8-maqsad: Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish

BMT surati

Oldinga intiladigan, keng qamrovli va barqaror iqtisodiy o‘sish hamda aholining to‘laqonli unumdor bandligi va munosib mehnat qilish imkoniyatlarini ta’minlash

Keyingi 25 yil mobaynida, 2008-2009 yillarda yuz bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qaramasdan, o‘ta qashshoq bo‘lib yashaydigan ishchilar soni sezilarli darajada kamaygani kuzatilmoqda. Hozirgi kunda rivojlanayotgan mamlakatlardagi o‘rta klass vakillari mehnat bandligi bilan ta’minlangan umumiy aholining 34 foizini tashkil etadi, ya’ni 1991 yilgi holatga nisbatan ushbu aholi qatlami uch barobar oshishiga erishildi.

Biroq, dunyo iqtisodiyotining tiklanishi bilan birga ba’zi mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishning susayishi, ijtimoiy tengsizlik darajasining ko‘tarilishi hamda tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan ish kuchini bandlash uchun zarur bo‘lgan yangi ish o‘rinlarini yaratish jarayoni sekinlashib borayotgani ham kuzatilmoqda. Xalqaro mehnat tashkilotining hisobiga ko‘ra, 2015 yilda 204 milliondan oshiq odam ishsiz bo‘lib qolmoqda.

Barqaror taraqqiyot maqsadlari ishlab chiqarishda yanada yuqoriroq unumdorlikka erishish va yangi, innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishni nazarda tutadi. Tadbirkorlikni rag‘batlantirish va zo‘rovon mehnat, qullik va inson savdosiga qarshi kurash borasida samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutvchi, yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan siyosatini hayotga tadbiq qilish mazkur maqsadga erishishning eng to‘g‘ri yo‘lidir. Ushbu masalalarni hal etish orqali 2030 yilda har bir ayol va erkak uchun to‘laqonli, unumdor mehnat bandligi va munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash maqsadiga erishish mumkin.

Munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash maqsadi Barqaror taraqqiyot 2030 dasturining 17 maqsadidan biridir. Belgilab olingan vazifalarni yechish uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “majmuaviy yondashuv”ni qo‘llash talab qilinadi.

8-maqsadga erishish bo‘yicha vazifalar haqida batafsil ma’lumot.