6-maqsad: Toza suv va sanitariya


Surat: YuNISEFning Hindistondagi vakolatxonasi

Suv resurslarining mavjudligi, ulardan oqilona foydalanish va har bir insonning sanitariya vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash

Yer shari aholisining 40 foizdan ortig‘i suv tanqisligi sharoitida yashab kelmoqda. Bashorat qilinishicha, mazkur havotirga soluvchi ko‘rsatgich yer shari haroratining ko‘tarilishi va iqlim o‘zgarishi natijasida yanada oshib ketadi. 1991 yildan boshlab 2,1 milliard aholi sifatliroq suv va sanitariya tizimidan foydalanish imkoniga ega bo‘lishiga qaramay, yerimizning har bir qit’asida yuzaga kelgan eng dolzarb muammolardan biri toza va xavfsiz ichimlik suvi zaxiralarining kamayib ketishidan iborat.

2011 yilda 41 mamlakat og‘ir suv tanqisligiga uchragani kuzatildi. Bulardan o‘ntasi hozirgi kunda chuchuq suv manbalarini butunlay yo‘qotib qo‘yishga yaqinlashib qolgan va noan’anaviy manbalarni ishga solishga majburdir. Yanada tez-tez sodir bo‘layotgan qurg‘oqchiliklar hamda tobora kuchayib borayotgan qumlanish jarayonlari mazkur holatning yanada og‘irlashishiga olib kelyapti. 2050 yilga qadar suv zaxiralari yanada kamayib, butun dunyo bo‘ylab har bir to‘rtta insondan kamida bittasi suv tanqisligidan aziyat chekishi bashorat qilinmoqda.

2030 yilgacha har bir inson sog‘likka xavfsiz bo‘lgan ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini ta’minlash uchun tegishli infratuzilmaga sarmoya ajratish, sifatli sanitariya tizimini yaratish, aholi gigiyena qoidalariga rioya etishini talab qiladi. Suv ekotizimlari – jumladan, o‘rmon, tog‘, suv-botqoq joylari va daryolar ekotizimlarini muhofaza qilish va qayta tiklash suv tanqisligini yengillatishda nihoyatda muhim bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, yanada kengroq xalqaro hamkorlikni o‘rnatish orqali suv resurslaridan tejamkorona foydalanish g‘oyasini ilgari surib, rivojlanayotgan mamlakatlarda suvni tozalash texnologiyalarini hayotga tadbiq qilish ham alohida ahamiyat kasb etadi.  

Har bir insonning toza ichimlik suvi va sanitariya vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaxshilash maqsadi Barqaror taraqqiyot 2030 dasturining 17 maqsadidan biridir. Belgilab olingan vazifalarni yechish uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “majmuaviy yondashuv”ni qo‘llash talab qilinadi.

6-maqsadga erishish bo‘yicha vazifalar haqida batafsil ma’lumot.