9-maqsad: Industrializatsiya, innovatsiyalar va infratuzilma


Venesueladagi neft qudug‘ini ko‘vlash jarayoni. Surat: V. Bibik/BMT

Mustahkam infratuzilmani yaratish, keng qamrovli barqaror industrializatsiya va innovatsiyalarni hayotga tadbiq etishga ko‘maklashish

Iqtisodiy o‘sish va taraqqiyot jarayonining barqarorligini ta’minlash uchun infratuzilma va innovatsiyalarning rivojlanishiga sarmoya jalb etish nihoyatda muhimdir. Hozirgi sharoitda, dunyo aholisining yarmidan ko‘prog‘i shaharlarda yashashini inobatga olganda, ommaviy transport vositalari va yangilanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, yangi sanoat sohalari va aloqa texnologiyalarini takomillashtirish umumiy rivojlanish jarayoni uchun o‘ta muhim omillardandir.

Texnologiyalar sohasidagi yutuqlar iqtisodiy va ekologik masalalarning yechimi hamdir. Xususan, yangi texnologiyalar yangi ish o‘rinlarini yaratish va energiyani tejamkorona, samarali iste’mol qilish va undan foydalanish kabi dolzarb masalalarni yechishga yordam beradi. Barqaror sanoat sohalarining rivojlanishi, ilmiy izlanish va tadqiqotlar, innovatsiyalarga sarmoya ajratish – buning hammasi barqaror taraqqiyotni ta’minlashda o‘ta muhimdir.

Dunyo bo‘ylab 4 milliarddan ortiq aholi internetdan foydalanish imkoniga ega emas. Ushbu aholining 90 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Bunday holat odamlarning ma’lumot va bilimlarni olish imkonini keskin cheklab, innovatsiyalarni hoytga tadbiq qilish va tadbirkorlikni rag‘batlantirish yo‘lida katta to‘siq tug‘dirishi tabiiy.

Inftratuzilma va innovatsiyalarga sarmoya ajratish Barqaror taraqqiyot 2030 dasturining 17 maqsadidan biridir. Belgilab olingan vazifalarni yechish uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “majmuaviy yondashuv”ni qo‘llash talab qilinadi.

9-maqsadga erishish bo‘yicha vazifalar haqida batafsil ma’lumot.