SubscribeSubscribe
Yangiliklar
  • BMT Agentliklari Orol boʻyidagi ekologik inqiroz oqibatlarini kamaytirish boʻyicha Qoʻshma dasturni ishga tushirmoqda 12-yan, 2017

    Insonning antropogen faoliyati taʼsiri borgan sari ekologik falokatlarni kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ular orasida eng ahamiyatlisi – Orol dengizini zavolga yuz tutishi va yerlarning choʻllanishidir. Bu jarayon millionlab aholining hayotida jiddiy ijtimoiy–iqtisodiy oqibatlar keltiribib chiqmoqda. Orol dengizi inqirozi oqibatlarini kamaytirish masalasi nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Yevrosiyo mintaqasi uchun muhim va dolzarbdir.

  • BMTTDning qonun ijodkorligi va qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini takomillashtirish bo'yicha loyihasi faoliyati natijalri sarhisob qilindi 23-dek, 2016

    2016 yil 23 dekabrida Toshkent shahrining "Poytaxt" biznes-markazida BMT Taraqqiyot Dasturining "Qonun va norma ijodkorligi hamda qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini modernizatsiya qilishga ko’mak” loyihasining 2014 - 2016 yillar davri mobaynida loyihaning erishilgan natijalarini hamda uning keyingi bosqichida amalga oshirish uchun rejalashtirilgan tadbirlar muhokama qilish maqsadida tashkil etilga Loyiha Kengashi yig'ilishi bo’lib o’tdi.

  • Yil sarhisobi va kelgusi yil uchun maqsadlar Idoralararo ishchi guruhi uchrashuvida muhokama qilindi 22-dek, 2016

    2016 yilning 22 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi majlislar zalida USAID va BMTTDning Oliy sud bilan "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo’lida hamkorlik" nomli qo'shma loyihasini amalga oshirishni tahlil qilish Idoralararo ishchi guruhining uchrashuvi bo'lib o'tdi.

  • BMTTD elektron hukumatni rivojlantirish loyihasi 2016-yil yakunlarini sarhisob qildi 9-dek, 2016

    2016-yil 9-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida BMTTD “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlari sifatini oshirish” loyihasining Loyiha kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Tadbirda loyihaning 2016-yil natijalari sarhisob qilinib, keyingi yilga moʻljallangan ishlar rejasi belgilab olindi.

  • Qulay va sifatly electron davlat xizmatlarini joriy etish: Latviya tajribasi o’rganildi 9-dek, 2016

    Latvia davlat tizimiga AKT vositalarini samarali va oqilona qo’llash natijasida davlat xizmatlari sifatini oshirish borasida katta yutuqlarni qo’lga kiritdi. Jumladan, ayni damda Latviyada 90% tadbirkorlik sub’ektlari va 73% dan ortiq aholi yuqori tezlikdagi Internet tarmoqlariga ulangan. 60% ortiq aholi elektron xizmatlardan foydalanadi va ushbu ko’rsatkich har yili o’sib bormoqda. Shu munosabat bilan Latviyaning elektron xizmatlarni rivojlantirish borasidagi tajribasini o’rganish Oʻzbekiston sharoitida katta ahamiyat kasb etadi.

  • Gidrometriya sohasidagi mutahassislar o’z bilm va malakalarini oshirdilar 6-dek, 2016

    Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini ta’minlashda irrigatsiyaning o’rni katta ahamiyatga egadir. Sug’orish tizimlarini malakali boshqarish asosan gidrometriya sohasidagi mutahassislarning bilim va tajribalariga bogliq. Shuning uchun, suv boshqaruvi sohasidagi suv o’lchovi va hisobotini olib boruvchi mutahassislarning malakalarini oshirish nihoyatda muhimdir.

  • Imkoniyati cheklangan kishilar hayot darajasini yanada yaxshilash yo‘lida 3-dek, 2016

    BMT Bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi 47/3 raqamli rezolyusiyasiga binoan har yili 3 dekabrda butun jahonda Xalqaro Nogironlar kuni nishonlanadi. Joriy yilda BMTning eng ko‘p ratifikasiya etiladigan xalqaro kelishuvlardan biri – Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilinganiga 10 yil bo‘ladi.

  • Yolg‘iz keksalar va nogironlar qo‘shimcha diqqat-e’tibor va himoya ostida 2-dek, 2016

    Oila qadriyatlari birinchi o‘rinda turadigan O‘zbekistonda azaldan oila va jamiyatda keksalarni e’zozlash va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga alohida e’tibor berilgan. Shu bilan birga, oilasiz yolg’iz yashayotgan hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj qariyalarga ham davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilmoqda.

  • “Demo Day” startapchilarning bozorga chiqishi uchun boshlang‘ich maydon bo‘ldi 1-dek, 2016

    “Demo Day” yoki “Startap – tashabbuslari”nomli startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturining yakunlovchi tadbiribir vaqtning o‘zida Dasturning final qismiga yetib kelgan 13 ta loyiha uchun yangi bosqichning ibtidosiga aylandi. Tadbir natijalariga ko‘ra, oltita loyiha investorlar va manfaatdor tashkilotlar bilan muzokaralar olib borayotgan bo‘lib, kelgusi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

  • “Demo Day”da 13ta talabalar jamoasining startap-loyihalari taqdim etiladi 30-noy, 2016

    2016 yil 30 noyabr kuni Toshkent shahrida Yoshlar startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturining «Demo Day» tadbiri bo‘lib o‘tadi. «Demo Day» - bu uch oylik dasturning yakuniy tadbiri bo‘lib, unda finalga yetib borgan ishtirokchilar kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun salohiyatli investorlar va manfaatdor tashkilotlarga o‘zlarining startap-loyihalarini taqdim etadilar.

BMTTD BMTTD dunyoda

Siz hozir BMTTD O'zbekiston 
O'ting BMTTD dunyo bo'ylab