SubscribeSubscribe

Yangiliklar

  • Qay tarzda ixchamlik, ochiqlik va hamkorlik Buyuk Britaniyada e-hukumat rivojini ta’minladi 17-apr, 2017

    Qanday qilib Buyuk Britaniyaning ilg’or tajribasi O’zbekistonda davlat xizmatlarini takomillashtirish va elektron shaklga o’tkazishda qo’l kelishi mumkin? Ushbu mavzuga bag’ishlangan trening va davra suhbati eng talabgir davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi 30dan ziyod vazirlik va idora vakillarini jamladi.

  • Orolbo'yi rivoji – hamkorlikning ustuvor yo'nalishi 14-apr, 2017

    13-14-aprel kunlari Oʿzbekistonda akkreditatsiyadan oʿtgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, mamlakatimiz vazirliklari, idoralari, milliy va hududiy OAV vakillari BMTning Qoʿshma dasturi “Orolbo'yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʿyicha koʿpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojeasidan zarar koʿrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” tashabbusi bilan Qoraqalpogʿiston Respublikasiga tanishuv safarida ishtirok etishdi. Asosiy maqsad - BMT Qoʿshma dasturining birinchi bosqichida erishilgan natijalar bilan tanishish, qatnashchilarga donorlarning keng ishtiroki orqali tuzilishi taklif qilinayotgan koʿpsheriklik fondining hamda Orolboʿyi mintaqasi rivojiga qaratilgan sayi xarakatlarni birlashtirishning ahamiyati haqida ma’lumot berishdir.

  • O‘zbekistonlik mutaxassislar o‘rta muddatli byudjet bo‘yicha Chexiya tajribasini o‘rganishdi 7-apr, 2017

    2017 yilning 3-7 aprel kunlari BMTTD “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-qu vvatlash” loyihasi (2-faza) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyati hokimiyati, moliya va iqtisodiyot boshqarmalari rahbar va yetakchi mutaxassislari uchun Chexiya Respublikasiga o‘quv safari tashkil qilindi.

  • Suv ho’jaligi sohasidagi mutahassislar malakasini oshirish 4-apr, 2017

    2017 yilning 16 martidan 4 apreliga qadar Yevropa Ittifoqining “O’zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Texnik salohiyatni mustahkamlash” qo’shma loyihasi doirasida 130 ta respublikamizning suv ho’jaligi tizimi rahbarlariga malaka oshirish o’quv kurslari tashkil etildi. O’quv kurslari teoretik va amaliy topshiriqlardan iborat bo’lgan quyidagi oltita yo’nalish bo’yicha tahkil etildi: suv resurslarini boshqarish, gidromelioratsiya, yirik gidroqurilmalar va suv omborlari, nasos stantsiyalar va energotejamkorlik va Suv iste’molchilari uyushmalari.

  • O‘zbekistonlik mutaxassislar tabiiy sovitish agentlarini qo‘llash bo‘yicha bilimlarini oshirdilar 31-mar, 2017

    Sovitish texnikasi sohasida ishlaydigan O‘zbekistonlik mutaxassislar 2017 yil 27- 31 mart kunlari Rottenburg-Nekkar shahrida (Germaniya) tashkil qilingan xalqaro treningda ishtirok etdi.

  • O‘zbekistonda Butunjahon suv kuni nishonlandi 23-mar, 2017

    BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasidagi «Texnik salohiyatni mustahkamlash» loyihasi tomonidan 2017 yilning 16-22 martiga qadar Butunjahon suv kunigan bag‘ishlangan bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

  • Startaplarni qo’llab-quvvatlash dasturining ikkinchi bosqichida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda 20-mar, 2017

    BMT Taraqqiyot Dasturi va Savdo-sanoat palatasining “O’zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)” qo’shma loyihasi Fan va texnologiyalar agentligi bilan hamkorlikda startap-tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash dasturining ikkinchi bosqichini boshlab yubordi. Mazkur dastur o’zining biznesini boshlashda hamda tadbirkorlik ko’nikmalarini oshirishda yoshlarga yordam ko’rsatishga qaratilgan.

  • BMTTD O’zbekistonda Buyuk Britaniyaning davlat xizmatlarini takomillashtirish borasidagi ilg’or tajribasini o’rganishga ko’maklashmoqda 16-mar, 2017

    “Poytaxt” biznes-markazida davlat xizmatlarini Buyuk Britaniya tajribasi misolida takomillashtirish boʻyicha trening boʻlib oʻtmoqda, unda 30 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, vazirlik va idoralarning, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekistondagi BMT taraqqiyot Dasturi, Buyuk Britaniya elchixonasi va Osiyo taraqqiyoti banki vakillari ishtirok etmoqdalar.

  • Iqlim oʻzgarishi: global muammolarni yechimiga mahalliy yondashuv 13-mar, 2017

    10-11-mart kunlari Qoraqalpogʻistonning Muynoq tumanidagi “Ushsay” va Taxtakoʻpir tumanining “Qara oy” qishloq fuqarolar yigʻinlarida oʻrmon xoʻjaliklari va mahalliy birlashmalar vakillari uchun landshaftlar darajasida amalga oshiriladigan, adaptatsiya (moslashish) choralarini koʻrish boʻyicha tadbirlarni ta’minlash maqsadida oʻrmon xoʻjaliklari va mahalliy birlashmalarning oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha dala-namoyish seminarlari oʻtkazildi. Seminarlar Oʻzbekistonning turli hududlarida joriy yilning 10-17-mart kunlari mobaynida boʻlib oʻtadigan iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan turkum tadbirlarni boshlab berdi.

  • BMTTD suv xojaligi mutahassislarini suv resurslarining samarali taqsimoti va nazorati borasida bilimlarini oshirdilar 10-mar, 2017

    60 nafar respublikaning irrigatsiya tizimi mutaxassislari, hamda Farg’ona vodiysining birlashgan dispecher xizmati va Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari gidropostlarini standartlashtirish, sertifikatlash, suv xajmi va taqsimotini hisoblash hamda gidrotehnik inshootlarini qurish va ta’minlash bo’yicha o’z bilm va malakalarini oshirdilar. Tashkil etilgan ikki haftalik o’quv treningi BMT TD va Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining qo’shma “Texnik salohiyatni mustahkamlash” loyihasi tomonidan tashkil qilindi. Bu loyiha Yevropa Ittifoqining “O’zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.