SubscribeSubscribe

Yangiliklar

  • Xelena Freyzer: “Markaziy Osiyoda Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish” mavzuidagi davra suhbatida aytilgan nutqi 31-avg, 2017

    Meni Bryusselga taklif etib, Markaziy Osiyo hududi, xususan O‘zbekistondagi barqaror taraqqiyot masalalari to‘g‘risida nutq so‘zlash imkonini taqdim etganingiz uchun sizga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Muhtaram elchi janobi oliylari O‘zbekiston Hukumati BMTning Barqaror taraqqiyot dasturini to‘liq qabul qilib olgani haqida aniq gapirdi, shuning uchun men ushbu mavzuda boshqa to‘xtalmayman. Men biz ayni paytda qaysi bosqichdaligimiz haqida qisqacha gapirib, uchta muhim masalani ko‘tarmoqchiydim.

  • Oʻzbekistonning qishloq joylarida energiya samarador uylar quriladi 25-avg, 2017

    2017-yilning 25-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, BMTning Oʻzbekistondagi Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan Global ekologik fondi granti asosida amalga oshiriladigan “Oʻzbekistonda energiya samaradorligi yuqori boʻlgan qishloq turar-joy binolari qurilishini rivojlantirishga koʻmaklashish” yangi loyihasi rasmiy ishga tushirildi.

  • «Startap-tashabbuslar» dasturi 40 ta jamoaga «g‘oyadan to biznesgacha» yo‘lini bosib o‘tishga ko‘maklashadi 21-avg, 2017

    Bugun, 21 avgust kuni, Yoshlarning startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan uy oylik dastur o‘z ishini boshladi. Tanlov saralashining natijasiga ko‘ra, «Startap-tashabbuslari» dasturining ikkinchi davrida butun O‘zbekistondan topshirilgan 40 ta startap-loyiha ishtirok etmoqda.

  • Inson xavfsizligi Konsepsiyasi boʻyicha treninglar 19-avg, 2017

    Shu yilning 17-18-avgust kunlari Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat boshqaruvi organlari: hududiy vazirliklar mutaxassislari, Qoraqalpogʻistonning barcha tumanlari hokimliklari va jamoat tashkilotlarining jami 48ta vakili uchun treninglar boʻlib oʻtdi. Treninglarni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad Inson xavfsizligi Konsepsiyasida aks ettirilgan tamoyillarga urgʻu bergan holda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohalarida mashgʻul boʻlgan mutaxassislarning kasbiy koʻnikmalarini oshirishdan iborat edi.

  • Genderli kreditlash ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga yordam beradi 15-avg, 2017

    2017 yilning 15 avgustida Toshkent shahrida 28 ta tijorat banklari vakillari uchun kichik biznesni kreditlashning gender jihatlariga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar o‘z ishini boshladi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTTDning “O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)” qo‘shma loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ko‘magida seminar tashkilotchisi bo‘lib hisoblanadi. Seminar O‘zbekistonda ayol tadbirkorlar uchun huquqiy va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga yo‘naltirilgan.

  • BMT Rezident-koordinatori, BMTTD Doimiy vakili bilan uchrashuv 3-avg, 2017

    2017-yilning 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili etib tayinlangan Helen Freyzerni qabul qildi.

  • O‘zbekistonda biznes muhitni yaxshilash uchun nimalar zarur 1-avg, 2017

    “O‘zbekiston Respublikasining Jahon banki “Biznes yuritish” yillik hisobotidagi reytingini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ommaviy muhokama uchun e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va BMTTDning “O‘zbekiston Biznes-forumi (III-faza)” qo‘shma loyihasi ushbu hujjatni ishlab chiqishda ishtirok etdi hamda 2017 yilning may oyida tashkil etilgan “davra suhbati” davomida muhokama qilingan, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga doir tavsiyalarni taqdim etdi.

  • Qoraqalpogʻiston fermerlarini dalalarni lazer texnologiyalari orqali tekislash boʻyicha seminarga taklif etamiz 28-iyl, 2017

    Qoraqalpogʻiston Respublikasining Chimboy tumanida “Qoraqalpogʻistonda dala maydonlarini lazer texnologiyalari orqali tekislash afzalliklarini namoyish etgan holda resurslarni tejovchi agro-texnologiyalar namunalarini taqdim etish” mavzusida besh kunlik seminar boʻlib oʻtadi. Unda ishtirok etish uchun Chimboy, Kegeyli va Muynoq tumanlaridan 50 nafarga yaqin fermer va dehqon xoʻjaliklari vakillari taklif etilgan. Qayd etish joizki, shu yilning aprel oyida, ekin ekish mavsumi arafasida, ana shunday treninglar 120 nafar fermer va dehqonlar ishtirokida Qonlikoʻl va Taxtakoʻpir tumanlarida ham boʻlib oʻtgandi. Oʻsha vaqtda besh nafar fermer ayol ham seminarlarga qiziqish bildirishdi.

  • Iqlim o‘zgarishi va ozon qatlami muhofazasi mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro fotosuratlar tanlovi 24-iyl, 2017

    Dunyoning turli davlatlarida yashovchi professional va professional bo‘lmagan suratkashlar 2017 yil 10 iyuldan 11 sentabrgacha bo‘lib o‘tadigan iqlim o‘zgarishi va ozon qatlami muhofazasi mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro fotosuratlar tanlovida ishtirok etishga taklif qilinadi.

  • BMTTD “Startap-tashabbuslari” dasturida ishtirok uchun eng yaxshi startap-loyihalarni saralamoqda 20-iyl, 2017

    Dastlabki saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan butun O‘zbekistondan bo‘lgan qariyb 85 ta jamoa iyul oyi o‘rtasida kengaytirilgan ekspertlar jamoasi oldida startap-loyihalarini taqdim etdilar. Ekspertlarning baholashi natijalari bo‘yicha 30 ta eng yaxshi loyiha uch oy davom etadigan Yoshlar startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu Dastur “O‘zbekiston biznes-forumi (III-bosqich)” BMTTD va SSPning qo’shma loyihasi tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi hamda “Sasol” kompaniyasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.