SubscribeSubscribe

Yangiliklar

  • BMT Bosh kotibi yordamchisi fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga tashrif buyurdi 10-noy, 2017

    O‘zbekistonga “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyaga ishtirok etish uchun tashrif buyurgan BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturi ma’muri yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori Ayshe Jihan Sultanog‘lu E-SUD milliy axborot tizimi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida bo‘ldi.

  • Toshkent viloyatida fermerlarga ko‘mak sifatida to‘rtta meteostansiya o‘rnatilmoqda 27-okt, 2017

    Savdo-sanoat palatasi va BMTTD o‘rtasidagi “O‘zbekiston biznes-forumi (III-bosqich)” qo‘shma loyiha tomonidan Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligi meteostansiyalarini o‘rnatish hamda ushbu hududda joylashgan 800 ta fermer va dehqon xo‘jaliklarini agrotexnik tadbirlarni o‘tkazishga oid bepul professional tavsiyalar bilan ta’minlash bo‘yicha tashabbus yo‘lga qo‘yilmoqda.

  • O‘zbekiston-BMT: Barqaror rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik 24-okt, 2017

    24 oktyabrda Toshkentdagi Xalqaro Press-klubda O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topgan kunga bag‘ishlangan barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va BMTTD elektron hukumat sohasini birgalikda rivojlantirishadi 17-okt, 2017

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va BMTTD tomonidan ishga tushirilgan loyiha maqsadi – jamiyat va iqtisodiyot jarayonlari oʻzgarishini jadallashtirish, hamda fuqarolar ehtiyojlariga muvofiq boʻlgan sifatli davlat xizmatlarini taqdim etish uchun, davlat boshqaruvi va raqamlashtirish sohalaridagi islohotlarga yordam berish.

  • Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona vodiysidagi tumanlararo sudlar zamonaviy multimediya uskunalari bilan ta'minlandi 16-okt, 2017

    2017 yil 13 oktyabr kuni E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimidan foydalanish samarodligini oshirish maqsadida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona vodiysidagi o‘n beshta tumanlararo sudlarga 57 jamlanma zamonaviy kompyuter topshirildi.

  • Helena Freyzer, BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakili va Olivye Shav, Shveytsariyaning Oʻzbekistondagi elchisi Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurishdi 14-okt, 2017

    12-14-oktabr kunlari Helena Freyzer, BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakili va Olivye Shav, Shveytsariyaning Oʻzbekistondagi elchisi Orolbo'yi hududning hozirgi ahvoli, hukumatning ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha olib borayotgan sa’y-harakatlari, iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, hamda BMTning mamlakatni shimoliy hududidagi faoliyati bilan tanishish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif BMTning inson xavfsizligi boʻyicha Maqsadli fondining moliyaviy koʻmagi orqali moliyalashtirilayotgan “Orol mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojeasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” Qoʻshma dasturi tomonidan tashkil etildi.

  • O‘zbekistonda xususiy biznesini boshlashda ayollar to‘qnashadigan muammolar Savdo- Sanoat Palatasi BMTTD tomonidan o‘rganilmoqda 13-okt, 2017

    Savdo-Sanoat Palatasi va BMTTDning “O‘zbekiston biznes-forumi (III - bosqich)” loyihasi tomonidan Xotin-qizlar qo'mitasi va Ishbilarmon ayollar uyushmasi hamkorligida O‘zbekistonda biznesni yo‘lga qo‘yish, boshqarish va kengaytirishda ayollar to‘qnash keladigan to‘siqlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqot olib borilmoqda. Tadqiqot natijalari mamlakatda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha tavsiyalarni tayyorlash uchun zamin yaratadi.

  • E-SUD – odil sudlovning innovatsion tizimi 28-sen, 2017

    400 dan ortiq tinglovchilar, shu jumladan, sud raislari, sudlar, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudlarining kanselyariya mudirlari, kommunal xizmat va soliq inspeksiyasi xodimlari hamda advokatlar va huquqshunoslar E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimidan foydalanishga bag‘ishlangan treninglarda ishtirok etib o‘z bilim va malakalarini oshirishdi.

  • BMTTD va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekistonning baland tog‘ ekotizimlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan yangi loyihasini ishga tushiradi 21-sen, 2017

    Butun dunyoda Markaziy Osiyo tog‘larining ramzi sifatida tan olingan qor qoploni O‘zbekistonning baland tog‘ cho‘qqilarida yashaydi. Uning tabiiy yashash joylari – G‘arbiy Tyan Shan va Pamir-Oloy tog‘lari – butun dunyo bioxilmaxilligi hamda jamiyat taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim bo‘lib hisoblanadi, biroq bu joylar bir qator jiddiy xavflarga yuz tutgan. Mazkur xavflar, avvalan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik oqibatida yaylov va o‘rmonlarning tanazzulga uchrayotganligi sababli yuzaga kelgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining yangi loyihasi doirasida mazkur xavflarning bartaraf etilishi, kamaytirilishi ko‘zda tutilgan.

  • BMT va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Helena Freyzerning O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi yuzasidan bildirgan fikri 14-sen, 2017

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi 2017 yil 8 sentabr kunida O‘zbekiston Republikasi qabul qilgan Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini mamnuniyat bilan qabul qildi. Mazkur Konsepsiyada 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq samarali va shaffof davlat boshqaruvi tizimini barpo etishga qaratilgan islohotlar belgilangan bo‘lib, ular fuqarolar huquqi va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilishga xizmat qiladi.