SubscribeSubscribe
Yangiliklar
  • E-SUD – odil sudlovning innovatsion tizimi 28-sen, 2017

    400 dan ortiq tinglovchilar, shu jumladan, sud raislari, sudlar, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlarining kanselyariya mudirlari, kommunal xizmat va soliq inspeksiyasi xodimlari hamda advokatlar va huquqshunoslar E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimidan foydalanishga bag‘ishlangan treninglarda ishtirok etib o‘z bilim va malakalarini oshirishdi.

  • BMTTD va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekistonning baland tog‘ ekotizimlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan yangi loyihasini ishga tushiradi 21-sen, 2017

    Butun dunyoda Markaziy Osiyo tog‘larining ramzi sifatida tan olingan qor qoploni O‘zbekistonning baland tog‘ cho‘qqilarida yashaydi. Uning tabiiy yashash joylari – G‘arbiy Tyan Shan va Pamir-Oloy tog‘lari – butun dunyo bioxilmaxilligi hamda jamiyat taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim bo‘lib hisoblanadi, biroq bu joylar bir qator jiddiy xavflarga yuz tutgan. Mazkur xavflar, avvalan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik oqibatida yaylov va o‘rmonlarning tanazzulga uchrayotganligi sababli yuzaga kelgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining yangi loyihasi doirasida mazkur xavflarning bartaraf etilishi, kamaytirilishi ko‘zda tutilgan.

  • BMT va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Helena Freyzerning O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi yuzasidan bildirgan fikri 14-sen, 2017

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2017 yil 8 sentabr kunida O‘zbekiston Republikasi qabul qilgan Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini mamnuniyat bilan qabul qildi. Mazkur Konsepsiyada 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq samarali va shaffof davlat boshqaruvi tizimini barpo etishga qaratilgan islohotlar belgilangan bo‘lib, ular fuqarolar huquqi va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilishga xizmat qiladi.

  • Xelena Freyzer: “Markaziy Osiyoda Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish” mavzuidagi davra suhbatida aytilgan nutqi 31-avg, 2017

    Meni Bryusselga taklif etib, Markaziy Osiyo hududi, xususan O‘zbekistondagi barqaror taraqqiyot masalalari to‘g‘risida nutq so‘zlash imkonini taqdim etganingiz uchun sizga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Muhtaram elchi janobi oliylari O‘zbekiston Hukumati BMTning Barqaror taraqqiyot dasturini to‘liq qabul qilib olgani haqida aniq gapirdi, shuning uchun men ushbu mavzuda boshqa to‘xtalmayman. Men biz ayni paytda qaysi bosqichdaligimiz haqida qisqacha gapirib, uchta muhim masalani ko‘tarmoqchiydim.

  • Oʻzbekistonning qishloq joylarida energiya samarador uylar quriladi 25-avg, 2017

    2017-yilning 25-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, BMTning Oʻzbekistondagi Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan Global ekologik fondi granti asosida amalga oshiriladigan “Oʻzbekistonda energiya samaradorligi yuqori boʻlgan qishloq turar-joy binolari qurilishini rivojlantirishga koʻmaklashish” yangi loyihasi rasmiy ishga tushirildi.

  • «Startap-tashabbuslar» dasturi 40 ta jamoaga «g‘oyadan to biznesgacha» yo‘lini bosib o‘tishga ko‘maklashadi 21-avg, 2017

    Bugun, 21 avgust kuni, Yoshlarning startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan uy oylik dastur o‘z ishini boshladi. Tanlov saralashining natijasiga ko‘ra, «Startap-tashabbuslari» dasturining ikkinchi davrida butun O‘zbekistondan topshirilgan 40 ta startap-loyiha ishtirok etmoqda.

  • Inson xavfsizligi Konsepsiyasi boʻyicha treninglar 19-avg, 2017

    Shu yilning 17-18-avgust kunlari Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat boshqaruvi organlari: hududiy vazirliklar mutaxassislari, Qoraqalpogʻistonning barcha tumanlari hokimliklari va jamoat tashkilotlarining jami 48ta vakili uchun treninglar boʻlib oʻtdi. Treninglarni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad Inson xavfsizligi Konsepsiyasida aks ettirilgan tamoyillarga urgʻu bergan holda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohalarida mashgʻul boʻlgan mutaxassislarning kasbiy koʻnikmalarini oshirishdan iborat edi.

  • Genderli kreditlash ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga yordam beradi 15-avg, 2017

    2017 yilning 15 avgustida Toshkent shahrida 28 ta tijorat banklari vakillari uchun kichik biznesni kreditlashning gender jihatlariga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTTDning “O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)” qo‘shma loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ko‘magida seminar tashkilotchisi bo‘lib hisoblanadi. Seminar O‘zbekistonda ayol tadbirkorlar uchun huquqiy va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga yo‘naltirilgan.

  • BMT Rezident-koordinatori, BMTTD Doimiy vakili bilan uchrashuv 3-avg, 2017

    2017-yilning 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili etib tayinlangan Helen Freyzerni qabul qildi.

  • O‘zbekistonda biznes muhitni yaxshilash uchun nimalar zarur 1-avg, 2017

    “O‘zbekiston Respublikasining Jahon banki “Biznes yuritish” yillik hisobotidagi reytingini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ommaviy muhokama uchun e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va BMTTDning “O‘zbekiston Biznes-forumi (III-faza)” qo‘shma loyihasi ushbu hujjatni ishlab chiqishda ishtirok etdi hamda 2017 yilning may oyida tashkil etilgan “davra suhbati” davomida muhokama qilingan, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga doir tavsiyalarni taqdim etdi.

BMTTD BMTTD dunyoda

Siz hozir BMTTD O'zbekiston 
O'ting BMTTD dunyo bo'ylab