SubscribeSubscribe

Yangiliklar

  • Imkoniyati cheklangan kishilar hayot darajasini yanada yaxshilash yo‘lida 3-dek, 2016

    BMT Bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi 47/3 raqamli rezolyusiyasiga binoan har yili 3 dekabrda butun jahonda Xalqaro Nogironlar kuni nishonlanadi. Joriy yilda BMTning eng ko‘p ratifikasiya etiladigan xalqaro kelishuvlardan biri – Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilinganiga 10 yil bo‘ladi.

  • Yolg‘iz keksalar va nogironlar qo‘shimcha diqqat-e’tibor va himoya ostida 2-dek, 2016

    Oila qadriyatlari birinchi o‘rinda turadigan O‘zbekistonda azaldan oila va jamiyatda keksalarni e’zozlash va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga alohida e’tibor berilgan. Shu bilan birga, oilasiz yolg’iz yashayotgan hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj qariyalarga ham davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilmoqda.

  • “Demo Day” startapchilarning bozorga chiqishi uchun boshlang‘ich maydon bo‘ldi 1-dek, 2016

    “Demo Day” yoki “Startap – tashabbuslari”nomli startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturining yakunlovchi tadbiribir vaqtning o‘zida Dasturning final qismiga yetib kelgan 13 ta loyiha uchun yangi bosqichning ibtidosiga aylandi. Tadbir natijalariga ko‘ra, oltita loyiha investorlar va manfaatdor tashkilotlar bilan muzokaralar olib borayotgan bo‘lib, kelgusi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.

  • “Demo Day”da 13ta talabalar jamoasining startap-loyihalari taqdim etiladi 30-noy, 2016

    2016 yil 30 noyabr kuni Toshkent shahrida Yoshlar startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturining «Demo Day» tadbiri bo‘lib o‘tadi. «Demo Day» - bu uch oylik dasturning yakuniy tadbiri bo‘lib, unda finalga yetib borgan ishtirokchilar kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun salohiyatli investorlar va manfaatdor tashkilotlarga o‘zlarining startap-loyihalarini taqdim etadilar.

  • Andijon viloyatida biogaz qurilmasi ishga tushirildi 28-noy, 2016

    O‘zbekiston xozirgi kunga qadar sezilarli darajada foydalanilmayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llash bo‘yicha imkoniyati keng. Dastlabki hisoblarga ko‘ra, O‘zbekistondagi biogazning umumiy miqdori 8,9 mlrd.kubometr deb baholandi. Issiqlik berishi 6,5 mlrd. kubometr tabiiy gazga to‘g‘ri keladi, bu esa O‘zbekistonda energiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojning yillik 10%ni tashkil etadi.

  • O’zbekistonda ochiq ma’lumotlar innovatsiyalar manbaiga aylanmoqda 27-noy, 2016

    Toshkentda 2016-yilning 24-27-noyabr kunlari ochiq ma’lumotlar asosida ilovalar, servislar hamda infografika yaratish bo’yicha «MIT.UZ Open Data Challenge 2016» tanlovi boʻlib oʻtdi. Joriy yilda 130 nafar ishtirokchini qamrab olgan mazkur xakaton Toshkentdagi Inxa Universitetida boʻlib oʻtdi.

  • BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi gender tengligiga bag`ishlangan turkum tadbirlar o`tkazmoqda 25-noy, 2016

    BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi ayollarga nisbatan zo`ravonlikning barcha turlariga barham berish haqidagi global chorlovni qo`llab-quvvatlaydi. Har yili butun dunyo bo`ylab “Ayollarga nisbatan zo`ravonlikka qarshi 16 kunlik harakat” nomini olgan kampaniya o`tkaziladi. Ushbu kampaniya 25 noyabr, Ayollarga nisbatan zo`ravonlikka qarshi halqaro kunida boshlanib, 10 dekabr, Halqaro inson huquqlari kunida yakunlanadi va mazkur ikki kunni ramziy ravishda bog`lab, ayollarga nisbatan zo`ravonlik inson huquqlariga zid ekanligini ifoda etadi.

  • Samarali dehqonchilik uchun axborot texnologiyalari 21-noy, 2016

    SSP va BMTTD o‘rtasidagi “O‘zbekiston biznes-forumi (III-bosqich)” qo‘shma loyihasini amalga oshirish doirasida respublikadagi qator qishloq tumanlarida meteostansiyalar o‘rnatiladi. Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan maqsad axborot texnologiyalarini qo‘llash, dehqonchilik jarayonlarini avtomatlashtirish, xo‘jalik boshqaruvi va rejalashtirishini maqbullashtirish orqali qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishdan iborat.

  • O‘zbekistonda Xalqaro tadbirkor ayollar kuni nishonlandi 19-noy, 2016

    Toshkentda Xaqaro tadbirkor ayollar kuniga bag‘ishlanib o‘tkazilgan anjuman doirasida O‘zbekiston iqtisodiyotida tadbirkor ayollarning ahamiyati, istiqbolda ayollar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

  • Latviyaning mahalliy boshqaruv sohasidagi tajribasi Toshkentda muhokama qilindi 18-noy, 2016

    Shu yilning 4-12 sentabr kunlari O‘zbikiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, iqtisodiyot va moliya vazirliklari, Jizzax, Namangan va Toshkent viloyati hokimliklarining hududiy rivojlantirishga ma’sul bir qator xodimlari Latviyaga mahalliy boshqaruv va hududiy rivojlantirish borasidagi tajribani yaqindan o‘rganish maqsadida o‘quv safarini amalga oshirishdi. Tanishuv tashrifi BMTTDning mamlakatimizdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan Latviya Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida tashkillashtirildi.