Yangiliklar
  • Sudyalar, sud lavozimiga nomzod va sud hodimlarining uzluksiz ta`limi: horijiy va milliy amaliyot2016 Iyul 222016 yill, 22 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi maylislar zalida, sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud hodimlarini tayyorlash va malakasini oshirishda xoriyiy va milliy amaliyotni muhokama qilishga bag`ishlangan “Davra suhbati” bo`lib o`tdi. Mazkur tadbir O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot Dasturi o`rtasida birgalikda amalga oshirilayotgan “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo`shma loyihasi tomonidan qonun ustuvorligi va odil sudlov tizimiga muroyaat etish imkoniyatini kengaytirish masalalari bo`yicha xalqaro ekspert Yoanna Bruksning (Buyuk Britaniya) O`zbekistonga tashrifi doirasida tashkillashtirilgan.

  • Yashil iqlim jamg‘armasining moliyaviy yordamini olish yo‘lida O‘zbekistonda yana bir muhim qadam qo‘yildi2016 Iyul 21Butun Markaziy Osiyo hududi va jumladan O‘zbekiston hududi bo‘yicha iqlimning isishi kuzatilmoqda. Qurg‘oqlik indeksiga ko‘ra (BMTning Atrof-muhit dasturi doirasida baholanishicha) O‘zbekistonning aksariyat qismi qurg‘oqchil deb ta’riflanishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekistonda yerlarning tanazzulga uchrashi va qumlanish darajasi nihoyatda yuqori bo‘lib, bu yerlar qurg‘oqlik zonasi deb ham hisoblanadi. O‘rtacha yillik haroratlar har 10 yildan keyin 0,29 0C ga ko‘tarilib, iqlim o‘zgarishi oqibatida mamlakat aholisi va hududlari boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq aziyat chekishi mumkin, chunki O‘zbekistondagi iqlim isishining sur’atlari butun dunyo ko‘rsatkichlari bilan qiyoslaganda ikki barobar yuqoridir.

  • Estoniyalik elektron hukumat bo‘yicha ekspertning O‘zbekistonga tashrifi2016 Iyul 18Estoniyalik elektron hukumat bo‘yicha ekspert Villem Alango «O‘zbekistonda nogiron shaxslarga va yolg‘iz qariyalarga professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatish» loyihasi doirasida 2 haftalik missiya bilan O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Uning tashrifi ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, davlat mulk kadastri sohasida, shuningdek boshqa sohalarda elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Estoniya tajribasini o‘rganish, turli davlat va nodavlat organlari o‘rtasida axborot almashish uchun muhim imkoniyatlarni taqdim etdi.

  • Markaziy Osiyoda qurutilgan meva va yong‘oqlarni sifatini yaxshilash va yetishtirishni barqarorligini ta’minlash yo‘lida2016 Iyul 1311-13 iyul kunlari Toshkentda o‘z yo‘nalishida ilk bor halqaro mutaxassislar, BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi, BMTTD, GIZ vakillari hamda hududiy jamoatchilik va hususiy sektor vakillari ishtirokida “Qurutilgan meva va yong‘oqlarni halqaro agrooziq-ovqat savdo tizimini takomillashtitish” mavzusida uch kunlik seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari iste’moldagi oziq-ovqatlarning sifatini oshirish va ularning xafsizligi, Markaziy Osiyoda agro oziq-ovqatlarning savdosining barqarorligi yuzasidan fikr-mulohazalari bilan almashishdi.

  • “Yosh qutqaruvchilar” – doimo tayyor!2016 Iyul 1Buxoro shahrida mamlakatning turli hududlaridan kelgan 112 nafar yigit va qizlar aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo'yicha o'z bilimlarini, shifokor kelguncha birinchi yordam ko'rsatish ko'nikmalarini, turli uskuna-anjomlardan foydalanish va qisqa muddatda to'g'ri qaror qabul qila olish mahoratini namoyish qildilar.

  • O‘zbekistonda qanday qilib elektron hukumatni keng targ‘ib qilish va ommalashtirish mumkin?2016 Iyun 17Bu masala, Toshkent shahrida, elektron hukumatni targ‘ib qilishda kommunikatsiyalarning axamiyatini muhokama qilish uchun, “Poytaxt” biznes markazida yig‘ilgan davlat axborot xizmati xodimlari, ijtimoiy munosabatlar bo‘yicha mutahassislar va jurnalistlar uchun bo‘lib o‘tgan o‘quv seminarda asosiy mavzu bo‘ldi.

  • Nоgirоnlаrni оqilоnа ishgа jоylаshtirish vа kаsbiy rеаbilitаtsiyaning dоlzаrb muаmmоlаri2016 Iyun 17Tоshkеnt shаhrining “Pоytахt” biznеs mаrkаzidа “Nоgirоnlаrni оqilоnа ishgа jоylаshtirish vа kаsbiy rеаbilitаtsiyaning dоlzаrb muаmmоlаri” mаvzusigа bаg’ishlаb nаvbаtdаgi o’quv-uslubiy sеminаr o’tkаzildi. Sеminаr yig’ilishi Rеspublikа Tibbiy-ijtimоiy ekspеrtizа inspеksiyasi tоmоnidаn BMTning tаrаqqiyot dаsturi ko’mаgidа tаshkil etildi.

  • O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan sud-huquq tizimiga AKT larning joriy etilishi mavzuiga bag`ishlangan press-konferentsiya uyushtirildi2016 Iyun 10Milliy matbuot markazida “Sud-huquq tizimiga axborot kommunkatsiya texnologiyalarning joriy etilishi – ishlarni ko`rishning sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi” mavzuiga bag`ishlangan press-konferentsiya bo`lib o`tdi. Mazkur tadbir O`zbekiston respublikasi Oliy sudi tomonidan, Oliy sud, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot Dasturining “Ozbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo`shma loyihasi ishtirokida uyushtirildi. Tadbirda jurnalistlar va bosma, tele- va radio OAV vakillari ihstirok etishdi. Jurnalislar savollariga Oliy sud sudyasi, Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov kollegiyasi raisi Holmumin Yodgorov javob berdi.

  • Sud-huquq islohotlari journalist nigohida2016 Iyun 9O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, “Ozbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” deb nomlangan AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot Dasturining qoshma loyihasi ishtirokida jurnalistlarning sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yoritishdagi faolligini rag`batlantirish, ularning ihtisoslashuviga va huquqiy bilimlarni kengaytirishga ko`maklashish maqsadida “Sud-huquq islohotlari jurnalist nigohida” tanlovini e`lon qiladi.

  • Jurnalistlar uchun seminar-trening: “Ochiq ma’lumotlardan qanday foydalanish kerak?”2016 Iyun 7“Poytaxt” biznes markazida Toshkent viloyati hokimiyati hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi “magalliy boshqaruv tizimini qo’llab-quvvatlash: 2-bosqich” loyihasi hamkorligida “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlaridagi ochiq ma’lumotlar bo’limi va ochiq ma’lumotlar portalidan foydalanish” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi.