SubscribeSubscribe

Yangiliklar

  • BMTTD “Startap-tashabbuslari” dasturida ishtirok uchun eng yaxshi startap-loyihalarni saralamoqda 20-iyl, 2017

    Dastlabki saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan butun O‘zbekistondan bo‘lgan qariyb 85 ta jamoa iyul oyi o‘rtasida kengaytirilgan ekspertlar jamoasi oldida startap-loyihalarini taqdim etdilar. Ekspertlarning baholashi natijalari bo‘yicha 30 ta eng yaxshi loyiha uch oy davom etadigan Yoshlar startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu Dastur “O‘zbekiston biznes-forumi (III-bosqich)” BMTTD va SSPning qo’shma loyihasi tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Sasol” kompaniyasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

  • Markaziy Osiyoda meva va sabzavotlar sektorining sifat va barqarorligini takomillashtirish yo'lida 13-iyl, 2017

    Mazkur seminar bu yo‘nalishda O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan bo’lib Yevropa, Janubiy Sharqiy Osiyo, Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK), BMTTD va GIZ xalqaro mutaxassislari hamda butun Markaziy Osiyo mintaqasining davlat va xususiy sektor vakillarini birlashtirdi. Ishtirokchilar oziq - ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizligini oshirish, Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barqaror savdosini yo‘lga qo‘yish borasida o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi.

  • O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun nimalar zarur? 3-iyl, 2017

    Nilufar Odilboboyeva so‘ngi 15 yil davomida «Adel Tex» to‘qimachilik korxonasiga rahbarlik qilish bilan bir qatorda, shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yish niyatida bo‘lgan ayollarga maslahatlari bilan ko‘maklashib keladi. Ayol-tadbirkor qanday qiyinchiliklarga to‘qnash kelishi unga shaxsiy tajribasidan ma’lum. Shu bois, Nilufar va yana 100 dan ziyod o‘zbekistonlik ayol-tadbirkorlar shu kunlarda Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi Respublika Ishbilarmon ayollar forumida ishtirok etdilar.

  • BMTTD va milliy hamkorlar O'zbekistonda mahalliy hukumat tizimini modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini muhokama qildilar 14-iyn, 2017

    Mahalliy boshqaruv tizimining huquqiy asoslari, hudularni kompleks rivojlantirishni amalga oshirish, mahalliy boshqaruv organlarining javobgarligi va oshkoraligini oshirish va davlat xizmatlarini sifatini yaxshilash masalalari 14 iyun kuni bo’lib o’tgan "Mahalliy boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish: xorijiy tajriba va O’zbekistondagi islohotlar" O’zbekiston Republikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (DBA) tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda hamda Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi moliyaviy ko’magida tashkillashtirilgan ilmiy-amaliy anjumanida muhokama qilindi.

  • E-SUD tizimi qamrovi geografik jihatdan kengaymoqda 12-iyn, 2017

    2017 yil 1 may holatiga ko‘ra E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi (http://v3.esud.uz/) orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlariga 90 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Bu esa 2016 yil ayni shu davr holatigacha bo‘lgan ko‘rsatgichdan 7,5 marta ko‘pdir.

  • Butunjahon atrof-muhit muhofazasi kuniga bag’ishlangan eko hashar 2-iyn, 2017

    O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhit muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) bilan birgalikda 2 iyun kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi tog‘oldi hududlarini tozalash bo‘yicha ekologik aksiyani tashkil etdi.

  • Mahalliy boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish bo'yicha muzokaralarda qatnashish uchun taklif qilamiz 1-iyn, 2017

    2017-yilning 14-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi O'zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda “Mahalliy boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish: xalqaro tajriba va O'zbekistondagi islohotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o'tkazishni rejalashtirmoqda.

  • O‘zbekiston: atrof-muhit muhofazasida yangicha yondashuvlar 31-may, 2017

    Joriy yilning 31 may kuni Xalqaro press-klubda «Ekologik haftalik – 2017» tadbiriga start berildi. Unda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O‘ktam O‘tayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Boriy Alixonov, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili Farid Qoraxonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, bir qator vaziriklar, idoralar, NNT, xorij va mahalliy OAV vakillari ishtirok etdilar.

  • BMTTD O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish loyihalarini yo‘lga qo‘ymoqda 29-may, 2017

    SSP va BMTTD o‘rtasidagi «O‘zbekiston biznes-forumi (III - bosqich)» loyihasi O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish uchun huquqiy va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga doir yangi tashabbusni ishga tushirmoqda.

  • «Startap-tashabbuslar» dasturi: talabalarning biznesga qiziqishi qanchalar o‘smoqda? 22-may, 2017

    Joriy yilda ishga tushirilgan Yoshlarning startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturining ikkinchi bosqichi O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlarining talabalari va o‘qituvchilari tarkibini qamrab oldi. Murojaat qilganlar soni avvalgi bosqichga nisbatan 1,4 barobarga o‘sdi, ishtirokchi oliygohlarning soni esa 57 taga yetdi.