Yangiliklar

Filter
Showing 1 - 20 of 100
  • 2015 Apr 22
    O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni sotish va sotib olish yanada osonlashdi

    Yaqin paytlargacha ko‘chmas mulk oldi-sotdisi nafaqt xaridor, balki sotuvchi tomon uchun ham mehnattalab jarayon bo‘lib hioblanar edi. Shu sababli Jahon Banki “Biznes Yuritish 2015” reytingida mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish tasnifi bo‘yicha O‘zbekistonga 189 o‘rindan 143-o‘rinni berdi.

  • 2015 Apr 21
    BMTTD tadqiqotlari Hukumat ishchi guruhining majlisida muhokama qilindi

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD)ning “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash/2-bosqich” qo‘shma loyihasi Idoralaro muvofiqlashiruvchi ishchi guruhining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

  • 2015 Apr 15
    Ochiq ma’lumotlar hamma va har bir inson uchun

    2015 yil 15 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi vazirlik va davlat idoralari axborot xizmatlari rahbarlari hamda OAV xodimlari uchun jurnalistik dalillar va ochiq ma’lumotlar bo’yicha trening bo’lib o’tdi. Tadbir BMT Taraqqiyot Dasturi hamda “Elektron hukumat”ni rivojlantirish Markazi tashabbusi bilan o’tkazildi.

  • 2015 Mar 24
    Hukumatning axborot ochiqligi - aholi bilan mustahkam aloqalari asosi

    «Poytaxt» biznes-markazida O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi (Markaz) bilan hamkorlikda «Davlat hokimiyati organlarining ochiqligi va ochiq turdagi ma’lumotlar» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

  • 2015 Mar 19
    Umumjahon Suv kuni inson taraqqiy etishi uchun har bir suv tomchisi qadrli ekanligini eslatib o‘tadi

    "Suv va barqaror rivojlanish” – aynan shu shiyor ostida joriy yili butun dunyo bo‘ylab Umumjahon Suv kuni nishonlanadi. O‘zbekistonda barqaror rivojlanish va suv resurslaridan foydalanish mavzusi bilan bog‘liq boshqa masalalar bugun Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutida bo‘lib o‘tadigan tadbir doirasida muhokama qilinishi kutilmoqda.

  • 2015 Mar 17
    O‘zbekistondan kelgan delegatsiya korrupsiyaga qarshi harakat qilish bo‘yicha bilimlar almashishdi

    Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro tajriba va turli yondashuvlarni muhokama qilish maqsadida 2015 yilning 29-30 yanvar kunlari Seul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi vakillari, shuningdek BMT Taraqqiyot Dasturi vakili “Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Seul debatlari: butun dunyo tajribalari” mavzusidagi Konferensiyada ishtirok etdilar. Ushbu tadbir, shu bilan birga O‘zbekiston delegatsiyasining undagi ishtiroki O‘zbekistondagi BMTTD va Seuldagi BMTTD hududiy markazi ko‘magida tashkil etildi.

  • 2015 Mar 17
    Qoraqalpog’istonda ijtimoiy-inklyuziv rivojlanishga ko’maklashish: Bu ishlarda birgalikdamiz

    Sir emaski, imkoniyati cheklangan odamlarning iqtisodiy ahvollarini yaxshilashlarida sharoitlari sog’lom odamlarga nisbatan biroz kamiroq. Nogironlarning tadbirkorlik ishlarini boshlaslarida daromad manbalarini topish qiyinchiliklari asosiy omillardan biri xisoblanmoqda. Shu sababli aksariyat nogironlar o’z imkoniyatlarini yuzaga chiqara olmasdan, oilasining yordamiga muhtoj holda, o’z jamiyatining taraqqiyotiga munosib hissasini qo’shish imkoniyatidan cheklanib qolishmoqdalar.

  • 2015 Mar 16
    Sud tizimi oshkoraligini ta`minlashda AQSh tajribasi o`rganib chiqilmoqda

    15-22 mart davomida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy sud huzuridagi tadqiqot markazi, Adliya vazirligi va Oliy xo`jalik sudining to`qqiz nafar vakili sud-huquq tizimi oshkoraligini va sudlar ochiqligini ta`minlashda AQSh tajribasini o'rganish maqsadida Amerika Qo'shma Shtatlarida bo’lib o’tadigan o`quv safarida ishtirok etishadi. Mazkur tashrif BMTTD va O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudining "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo'shma loyihasi doirasida tashkil etiladi. Ushbu loyiha AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi va BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan hamkorlikda moliyalashtirilgan.

  • 2015 Mar 5
    O‘zbekiston fermerlari innovatsiyalarni agrar sohaga tadbiq etish yo‘llari bilan tanishdilar

    Toshkent va Namanganda kuni kecha o‘tkazilgan bir qator seminarlar doirasida mahalliy fermerlar, O‘zbekiston va Makedoniyadagi BMTTDning vakolatxonalari ekspertlari o‘rtasida sermahsul muloqot bo‘lib o‘tdi. Seminar ishtirokchilari qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan ilg‘or innovatsiyalarni namoyish etib, yangiliklarni hayotga joriy etish usullari bilan o‘zaro tajriba almashishdi.

  • 2015 Mar 4
    BMTTD va SSP O‘zbekistonda ruxsatnomalar va litsenziyalar berish tartibotlarining yaxshilanishiga ko‘maklashmoqdalar

    Idoralararo o‘zaro axborot hamkorligining rivojlanishi O‘zbekisonda biznes muhitini yaxshilashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri va ruxsat beruvchi hujjatlar berish tartibotlarini soddalashtirishdagi muhim qadam bo‘lib hisoblanadi.

  • 2015 Fev 27
    BMTTD O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining eksportini oshirishga ko‘maklashadi

    O‘zbekiston tadbirkorlarining Moskvada bo‘lib o‘tgan “Tekstillegprom”44 Federal ulgurji savdo ko‘rgazmasida ishtirok etishlari natijasida to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha 13 mln. AQSh dollar miqdoridagi kelishuvlarni belgilanishi, biznes hamkorlar sonining ko‘payishiga erishildi. Shuningdek, bozor tendentsiyalari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish haqida bilimlarga ega bo‘lindi.

  • 2015 Fev 18
    YaITning O‘zbekiston bandlikka va korxonalarning moliyaviy ko‘rsatkichlariga ta’siri

    Joriy tendensiyalar shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning pensiya tizimlari “pensiya inqirozi” atalmish yuqori bosim ostida qolmoqda. Aksariyat hollarda pensiya inqirozining ildizi ijtimoiy ta’minot tizimi tuzilmasi va demografik o‘zgarishlarga borib taqaladi. Xususan, pensiya inqirozini paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladigan asosiy omillar tug‘ilish darajasining pasayishi va keksalar umr ko‘rishi davomiyligini oshishi hisoblanadi. Natijada, ijtimoiy ta’minot tizimini qo‘llab-quvvatlovchi ishchilar soni sekin-asta kamayib borishi barobarida pensiya tizimiga bo‘lgan yuk tobora ortib boradi.

  • 2015 Fev 12
    Innovatsiyalar, chiqindisiz xo‘jalik va qishloq maktabi. Ularni qaysi jihati birlashtiradi?

    18-nchi fevralda Namangan viloyatidagi «Ulug‘beklar» fermer xo‘jaligida seminar-taqdimot va biogaz uskunasining tantanali ishga tushirilishi bo‘lib o‘tadi.

  • 2015 Fev 12
    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport salohiyati oshib bormoqda

    Yorqin, rang-barang meva va sabzavotlarning hidiga to‘lgan O‘zbekiston ekspozitsiyasi BMTTDning “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish (III bosqich)” loyihasi yordamida Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan “Fruit Logistica 2015” xalqaro ko‘rgazmasida namoyish qilindi.

  • 2015 Yanv 22
    Helen Klark xonimning ma’ruzasi: “Butun dunyo yetakchilari uchun qiyin tanlov yili”

    “Ushbu yilda jahon yetakchilari dunyo taraqqiyotini inklyuziv, barqaror va farovon rivojlanish tomonga yo‘naltirish imkoniga ega”, - deb ta’kidladi har yili Davos shahrida bo‘lib o‘tadigan Umumjahon iqtisodiyot forumida Helen Klark, Birlashgan Millatlar Taraqqiyot dasturiningAdministratori.

  • 2015 Yanv 13
    O‘zbekistonda Zilzilalarni simulyatsiya qilish majmuasi ochildi

    Bugun Toshkent shahri Fuqarolik mudofaasi instituti qoshidagi Toshkent Zilzilalarni simulyatsiya qilish majmuasi o‘z ishini boshladi. Ushbu majmuaning ochilishi tabiiy ofatlarga tayyor turish, milliy xavfsizlikni ta’minlash va mamlakat aholisini muhofazalash jarayonida olib borilayotgan chora-tadbirlar bo`yicha zaruriy bosqichdir.

  • 2014 Dek 31
    BMTning O`zbekistondagi Doimiy vakili Stefan Prisnerning Yangi Yil tabrigi

    2014 yilning so‘nggi kunlari o`tgan yilni sarhisob qilish uchun qulay imkoniyatdir. Ushbu imkoniyatdan foydalanib, sizga o’z taasurotlarimni so’zlab bermoqchiman.

  • 2014 Dek 27
    O‘zbekistonda Milliy sovutish va havoni shamollatish uyushmasi tashkil qilinadi

    “Iqtisodiyoti o‘tish davridagi (IO‘D) mamlakatlar hududida gidroxlorftoruglerodlar (GXFU) dan foydalanishni jadal qisqartirishning birlamchi bajarilishi – O`zbekiston” loyihasining kelgusi yildagi chora-tadbirlarini amalga oshirilishi, hamda 2014 yilda loyiha tomonidan erishilgan natijalar loyihaning birinchi Idoralararo Kengashi yig‘ilishi doirasida muhokama qilindi.

  • 2014 Dek 26
    Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tahliliy hisobot nashr qilindi

    Mazkur tahliliy hisobot BMT Taraqqiyot Dasturining “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash/2-bosqich” loyihasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi ekspertlarini jalb qilgan holda tayyorlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi xalq deputatlari Kengashlari (XDK) ning faoliyatidagi dolzarb muammolarni o‘rganish va ularning faoliyatini takomillashtirish borasidagi yo‘nalishlarni aniqlashdan iborat.

  • 2014 Dek 19
    “Qamchiq” dovon yo’lida tabiiy ofatlar havfini kamaytirish amallari

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining hamkorligida amalga oshirilayotgan “Tabiiy ofatlar havf-xatarini boshqarish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida yangi yo’nalish “Qamchiq” dovoni yo’lida tabiiy ofatlar havfini kamaytirish” amalga oshirilmoqda. Ushbu tadbirlarni Yevropa Hamjamiyatining Gumanitar Yordam berish Departamenti (ECHO) hamda BMT Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi Vakolathonasi moliyaviy ko’magida amalga oshirilmoqda.