizimini yaxshilashga o’z xissangizni qo’shishni istaysizmi? Unda, Yevropa Ittifoqi dasturi tanlovida qatnashing va suv xo’jaligi sohasida Magistraturada o’qish uchun nufuzli yevropa universiteti stipendiyasini qo’lga kiriting! Grant uchun o’rinlar chegaralangan!

  • MIT.UZ Open Data Challenge har yilgi tanlov Toshkentda boʻlib oʻtadi 2016 Noya 17

    24-27-noyabr kunlari Toshkentda MIT.UZ Open Data Challenge 2016 – ilovalarni, ochiq ma'lumotlardan foydalangan holda, ishlab chiqish boʻyicha har yilgi tanlov boʻlib oʻtadi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, BMTTD Oʻzbekistondagi vakilligi, O'zbekiston yoshlarining "Kamolot" ijtimoiy harakati, «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi, UZINFOCOM markazi va Toshkentning Inxa universiteti tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.