SubscribeSubscribe

Yangiliklar

  • “Yagona darcha” tadbirkorlarga qurilish uchun tartibotlardan o‘tishni yengillashtiradi 2016 Sen 19

    Biznes yuritish aksariyat hollarda u kafe bo‘ladimi, restoranlar, go‘zallik salonlari, dorixonalar, mehmonxonalar bo‘ladimi, yangi obyektlarni qurish, bino va inshoatlarning tashqi ko‘rinishini (fasadini) o‘zgartirish yoki turar-joy ob’ektlarini noturar-joy toifasiga o‘tkazish, mavjud obyektlarni qayta rekonstruksiya qilish bilan bog‘liqdir. Milliy qonunchiligimizga muvofiq O‘zbekistonda ushbu ishlarni amalga oshirish uchun, tadbirkorlar o‘rnatilgan tartibda ruxsatnomalar olishlari zarur.

  • BMT Taraqqiyot Dasturi ICTWEEK Uzbekistan 2016 hamkori 2016 Sen 16

    19-23-sentabr kunlari O’zbekistonda ICTWEEK Uzbekistan 2016 axborot-kommunikatsion texnologiyalari haftaligi boʻlib oʻtadi. AKT haftaligini har yili oʻtkazishdan maqsad – AKT rivojnalishida erishilgan yutuqlarni muhokama etish, AKTni turmushning turli jabhalarida joriy etilishi natijalari afzalliklarining aniq namunalarini namoyish etish, hamda axborot-kommunikatsion sohasini rivojlantirish mayllarini, shuningdek, Oʻzbekistonda AKT rivojlanishini ragʻbatlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yoʻllarini belgilab olishdir.

  • Ozon va iqlim: jahon hamjihatligida tiklanadi 2016 Sen 16

    16 sentabr – jahon hamjamiyatini barchasi Ozon qatlamini muhofaza qilish Xalqaro kuni nishonlaydigan sana. 1994 yilda imzolangan BMT Rezolyutsiyasi ozon qatlamini siyraklashishining salbiy asoratlarini oldini olish masalalaridagi eng samarali vosita bo'lmish Monreal bayonnomasi qabul qilinganligining yodnomasi sifatida shakllangan an'ana zamiridan o'rin oldi. “Biz oxirgi marotaba Ozon qatlamini muhofaza qilish Xalqaro kunini nishonlaganimizdan keyin olam o'zgardi. Endilikda bizda adolatli inklyuziv o'sish va odamlar hamda sayyoramiz farovonligini yaxshilashga ko'mak beruvchi 2030 yilgacha bo'lgan davr uchun barqaror rivojlanish sohasidagi Kun tartibimiz bor”, - deyiladi BMT Bosh kotibining bayram sanasi munosabati bilan yo'llagan maktubida. Xalqaro ko'lamdagi da'vat mahalliy darajadagi harakatlarni nazarda tutadi, ularning maqsad va vazifalari 2016 yildagi tadbirlar: “Monreal bayonnomasi doirasida global isishni keltirib chiqaruvchi GFU chiqindilari miqdorini kamaytirish’ shiorida aks etgan. O'zbekistonning markaziy va mahalliy OAV vakillari 13-14 sentabr kunlari Ozon qatlamini tiklash yo'nalishlari bo'ylab safarda bo'lishdi va Farg'ona vodiysining qator korxonalari misolida bayon qilingan tashabbuslarni amalda bajarilishini o'rgandilar. - Bizning korxona sovutish uskunalari va havoni mo'tadillashtirish tizimlarini ta'mirlash bo'yicha xizmatlar ko'rsatadi. Biz, shuningdek, sovutgichlarni ishlab chiqaramiz. O'zbekistondagi BMTTDning moliyaviy madadi tufayli shu kunlarda biz ozon qatlamiga zarar yetkazuvchi, ishimizda, ya'ni, sovutgichlar va konditsionerlarni ta'mirlashda foydalanadigan sovutish agentlarini chiqarishga mo'ljallangan zamonaviy uskunani oldik. Bu ozonni yemiruvchi freonlarni atmosferaga nazoratsiz chiqarilishiga yo'l qo'ymaslik, vaqt va mablag'ni tejash imkoni berdi, - Alisher Yodgorov, “Albatros Servis” oilaviy korxona direktori. Mutaxassislarni sa'y-harakati tufayli O'zbekistonda ozonni yemiruvchi moddalardan foydalanishni kamaytirish bo'yicha jiddiy natijalarga erishildi. Hozirgi vaqtda ozonni yemiruvchi moddalarning umumiy iste'moli 1967,2 tonnadan 9,86 tonnagacha (ozonni yemirish xususiyatlari inobatga olingan holda) pasaytirildi yoki GXFU uchun asosiy yil bo'lgan 1989 yilga nisbatan 99,5 foizga. - Bugungi kunda Farg'ona viloyatining 13ta davlat va xususiy korxonalari iqlim uskunalarini o'rnatish, ta'mirlash va ularga xizmat ko'rsatish bo'yicha maxsus uskunalarning to'liq majmuasini oldi. Bu, shuningdek, ozonni yemiruvchi moddalarni qo'llash ko'lamini sezilarli darajada kamaytirish, ozon qatlamiga zarar yetkazuvchi gazlarni ozon uchun xavfsizlariga almashtirish jarayonini yengillashtirish imkonini berishi kutilmoqda. Anketalashtirish va ma'lumotlarni o'rganish natijalariga ko'ra, butun respublikadagi havoni mo'tadillashtirish va tozalash, sovutish tizimlariga xizmat ko'rsatadigan 100ta korxona tanlab olindi. Ularning har biri kerakli uskuna bilan ta'minlanadi. Boz ustiga, BMTTD va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining qo'shma faoliyati doirasida sovutish agentlarini retsirkulyatsiya va qayta ishlatish bo'yicha beshta Markaz tashkil etilgan, ularning ikkitasi Andijon va Farg'ona shaharlarida joylashgan, - deya qayd etdi Farg'ona viloyati tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi mutaxassisi Bahodir Jo'rayev. Erishilgan natijalarga qaramasdan, ish davom etmoqda. Amalga oshirilayotgan loyiha doirasida sovutish uskunalari va havoni tozalash tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish amaliyotlari takomillashtirilmoqda. Mamlakat ichida zarur ko'nikmalarga ega bo'lgan malakali, sertifikat olgan mutaxassislarni tayyorlash uchun baza yaratilmoqda. - O'tgan yili men va respublikamizning yana to'rt nafar boshqa vakillari Italiyaning Kastello Monferatto shahridagi Galileo xalqaro markazida tahsil oldik, u yerda sovutish va iqlim texnikasiga xizmat ko'rsatish huquqini beruvchi “A”kategoriyasidagi Yevropa sertifikatlarini oldik. Uyga qaytgach, biz Sirdaryoda sovutgichlar bilan ishlovchilar uchun qator mashg'ulotlarni o'tkazdik. Shuningdek, biz yangi iqlim uskunalarini tanlash, o'rnatish va ishlatish bo'yicha Andijondagi qator korxonalar uchun konsultatsiyalar berib turibmiz, - dedi jurnalistlar bilan suhbatda Anvar Ashurov, XK “Xladomontaj” direktori. O'zbekistondagi BMTTD va Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasining Yerning ozon qatlamini yaxlitligini saqlash masalasidagi birgalikdagi faoliyati 15 sentabr kuni vazirliklar, idoralar, hamda mahalliy OAV vakillari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida mutaxassislarning taqdimotlari tarzida namoyish etildi. Ozon qatlamini muhofaza qilish Xalqaro kuni bayrami munosabati bilan o'tkazilgan tadbirlarning piravordida “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari uchun shodu-hurramlik dasturi taqdim etildi. 16 sentabr kuni “Tashkent-Land” bog'ida bolalarga o'yinlar shaklida Quyoshning ultrabinafsha nurlarini zarari, ozon qatlamining himoya vazifalari, hamda har birimiz global ahamiyatga ega bo'lgan ishga o'zimizning kichkinagina hissamizni qo'shishimiz mumkinligi haqida so'zlab berildi. Tanlovlar, kvestlar va topishmoqlar olingan bilimlarni mustahamlashga yordam berdi. Shu kunlarda o'tkazilgan tadbirlar majmuasi davlat organlari, xo'jalik yurituvchi sub'yektlar, tadbirkorlar va jamoatchilikni ozon qatlamining ahamiyati, uni atrof-muhit va aholi salomatligi uchun saqlash, ozon qatlamiga aniq tahdid soluvchi va iqlimni o'zgarishiga olib keluvchi faoliyatni oldini olish sohasida global va milliy darajada erishilgan natijalar haqida xabardorligini oshirish tomon qo'yilgan yana bir qadam bo'ldi.

  • Ijtimoiy yordam ko’rsatish standartlarini tatbiq etish kun tartibida 2016 Sen 6

    Toshkentda yolg`iz va yolg`iz yashovchi keksalar va nogironlar uylarida ijtimoiy yordam ko’rsatish standartlarni joriy etish masalalariga bag`ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi.

  • Stefan Prisner: BMTning O‘zbekistondagi Doimiy vakilining O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan murojaati 2016 Avg 29

    1991 yil 1 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi suveren davlat bo‘lib, o‘z tarixining yangi bir davriga qadam qo‘ydi. Joriy yilda O‘zbekiston o‘z mustaqilligining 25 yilligini nishonlaydi. Nisbatan qisqa muddat ichida mamlakat o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidagi bosqichma-bosqich islohotlarini amalga oshirib, jiddiy natijalarga erishdi.

  • Namanganda liboslar dizayni markazi ochildi 2016 Avg 26

    Joriy yilning 26 avgust kuni Namanganda O‘zbekiston davlat mustaqilligining 25-yilligini nishonlashga bag‘ishlangan Liboslar dizayni va modellash markazining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

  • Davlat xodimlari uchun odob-axloq qoidalari bo ‘yicha xalqaro seminar-trening 2016 Avg 18

    2016 yil 18 avgustda Toshkentda “Odob-axloq qoidalariga rioya qilish – samarali davlat boshqaruvining zaruriy sharti” mavzusida xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbikiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamda YEXHTning yurtimizdagi loyihalar koordinatori ko‘magida tashkil etildi.

  • Oʻzbekiston BMTning elektron hukumat tizimini rivojlantirish xalqaro reytingida 20 pozitsiyaga koʻtarildi 2016 Avg 11

    Joriy yilning 30 iyul kuni Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan navbatdagi jahon mamlakatlari elektron hukumatlari tizimlarini rivojlantirish boʻyicha 2016 yilgi Tadqiqoti (UN E-Government Survey 2016) “Barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash uchun elektron hukumat” nomi ostida chop etildi (E-Government in Support of Sustainable Development).

  • “Startap tashabbuslari” dasturi 33 ta startap loyihalarini ishga tushirishda yordam beradi 2016 Avg 8

    33 ta jamoa maxsus tanlovning uchta bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, endilikda 8 avgust kunidan boshlanadigan yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan uch oylik dasturda ishtirok etishi kutilmoqda.

  • Sudyalar, sud lavozimiga nomzod va sud hodimlarining uzluksiz ta`limi: horijiy va milliy amaliyot 2016 Iyul 22

    2016 yill, 22 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi maylislar zalida, sudyalar, sudyalik lavozimiga nomzod va sud hodimlarini tayyorlash va malakasini oshirishda xoriyiy va milliy amaliyotni muhokama qilishga bag`ishlangan “Davra suhbati” bo`lib o`tdi. Mazkur tadbir O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot Dasturi o`rtasida birgalikda amalga oshirilayotgan “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo`shma loyihasi tomonidan qonun ustuvorligi va odil sudlov tizimiga muroyaat etish imkoniyatini kengaytirish masalalari bo`yicha xalqaro ekspert Yoanna Bruksning (Buyuk Britaniya) O`zbekistonga tashrifi doirasida tashkillashtirilgan.